Kasb-hunar kolleji
tegishli davlat ta’lim standartlari
doira sida o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi beradi; o‘quvchi-
larning kasb-hunarga moyilligi, bilim va ko‘nikmalarini chuqur
rivojlantirish, tanlab olingan kasb-hunar bo‘yicha bir yoki bir
necha ixtisoslikni egallash imkonini beradi.
Kasb-hunar kollejlari jihozlanganlik darajasi, pedagogik
tarkibning tanlanganligi, o‘quv jarayonining tashkil etilishi
jihatidan yangi turdagi ta’lim muassasalari hisoblanadi. Ular bir
yoki bir necha zamonaviy kasb-hunarni egallash hamda tegishli
o‘quv fanlaridan chuqur nazariy bilim olish imkonini beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |