Genri Fordga yuksak moliyaviy samaraga erishish imkonini berdi. G.Fordning jahonning o’nlab mamlakatlarida yuz martadan ko’p qayta nashr etilgan “Mening umrim, mening yutuqlarim” kitobida texnika ixtirolaridan tijorat maqsadida juda yuksak samara bilan foydalanish ochib berilgan.
G.Ford klassik menejmentni aniq maqsad - mehnat unumdorligini oshirish, sarf-xarajatlarni kamaytirish, katta moliyaviy samaraga erishish xizmatiga qo’ydi. Uning korxonalaridagi murakkab asbob-uskuna va jihozlar ishlab chiqarishda misli ko’rilmagan samara berilishini ta’minlaydigan texnologik va mehnat jarayonlarini yalpi sinxronlashtirishga moslashtirildi. Ford birinchi bo’lib, eng kam ish haqi miqdori va 8 soatli ish kunini joriy etdi. Uning ishlab chiqarishida yaxshi ishlagan har bir ishchi yaxshi ish haqi olishi kafolatlanardi. Har bir ishchi, mutaxassis o’z zimmasiga yuklatilgan vazifa va ish qurolini takomillashtirishdan manfaatdor edi.
Biroq, bu turdagi ishlab chiqarish mexanizmi barqaror ishla-shining samaradorligi ishlab chiqarish jarayonlarining hamda ishchi-larning ishlab chiqarishda mehnatga qiziqishlari barqarorligi, iste’mol talabi va umuman bozor muhiti o’zgarmasligiga bog’liq edi. Shuning uchun XX asr 30- yillarida AQShda bozor va ijtimoiy muhitda jiddiy o’zgarishlar yuz bera boshlashi bilan Genri Ford kompaniyasi muvaffaqiyatsizlikka yuz tutgani tabiiy edi.
Yangi, bozor beqaror bo’lgan sharoitlarda ishlab chiqarish vazifalarini muvaffaqiyatli hal etish uchun boshqaruvga yangicha yondashuvlar va tamoyillar zarur ekanligi ayon bo’lib qoldi. Klassik menejment amaliyoti va uslubiy yondashuvlari texnika innovatsiyalari, ya’ni texnika taraqqiyotiga zid bo’lib qoldi. Chunki klassik menejment mahsulot ishlab chiqarish tez-tez o’zgarmaydigan, ish joylari etishmaydigan sharoitlardagina yuqori samara keltirardi. Yangi sharoitlarda juda qisqa muddat ichida yangi mahsulot ishlab chiqarishni o’zlashtirish zarurati kabi beqaror bozor muhiti klassik menejmentdagi ishlab chiqarishni sinxronlashtirish, mehnattaq-simoti tizimi va mehnatni tashkil etishning qabul qilingan qoidalarini barbod qila boshladi.
XX asrning birinchi yarmida mehnatni ilmiy tashkil etish uslubi deb atalgan, amalda „teylorizm" qoidalariga asoslangan menejment ishchi zimmasiga me’yorlovchi (normalovchi) tomonidan qat’iy belgilab qo’yilgan bir turdagi ishlab chiqarish operatsiyalarini boshqarishni taqozo etardi. Bunda personaldan mustaqil fikr yuritish, ishlab chiqarishga doir takliflar kiritish, tashabbus ham talab qilinmasdi.
Ammo ishchi kuchiga bunday yondashuv o’tgan asr 60 - yillaridan boshlab samarasiz ekanligi yaqqol namoyon bo’ldi. Shuning uchun G’arbning taraqqiy etgan davlatlarida personalni boshqarish iqtisodiyotda hal qiluvchi omil ekanligi e’tirof etilib, ushbu soha fan sifatida shakllana boshladi.
Bugungi iqtisodiyotda personalni boshqarish (personal menejmenti) korxona(tashkilot) darajasida ishchi kuchi salohiyatidan samarali foydalanish uchun shart-sharoitlarni yaratish bo’yicha o’zaro bog’liq tashkiliy-iqtisodiy va ijtimoiy chora-tadbirlar tizimidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |