PEREGONDAGI HARAKATNI
BOSHQARISH TIZIMLARI
«O’zbekiston temir yo’llari» DATK
Toshkent temir yo’l muhandislari instituti
Z.I. Mamedova, B.Sh. Fayzullayev
«Peregondagi harakatni boshqarish tizimlari» fanidan
5521800 – "Avtomatlashtirish va boshqarish",
5521800 – "Avtomatlashtirish va boshqarish" 5140900 – "Kasbiy ta’lim" ixtisosliklari bakalavriat yo’nalishilari 3 kurs talabalari uchun kurs ishi bajarish bo’yicha uslubiy qo’rsatma
Toshkent – 2009
«O’zbekiston temir yo’llari» DATK
Toshkent temir yo’l muhandislari instituti
"Nashrga ruhsat etaman"
O’quv ishlari bo’yicha prorektor
dotsent F.F. Karimova
"____" _________2009 y.
Z.I. Mamedova, B.Sh. Fayzullayev
«Peregondagi harakatni boshqarish tizimlari» fanidan
5521800 – "Avtomatlashtirish va boshqarish",
5521800 – "Avtomatlashtirish va boshqarish" 5140900 – "Kasbiy ta’lim" ixtisosliklari bakalavriat yo’nalishilari 3 kurs talabalari uchun kurs ishi bajarish bo’yicha uslubiy ko’rsatma
Toshkent – 2009
UDK 656.25
Uslubiy ko’rsatmada "Peregondagi harakatni boshqarish tizimlari" fani bo’yicha o’quv rejada ko’zda tutilgan kurs ishini bajarish tartibi yoritilgan.
Hisoblash jarayoni rels zanjirlarini turli ishlash holatlarida, o’ziga mos o’rindosh chizmalarni tanlab, to’rt qutbliklarni rels zanjirining ta’minot va releli tamon qurilmalarini ekvivalentini aniqlashdan iborat bo’ladi. Bunda rels zanjiri qabul elementlarini normal rejimda, qisqa tutashuv, shunt hamda nazorat rejimlarida olib boriladi.
Uslubiy qullanma Toshkent temir yo’l muhandislari institute o’quv-uslubiy kengashi tomonidan nashrga tavsiya etilgan.
Berilgan ko’rsatmalarda kurs ishini bajarishda hisoblash jarayoni komp’yuterlar yordamida olib boriladi.
Institut o’quv-uslubiy kengash tomonidan nashrga tavsiya etilgan
Tuzuvchilar: Z.I. Mamedova – katta o’qituvchi;
B.Sh. Fayzullayev – katta o’qituvchi.
Taqrizchilar: H.N. Soliyev –DATK O’zbekiston Temir yo’llari
"Signalizatsiya va aloqa" markazining bosh
muhandisi;
A.R. Azizov – «Temir yo’l transportida
avtomatika va telemexanika» kafedrasi dotsenti.
.
© Toshkent temir yo’l muhandislari instituti, 2009 y.
KIRISH
Rels zanjirlarini hisoblash bo’yicha kurs ishining tushuntirish bayoni standart varaqlarda bajarilib, u annotatsiya, kirish, texnik izoh, hisoblar va chizmalardan tashkil topishi kerak.
Chizmalar standart millimetrli qog’ozga oddiy qalam bilan chiziladi. Kurs ishi bayoniga topshiriq varag’i ilova qilinadi.
Tushuntirish bayonida rels zanjirining aniq tafsiloti, elektr chizmasi, hisoblash xususiyatlari, yo’l qabul qurilmasini ishlatish xususiyatlariga bog’liq tushuntirishlar bayon etilishi zarur.
Texnik tafsilot bir nechta qism va rels zanjirlarni berilgan sharoitlarda ishlay olish to’g’risidagi xulosadan iborat bo’ladi.
Har bir qismda berilgan rels zanjirining berilayotgan rejimlarda ishlashi, almashtirish chizmasi, aniq hisobi va ishlash rejimining aniqligi keltiriladi.
Hisob-kitoblar natijasi umumlashgan jadvalga kiritiladi.
Rels zanjirini hisoblash komp’yuterdan MATHCAD dasturi yordamida amalga oshiriladi. "Avtomatika va telemexanika" kafedrasida hisoblash uchun bir nechta dasturlar ishlab chiqilgan. Ushbu uslubiy qo’llanmada hisoblash dasturi ham ilova qilingan.
Do'stlaringiz bilan baham: |