3- Mavzu Korxona va tashkilotlarda personalni boshqarish strategiyasi
Reja:
1. «Personal» tushunchasining mazmuni, boshqarish sub’yektlari va ob’yektlari
2. Personalni boshqarish tamoyillari va usullari
«Personal» tushunchasining mazmuni, boshqarish
sub’yektlari va ob’yektlari
3.1 Chet el tajribasida personal muammolarini hal qilishga doir ikkita asosiy yondashuv mavjud. Birinchi yondashuv diqqat-e’tiborni shunga qaratadiki, «Inson resurslarini boshqarish» mazkur muammoni hal qilishning strategik jihatlarini, shu jumladan, ijtimoiy rivojlantirish masalalarini qamrab oladi. «Pyersonalni boshqarish» esa ko‘proq kadrlar bilan operativ ish olib borishga taalluqlidir. Ikkinchi yondashuv shunga asoslanadiki, «odam resurslarini boshqarish» avvalo mehnat va bandlik sohasidagi munosabatlarni davlat yo‘li bilan tartibga solish masalalariga, «personalni boshqarish» esa korxona darajasidagi mehnat munosabatlariga qaratilgan.
Atamalardagi farqlarga faoliyat xususiyati va yo‘nalishlari sabab bo‘lishi mumkin. Masalan, «personal» atamasi ko‘pincha unchalik katta bo‘lmagan firmalar (bu yerda 100 kishidan kamroq kishi band bo‘ladi) tomonidan ishlatiladi. «Inson resurslari» atamasidan foydalanuvchilar orasida xodimlarining soni 2,5 ming kishidan ortiq bo‘lgan yirik tashkilotlar ustunlik qiladi.
O‘zbekistonda personalni boshqarish 90-yillarning boshlaridan e’tiboran shakllana boshladi. Bunga birinchi navbatda ma’muriy - buyruqbozlik tizimining inqirozga uchrashi, korxonalarning mustaqilligi, bozor munosabatlarining rivojlanishi va tadbirkorlikning avj olishi hamda eng asosiysi, iqtisodiyotning rivojlanish markazida inson turishini anglab yetish kurtaklari sabab bo‘ldi.
-chizma Kadrlarni boshqarishni tashkil etishning tarkibiy tuzilishi.
K adrlarni boshqarishni
tashkil etish
|
`Yollash munosabatlari
|
|
Kadrlarni boshqarish
|
Ishlab chiqarish
munosabatlari
|
Personalni boshqarish (personal menejmenti) - korxona, firma darajasida ishchi kuchi potensialining normal rivojlanishi, amal qilishi va undan samarali foydalanish yuzasidan o‘zaro bog‘langan tashkiliy - iqtisodiy va ijtimoiy chora-tadbirlar tizimidir. Bu fikrni misol bilan tushuntiramiz (7.-chizmaga qarang).
Personalni boshqarish uzluksiz jarayon sifatida namoyon bo‘ladi, u xodimlarning mehnat qilish sabablarini, undan maksimal darajada foyda olishini, demak korxonalar faoliyatida pirovard yuksak natijalar qo‘lga kiritilganligini bildiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |