Qisqacha xulosalar
Personalni boshqarish samaradorligini oshirishda hujjatlarni
rasmiylashtirish, ular bilan ishlash, mazkur xizmatda ish
yuritishni oqilona tashkil etish muhim ahamiyatga ega.
Korxona va tashkilotlar faoliyati turli sohalarini O‘zbekiston
Respublikasining Konstitutsiyasi, O‘zbekiston Respublikasi qo-
nunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, farmo-
yishlari, qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahka-
masi qarorlari, farmoyishlari, vazirlik va idoralarning me’yoriy
hujjatlari bilan muvofiqlashtiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |