Personalni baholash ana shunday sub’ektivizm holatlarini bartaraf etishni taqozo qiladi. Buning uchun, eng avvalo, korxona pirovard maqsadlariga erishishni ta’minlash uchun xodimning qaysi amaliy va shaxsiy sifatlari eng muhimligini aniqlab olish kerak. Hatto jahon tajribasi ham bu masalada to’la yakdillik mavjud emasligidan dalolat berib turibdi. Asosan personalning mehnatga qiziqishi, tashabbuskorligi, diqqat-e’tibori, o’zgarayotgan mehnat sharoitlariga moslasha olishi, mehnatsevarligi, hatto tashqi ko’rinishi kabi sifatlarini baholash taklif etiladi.
Qator kompaniya va firmalarda barcha xizmatchilar, mutaxassislar va rahbarlar faoliyatning aniq bir sohasi uchun zarur bo’lgan muayyan mezon (talab)lar nuqtai nazaridan baholash tartibi joriy etilgan. Ushbu mezonlar ahamiyati jihatidan ekspertlar guruhi tomonidan tabaqalashtiriladi. Shundan so’ng bu mezonlar ahamiyatini hisobga olgan holda har biriga tegishli ball beriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |