3-rasm
Distansion (masofa) nuqtalar. Ko‘rish nuqtasidan kartina tekisligigacha tanlab olingan masofa distansiya deyilib, u ufq chizig‘ida ikki marta belgilanadi. Bosh ko‘rish nuqtasining chap tomonida ufq chizig‘i bo‘yicha SP masofa o‘lchab qo‘yiladi va u nuqta D1 bilan belgilana. Ufq chizig‘ining P nuqtasidan o‘ng tomonida SP ga baravar masofada olingan nuqta D2 bilan belgilanadi. Bu ikkala nuqtaning perspektiv tasvirlar yasashdagi ahamiyati juda muhim hisoblanadi. PD1 va PD2 oraliqlar har qanday vaziatda ham bir xil kattalikda olinishi shart. Ular kartinaning distansion (masofa) nuqtalari ham deyiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |