Shaxslararo munosabatlarning umumiy qonuniyatlari
Shaxslararo munosabatlarda axborot ma’nosini buzib
ko‘rsatish qonuniyati muhim ahamiyatga egadir. U obyektiv
ravishda harakat qiladi va har qanday jarayonning boshlanishi
va oxirida qanchalik ko‘p odam qandaydir axborotlar majmuidan
foydalansa, u shunchalik kuchliroq bo‘ladi.
Shaxslararo munosabatlarda, ko‘pincha, esdan chiqarib
qo‘yiladigan yana bir qonuniyat
— psixologik o‘z-o‘zini
himoya qilish qonuniyatidir. Biz boshqa shaxslarga munosabat
sohasida, birinchi o‘ringa, odatda, ularning tashqi jismoniy
xavfsizligini qo‘yamiz, ularning psixologik xavfsizligini esa
nazar-pisand qilmaymiz. Ikkinchi tomondan, odamning o‘zi
o‘zining psixologik xavfsizligiga va unga hujum qilishdan
saqlanishiga katta ahamiyat beradi. Ijtimoiy xulq-atvorning
yetakchi sabablaridan biri insonning shaxsiy maqomini, o‘z
qadr-qimmatini saqlashdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |