to‘g‘risida,
uning xususiyatlari, hajmi, masofasi ( ich tomoni, chuqurligi
yuzasidan muayyan maʼlumotlar, xossalar, axborotlar tuplash,
ularni farqlash
imkoniyatiga ega bo‘ladi. Idrokning har uchala shaklining yordami bilan
dunyoni bilish jarayoni amalga oshadi, verbal va noverbal holatlar bilan bevosita
va bilvosita yo‘l yordamida muayyan obrazlar (timsollar, tasvirlar, imidj)
mujassamlashadi, natijada yaxlit inʼikos etish holati yuzaga keladi, bilishga oid
aksariyat maxsullar tuplanadi. Idrok jarayonida uning fenomenlari (yunoncha
“phainomenon – noyob, g‘ayriodatiy holat degan maʼno anglatadi) muayyan
hodisalarni aks ettirishda ishtirok etadi, inʼikosning turlicha aniqlikda namoyon
bo‘lishi mumkinligi to‘g‘risida maʼlumot beradi. Ular jaxon psixologiyasi
fanida gallyusinasiya (lotincha – hallucinftio «- alaxlash, bosinqirash, valdirash,
yaʼni yo‘q narsalarning ko‘rinishi,
eshitilishi, sezilishi), illyuziya (lotincha «
illusio” xato, aldashish, yanglashish degan maʼnoni bildiradi), attraksiya
(franso‘zcha «attraction» o‘ziga tortish, maxliyo etish, jalb qilish maʼnosini
beradi), yaqqol ko‘rinish ( ruscha «yasnovidenie» yaqqol oldindan kurish,
yaqqol g‘oyibdan xabar olish demakdir) tushunchalari orqali nomlanadi.
Yaqqol voqelikdagi narsa va hodisalarning tana aʼzolarini
qabul qilish
analizatorlariga bevosita taʼsir etmasdan inson ongida turli obrazlarning
(ovozlarning eshitilishi, sharpalarning sezilishi) xayolan, fikran paydo bo‘lishi
dan iborat idrokning psixopatologik (ruhiy xastalik) hodisasiga gallyusinasiya
deyiladi. Gallyusinasiya hodisasi muvaqqat ruhiy xastalikning alomati bo‘lib,
baʼzan qurqinch xissi mahsuli hisoblanib, bosh
miya katta yarim sharlari
qobig‘idagi qo‘zg‘alish jarayonlarining nuqsonli, sust (patologik) harakati
natijasida, goho asab tizimining zaharlanishi, zaiflashuvi,
xaddan tashqari
toliqishi tufayli yuzaga kelishi mumkin. Illuziya xissiy aʼzolarimizga bevosita
taʼsir etib turgan narsa va hodisalarning noto‘g‘ri (noadekvat), yanglish, xato
idrok qilishdan iborat jarayonining noyob hodisasidir. Baʼzan psixologiya fanida
idrok qilishga olib keluvchi ko‘zgatuvchilar konfigurasiyasining (lotincha
«contiguratio» tashqi tuzilishida o‘xshashlik, o‘zaro o‘xshashlik, joylashuvda
yondashuvlik deganidir) o‘zi ham illyuziya deb ataladi. «Adekvat» tushunchasi
lotincha «adaegguatus», yaʼni teppa-teng,
mutlaqo mos, ayni to‘g‘ri demakdir.
Illyuziyalarning bir turkumi optik geometrik illyuziyalar deb nomlanib, ular
asosiy tasvir bilan uni kurshab turgan fazoviy joylashuvi bilan fark qiluvchi
boshqa shakllar o‘rtasida ulchov munosabatining bo‘zilishida namoyon bo‘ladi.
Tasvirlar yorug‘ fondi qora fonga nisbatan qoraroq tuyo‘ladi, yangi holat
mahsuli deyiladi. Kontrast « contraste» - keskin qarama-qarshilik demakdir,
boshqacha so‘z bilan aytganda yorug‘lik bilan fon o‘rtasidagi
munosabat
ifodasidir. «
Do'stlaringiz bilan baham: