2. Davlat va jamiyat.
Ular kadrlar tayyorlash tizimi
amal qilishi va rivojlanishining kafillari, yuqori malakali
raqobatbardosh mutaxassislarni tayyorlash bo‘yicha ta’lim
muassasalari faoliyatini uyg‘unlashtiruvchi sifatida faoliyat
ko‘rsatadi.
Davlat va jamiyat:
—
fuqarolarning bilim olish, kasb tanlash va o‘z malakasini
oshirish huquqlari ro‘yobga chiqarilishiga;
—
majburiy umumiy o‘rta ta’lim hamda akademik litsey
yoki kasb-hunar kollejida ta’lim olish yo‘nalishini tanlash huquqi
asosida majburiy o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi olishga;
—
davlat grantlari yoki pullik-shartnomaviy asosda oliy
ta’lim va oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim olish huquqiga;
—
davlat ta’lim muassasalarini mablag‘ bilan ta’minlashga;
—
ta’lim oluvchilarni o‘qishi, ularning turmush va dam olish
shart-sharoitlarini yaratish borasidagi vazifalar hal etilishida
jamoatchilik boshqaruvini rivojlantirishga;
—
ta’lim jarayoni qatnashchilarini ijtimoiy jihatdan qo‘llab-
quvvatlashga;
— sog‘lig‘i va rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan shaxslarning
ta’lim olishiga kafolat beriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |