Перспективы вхождения узбекистана в



Download 7,87 Mb.
Pdf ko'rish
bet156/195
Sana24.02.2022
Hajmi7,87 Mb.
#253520
TuriСборник
1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   ...   195
Bog'liq
халқаро анжуман 2020 БухДУ (2)

Список литературы 
1.https://forbes.kz. 
2.https://coronospravka.ru/uzbekistan. 
3.https://www.podrobno.uz/cat/uzbekistan-i-kitay-klyuchi-ot-udushchego/kitay-stal-glavnym-
importerom-lekarstvennykh-rasteniy 
 
PANDEMIYADAN SO’NG O’ZBEKISTON MEHMONXONALARIDA XIZMAT SIFATINI 
OSHIRISHNING INNOVATSION YO’LLARI 
Qurbonova Zebiniso, BuxDU magistranti 
 
Ma’lumki, COVID-19 ning tarqalishi butun dunyoda turizm va mehmonxona sanoatini to’xtalib 
qolishiga sabab bo’ldi. Bu esa ko’plab xodimlarning vaqtincha ishsiz qolishlariga sabab bo’lib 
qolmay, mamlakat iqtisodiyotiga ham salbiy ta’sir ko’rsatdi. Shu sababli, mehmonxona egalari 
pandemiyadan so’ng mijozlarning talablaridagi o’zgarishlarni o’rganishlari va ularning ishonchlarini 
qayta qozonishga harakat qilishlari lozim. 
Tabiiyki, mijozlarning pandemiyadan so’ng mehmonxona xizmatlari sifatiga qo’ygan talabi 
ancha yuqori darajaga ko’tariladi. Ular mehmonxonaning tozaligiga, sanitariya qoidalariga rioya 
etilishiga yanada ko’proq e’tibor qaratishadi. Ushbu tezis mehmonxona egalariga pandemiyadan 
so’ng mehmonxona xizmatlari sifatini yanada oshirish va mijozlar e’tiborini yana jalb qilish bo’yicha 
bir nechta yo’nalishlarni beradi. 
Birinchidan, mijozlarning talablari o’zgarganligini inobatga olgan holda ularning talablarini 
qayta o’rganish uchun so’rovnoma o’tkazish lozim. Ushbu so’rovnoma mehmonxona egalariga 
xizmat sifatini oshirish uchun aynan qaysi omilga e’tibor qaratishlarini aniqlashga yordam beradi. 
1
https://www.podrobno.uz/cat/uzbekistan-i-kitay-klyuchi-ot-budushchego/kitay-stal-glavnym-importerom-lekarstvennykh-rasteniy 


246 
So’rovnomani Google formada o’tkazgan ma’qul. Chunki bu usul ancha qulay bo’lib so’rovnomaning 
natijasini avtomatik tarzda aniqlab beradi. Agar mehmonxona xodimi pandemiyadan oldin 
mijozlardan o’z fikr-mulohazalarini hamda elektron pochta manzilini qoldirishni so’ragan bo’lsa ayni 
muddao, sababi so’rovnomaning havolasini aynan o’sha elektron manzillariga yuborish imkoni 
mavjud bo’ladi. So’rovnomadan so’ng uning natijalari tahlil qilinib, keyingi qilinadigan ishlarni 
belgilab olish mumkin. Mehmonlarning ehtiyojlarini qondirish uchun, avvalo, ular sizning 
mehmonxonangizdan nimani kutishlarini bilishingiz kerak. Siz mehmonlaringizdan ularning fikr-
mulohazalarini so'rab, aniqlashingiz mumkin. Agar ular oldindan nimani xohlashlarini bilsangiz, 
ularning xohishlariga muvofiq harakat qilishingiz mumkin va siz ulardan oshib ketishga harakat 
qilasiz. 
Agar 
mehmonlarning 
mehmonxonadan umidi katta bo’lsada, lekin sizning 
mehmonxonalaringiz xizmatlari ularga mos kelmasa, bu sizning mehmonlaringizning noroziligiga 
sabab bo'lishi mumkin. Siz mehmon kutganidan ko'proq narsani yetkazib berganingizdagina xizmat 
sifatining yuqori cho’qqisiga erishasiz. 
Ikkinchidan, mehmonxona xodimlari tozalik va gigienaga qat’iy rioya qilishlari lozim. Ayniqsa, 
hozirgi pandemiya sharoitida mehmonxona xonasining tozaligi mehmonxona obro’sining bir qismi 
hisoblanadi. Mehmonxonadagi har bir jism ustida viruslar saqlanib qolishi mumkin. Chunki 
mehmonxonaga turli insonlar kirib chiqishadi va turli yuzalarga tegishadi. Shu sababli, tez-tez inson 
qo’li ko’p tegadigan jismlarni dezinfeksion vositalar bilan tozalab turish va umumiy dezinfeksiyani 
amalga oshirish maqsadga muvofiq. Pandemiyadan oldin ham tozalik va gigiena mehmonxona xizmat 
sifatini belgilab beradigan muhim omillardan biri edi. Pandemiya sharoiti mehmonxona xodimlaridan 
ushbu omilni diqqat markaziga qo’yishni talab qildi. Mijozlar ham pandemiyadan so’ng mehmonxona 
borasida qaror qabul qilishdan oldin mehmonxonanning sanitariya talablariga javob berishiga ishonch 
hosil qilishni maqul ko’rishadi. 
Uchinchidan, mehmonxonada tibbiyot punkti tashkil qilish kerak bo’ladi. Bu mehmonxona 
egasining nafaqat mijozlar sog’lig’iga balki, xodimlarning ham salomatliklariga befarq emasligini 
ko’rsatadi. Mijoz mehmonxona saytida yoki bron qilish saytlarida mehmonxonada tibbiy xizmatning 
ham mavjudligini ko’rsa o’sha mehmonxonada o’zini ancha xavfsiz his qiladi. COVID-19 tomonidan 
yuzaga kelgan global sog'liqni saqlash inqirozi tufayli sayohatchilar endi sayohat to'g'risida qaror 
qabul qilishda mehmonxonada tibbiyot muassasalarining mavjudligi ko'proq e’tibor berishadi va u 
uchun qo’shimcha pul to'lashga ham tayyor bo’ladilar. Bundan tashqari, xodimlarning ham doimiy 
ravishda tibbiy xodim tomonidan nazorat ostida bo’lishlari ular orasida ham kasallik tarqalishini oldini 
olishga o’z hissasini qo’shadi.
To’rtinchidan, mehmonxonada mijozlar bilan bo’ladigan operatsiyalarda inson omilini 
kamaytirish zarur. Ya’ni mehmonxonadagi xodimlar o’rniga ularning o’rnini bosadigan 
robototexnikalar yoki qandaydir dasturlardan foydalansa bo’ladi. Bu mehmonxona xodimlarini ham 
mijozlarni ham COVID-19 virusidan himoya qiladi. Rivojlangan mamlakatlardagi ko’plab 
mehmonxonalarda allaqachon xodimlar o’rnini robotlar egallagan. Xususan, Xitoyda nafaqat 
mehmonxonalar balki, restoranlar va do’konlarda robot xodimlarni ko’rish mumkin. Yaponiyadagi 
Xenn-na mehmonxonasi dunyodagi birinchi robotlar bilan to’liq jihozlangan mehmonxona bo'lib 
hisoblanadi. Ushba mehmonxonada ro’yxatdan o’tkazish ishlarini ham dinazavr ko’rinishidagi 
robotlar amalga oshiradi. Albatta, bizning mamlakatimizda mehmonxonalarni to’liq robotlar bilan 
jihozlashning iloji yo’q. Ammo sekin-astalik bilan mehmonxonadagi jarayonlarda texnikaning 
hissasini orttirib borish zarur.
Xizmat ko'rsatish sifatini oshirish mehmondo’stlik sanoatida muvaffaqiyatga erishishning 
asosiy omilidir. So’nggi o’n yilliklarda xizmat ko'rsatish korxonalari jadal sur’atlar bilan o’sib 
bormoqda, mijozlarga yuqori sifatli xizmat ko’rsatish talabi ortib bormoqda. Bu sohada 
muvaffaqiyatga erishish uchun mijoz xohishlarini oldindan bilib, ularga kutganlaridan ham 
ortiqroq xizmatni ko’rsatish darkor.


247 
Xulosa sifatida aytadigan bo’lsam, turizm va mehmonxona sanoati mamlakat byudjetiga 
daromad olib keladigan sohalardan biri hisoblanadi. Shu bois ushbu sohani qayta o’nglab, 
oldingidanda gullab-yashnatish ustuvor vazifalardan biridir.

Download 7,87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   ...   195




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish