Perspektiva



Download 129,03 Kb.
bet2/4
Sana19.02.2022
Hajmi129,03 Kb.
#457335
1   2   3   4
Bog'liq
Perspektiva

Perspektiva turlari. Avval aytib o‘tilganidek, perspektiva deb inson ko‘rish xususiyatlarini hisobga olgan holda markaziy proyeksiyalash usulida bajarilgan tasvirga aytiladi.
Perspektiva rassomlar amaliyotida rasm tuzilishini to‘g‘ri bajarish, arxitekturada qurilayotgan binoning kompozitsiyasini loyiha bosqichida tekshirib, unga tuzatishlar kiritish, aerofotogeodeziyada yuqoridan olingan suratlar orqali obyekt o‘lchamlarini aniqlash, kriminalistikada avvaldan harakatda bo‘lib to‘qnashgan mexanizmlarning harakatini tiklash uchun, shuningdek, optika va boshqa sohalarda ishlatiladi.
Perspektiva ishlatilish joyi va qanday sirt ustida bajarilishiga qarab quyidagi turlarga bo‘linadi.
1. Kuzatish perspektivasi. Bunda obyekt qanday ko‘rinsa, xuddi shunday tasvirlash qoidalari o‘rganiladi.
2. Havoiy perspektiva. Bunda narsa tasviri uning yoritilish kuchiga qarab ranglarda tasvirlanadi. Fazoning chuqurligi va kengligi rang orqali ifodalanadi.
3. Analitik perspektiva. Bunda narsaning tasviri grafik-analitik, ya’ni nuqtalar o‘rnini hisoblash orqali bajariladi.
4. Geometrik perspektiva. Geometrik perspektiva perspektiv tasvir yasashning asosi bo‘lib, u tasvir yasaladigan sirt turiga ko‘ra quyidagi turlarga bo‘linadi.
4.1. Chiziqli perspektiva. Bunda narsaning tasviri gorizontal tekislikka nisbatan vertikal va ba’zan og‘ma bo‘lgan tekisliklarda yasaladi.
4.2. Panoramali perspektiva. Bunda narsaning tasviri silindr sirtining ichki tomonida yasalib, qarash nuqtasi sirt o‘qida olinadi.
4.3. Dioramali perspektiva. Agar prizma yogʻida (qirrasida) panoramali perspektiva bilan o‘z kattaligidagi narsalar birga qo‘shib olinsa, dioramali perspektiva hosil bo‘ladi.
4.4. Qubbali (gumbazli) perspektiva. Bunda narsaning tasviri sfera yoki ellipsoid sirtining ichki tomonida yasaladi.

    1. Relyefli perspektiva. Bunda narsaning tasviri fazoning bir qismida bajarilib, undan tekislikda bo‘rttirilgan fazoviy tasvirlar yasashda va uncha chuqur bo‘lmagan sahnalarda chuqurlik fazosini oshirishda foydalaniladi. Relyefli perspektiva qonunlaridan asosan haykaltaroshlar foydalanadi.

4.6. Teatral perspektiva. Bunda tasvir bir nechta sirtlarda yasalib, teatrlarda sahna bezash ishlarida qo‘llaniladi. Bu perspektiva relyefli perspektiva prinsplariga asoslangan bo‘lib, hajmli tasvirlar bir necha tekisliklar bilan almashtiriladi. Bu perspektiva dekoratsiyalar yasashning nazariy asosi bo‘lib hisoblanadi. Bunda perspektiv tasvir ketma-ket joylashtirilgan bir necha parallel tekislik (kulisa)larda yasaladi. Shunga ko‘ra sahna juda keng va ko‘p manzarali ko‘rinadi. Sahna orti ma’lum bir oraliqda bir-biriga nisbatan parallel yoki burchak ostida joylashtirilib, orqa dekoratsiya bilan qo‘shilib ketadi.
4.7. Stereoskopik perspektiva. Bunda narsaning ikki ko‘rinishi, ya’ni chap va o‘ng ko‘z uchun alohida-alohida perspektiv tasvirlari ― ikki nuqtadan turli ranglarda bajariladi hamda ular ma’lum burchak ostida ustma-ust qo‘yiladi. Tasvir, xususan, chap ko‘z uchun qizil, o‘ng ko‘z uchun ko‘k rangli chiziqlar bilan chiziladi va ular anaglif (bo‘rttirilgan) tasvirlar deyiladi. Anagliflar maxsus yasalgan qizil va ko‘k rangli stereoko‘zoynaklar orqali kuzatilsa, narsalar ko‘z oldimizda hajmli bo‘lib ko‘rinadi.
4.8. Plafonli perspektiva. Bunda narsaning tasviri gorizontal tekislikda yasalib, asosan bino shiftlariga ishlanadi.
5. Kinoperspektiva. Bu grafik usulda fotokino suratlari va kinofilmlar bo‘yicha harakatlanuvchi obyektning tezligi va tezlanishi haqidagi ma’lumotlarni o‘rgatuvchi alohida fan.
6. Aeroperspektiva. Bu perspektiva samolyotdan turib yerdagi obyektlarning tasvirini yasashda yoki aerofoto usul bilan surat olishda qo‘llaniladi.
Keltirib o‘tilgan perspektiva turlari uzoq tarixdan hozirgi kungacha rivojlanib keldi va bundan keyin ham rivojlanib boradi.



Download 129,03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish