Personalning mehnatga qiziqishini oshirish Personalni moddiy rag’batlantirish



Download 0,61 Mb.
bet24/39
Sana16.04.2022
Hajmi0,61 Mb.
#557789
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   39
Bog'liq
kurs ishi Ochilov Asliddin

Baza stavkalari. Korxonaga zarur malaka va tayyorgarlikka ega bo’lgan xodimlarni jalb etish uchun baza ish haqi etarli bo’lishi kerak. Bu baza, xodim umumiy daromadlarini 70-90 foizidan ko’p bo’lmasligi lozim. Baza ish haqi miqdori xodimlar guruhi yoki umuman kompaniya yoki firma darajasida mehnat unumdorligining oshirilishiga muvofiq ravishda oshirilishi kerak. Ish haqi o’sishi sur’atlarining mehnat unumdorligi oshishi sur’atlaridan sezilarli darajada yuqori bo’lishi ish haqi rag’batlantiruvchi kuchining pasayishiga olib keladi. Hayot farovonligining darajasi ish haqi bozor darajasini belgilash uchun asos bo’lib xizmat qila olmaydi.
Baza stavkasi miqdori xodim mas’uliyati darajasi va uning mehnat samaradorligi bilan bog’liq bo’lishi talab etiladi. Baza stavkalarining mas’uliyat darajasiga nisbati pog’ona shaklidir.
Korxona personalining daromadi asosan quyidagilardan iborat bo’ladi:

  1. Tarif stavkalari va okladlar bo’yicha ish haqi to’lash mehnatning murakkabligi va mas’uliyatiga muvofiq amalga oshiriladi.

  2. Mehnat bozori ishchi kuchiga talab va taklif nisbatini aks ettiradi. Ish beruvchi vaxodim o’rtasidagi munosabatlar natijasida belgilangan tarif stavkalari personal ayrim guruhi uchun tarif stavkasi jadvalida belgilab qo’yilganidan ancha ortiqbo’lishi ham mumkin. Bu mehnatning ana shunday turiga talabning yuqoriligi bilan izohlanadi.

  3. Ustama va kompensatsiyalar mehnatning ob’ektiv ravishda xodimga bog’liq bo’lmagan xususiyatlarini hisobga olgan holda to’lanadi.

4. Qo’shimcha to’lovlar va mukofotlar mehnatga sidqidildan munosabat, mahsulot sifatini va ishlab chiqarish samaradorligini oshirishni rag’batlantirish uchun joriy etiladi va xodimning shaxsiy yutuqlari natijalarini aks ettiradi.

Ustamalar va qo’shimcha to’lovlar aksariyat hollarda muayyan xodimning alohida ish xususiyatlarini ifoda etadi. Mukofotlar esa ishlab chiqarishda alohida natijaga erishilganligini rag’batlantirishga qaratilgan. Shuninguchun xodimni rag’batlantirish, uning o’z mahorati, malakasini oshirishga intilishini taqdirlash uchun ustama va qo’shimcha to’lovlarni qo’llash maqsadga muvofiqdir.
Ustama va qo’shimcha to’lovlar barqarorlik xususiyatiga ega. Chunki, xodim muayyan malaka darajasiga va kasb mahoratiga ega bo’ladi. Bu xususiyatlar xodimning ish haqi darajasida ifoda etilgani ma’qul. Joriy ish natijalari o’zgaruvchan, boshqa xodimlarning o’rtacha ko’rsatkichlari, yutuqlaridan farq qilishi mumkin. Shuning uchun xodimning mehnatdagi natijalari ortishini mukofotlar tizimi orqali rag’batlantirish samaraliroqdir.


  1. Download 0,61 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish