O’zbekiston Kasaba uyushmasi Federatsiyasi kengashi (yoki xodimlarning boshqa vakillik organlari).
2.
Tarmoq kelishuvlari
O’zbekiston Respublikasining Mehnat va aholini itimoiy muhofaza qilish organlari
Tegishli kasaba uyushmalari (yoki xodimlarning boshqa vakillik organlari)
Ish beruvchilar birlashmalari
3.
Hududiy (mintaqaviy) kelishuvlar
Mahalliy ijro etuvchi hokimyat organlari.
Tegishli kasaba uyushmalari(yoki hodimlarning boshqa vakillik organlari)
4.
Jamoa shartnomasi
Xodimlar tomonidan kasaba uyushmalari yoki o’zlari vakolat bergan boshqa vakillik organlari.
Ish beruvchi yoki u vakolat bergan vakillar.
O’zbekiston Respublikasida jamoa kelishuvlari va mehnat shartnomasi
Ish beruvchilar yoki ularinng vakillik organlari
Jamoa shartnomasiga ko’ra ish beruvchi va xodimlarning o’zaro majburiyatlar
Mehnatga haq to’lash tartibi va shartlari tizimi
Xodimlarni ish bilan ta’minlash tizimi
Mehnat va dam olish vaqti, ta’tillar tizimi
Mehnat manfaatlari va mehnat muhofaza tizimi
Xodimlarni o’qitish, malakasini oshirish tizimi
Ijtimoiy imtiyozlar tizimi
Sug’urtalash tizimi
Kasaba uyushmalar yoki xodimlarnining boshqa vakillik organlari
Jamoa shartnomasining yiriklashtirilgan tizimi
jamoa shart-nomalari va kelishuvlari tuzishning asosiy tamoyillari
2. Mehnat shartnomalari
Mehnat shartnomasi – bu xodim bilan ish beruvchi o’rtasida muayyan mutaxassislik, malaka, lavozim bo’yicha ishni ichki mehnat tartibiga bo’ysunadigan holda taraflar kelishuvi, shuningdek, mehnat to’g’risidagi qonunlar va boshqa normativ hujjatlar bilan belgilangan shartlar asosida haq evaziga bajarish haqidagi kelishuvdir.
Mehnat daftarchasi
Mehnat daftarchasi - bu xodimning mehnat stajini tasdiqlovchi asosiy hujjatdir.
Ish beruvchi mehnat daftarchasiga ishga qabul qilish, boshqa doimiy ishga o’tkazish va mehnat shartnomasini bekor qilish to’g’risidagi ma’lumotlarni yozishi shart. Xodimning iltimosiga ko’ra mehnat daftarchasiga o’rindoshlik asosida ishlagan va vaqtincha boshqa ishga o’tkazilgan davrlar haqidagi yozuvlar kiritiladi. Mehnat shartnomasini bekor qilish asoslari (sabablari) mehnatdaftarchasiga yozilmaydi.
Mehnat shartnomasining shakli
Mehnat shartnomasining shakli O’zbekiston Respublikasi hukumati tomonidan belgilangan tartibda tasdiqlanadigan namunaviy shartnomani hisobga olgan holda ishlab chiqiladi.
Mehnat shartnomasi bir xil kuchga ega bo’lgan kamida ikki nusxada tuziladi va har bir tarafga saqdash uchun topshiriladi.
Mehnat shartnomasida taraflarning manzillari ko’rsatiladi.
Mehnat shartnomasi xodim va ishga qabul qilish huquqiga ega bo’lgan mansabdor shaxsning imzolari bilan mustahkamlanib, imzolangan muddati qayd etib qo’yiladi. Mansabdor shaxsning imzosi imzoning haqiqiy va vakolatli ekanligini ta’kidlash tariqasida korxona muhri bilan tasdiqlanadi.
Qonun hujjatlariga muvofiq tuzilgan mehnat shartnomasi u imzolangan paytdan boshlab kuchga kiradi. Xodim shartnomada belgilab qo’yilgan kundan boshlab o’zining mehnat vazifalarini bajarishga kirishmog’i lozim.