Переферия ва офис курилмаларини



Download 0,94 Mb.
bet61/67
Sana05.04.2022
Hajmi0,94 Mb.
#531081
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   67
Bog'liq
ЭХМ нинг периферия курилмалари

MODEMLAR
M ODEM (MOdulyator-DEModulyator) - aniq bir aloqa kanalida ishlatish uchun qabul qilingan signallarni to’g’ri (modulyator) va teskari (demodulyator) o’zgartirish qurilmasidir.
Eng avvalo modem quyidagi vazifalarni bajarish uchun mo’ljallangan:

  • uzatishda: keng polosali impulslarni (raqamli kodni) tor polosaliga (analog signallarga) o’zgartirish;

  • qabul qilishda: qabul qilingan signalni holaqitlardan filtrlash va detektorlash uchun, ya’ni tor polosali analogli signalni raqamli kodga teskari o’zgartirish.

Ma’lumotlarni uzatishda bajariladigan o’zgartirish odatda ularning modulyaciyasi bilan bog’langan.
Modulyaciya - bu signalning biror parametrini aloqa kanalida (modulyaciya qilinadigan signalni) uzatilayotgan ma’lumotlarning joriy qiymatlariga mos ravishda (modulyaciya qiladigan signalni) o’zgartirishdir.
Demodulyaciya - bu modulyaciya qilingan signalni (balki aloqa kanalidan o’tish paytida halaqitlar bilan buzilgan signalni) modulyaciya qiladigan signalga teskari o’zgartirishdir.
Zamonaviy modemlarda ko’pincha modulyaciyaning uchta turi ishlatiladi:
• chastotali - FSK (Frequence Shift Keying);
• fazali - PSK (Rpake Shift Keying);
• kvadraturali amplitudali - QAM (Quadrature Amplitude Modulation).
Chastotali modulyaciyada modulyaciya qilinadigan signalning (uzatilayotgan ma’lumotlarning) joriy qiymatlariga mos ravishda fizik signalning (odatda sinusoidali) chastotasi o’zgaradi, bunda uning amplitudasi o’zgarmaydi. Eng sodda holda ma’lumotlar bitining 1 va 0 qiymatlariga, ma’lumotlarni uzatishning birinchi bayonnomalari V.21 da qabul qilingani kabi, chastotaning ikkita qiymati mos keladi, masalan, 980 Gc va 1180 Gc. CHastotali modulyaciya holaqitlarga juda turg’undir, uzatishda signalning faqat amplitudasi buziladi.


MODEMLARNING TURLARI

Ko’pgina modemlar ma’lumotlarni uzatish jarayonini ta’minlashdan tashqari, telekommunikaciya tizimlarida bir qator boshqa foydali vazifalarni ham bajaradi, jumladan:


• tovushni raqamlash va raqamlangan tovushni qayta tiklash operaciyalari;
• faksimil axborotlarni qabul qilish va uzatish;
• chiqarayotgan abonentning nomerini avtomatik aniqlash (NAA);
• avtojavob beruvchi va elektron kotib vazifalari va b.
Shuning uchun zamonaviy modem modulyaciya va demodulyaciya qurilmalaridan tashqari (ba’zida esa ular bilan birga) modem ishini boshqaruvchi maxsuslashgan mikroprocessor, tezkor va doimiy xotira, modemning ishlash rejimlari va ishlatilayotgan aloqa kanalining tavsiflari to’g’risidagi tovushli va yorug’likli xabarlash elementlariga egadir. Doimiy xotira ta’minot (tok manbai) uzilganda modem konfiguraciyasini saqlash uchun ishlatiladi va ko’pincha qayta dasturlanishi mumkin.
Sanoatda ishlab chiqarilayotgan modemlar quyidagicha farqlanadi:
• konstrukciyasi bilan - avtonom va apparatura ichiga qurilgan;
• aloqa kanalli interfeys bilan - kontakgli va kontaktsiz (audio);
• vazifasi bilan - turli xil aloqa kanallari va tizimlari uchun, masalan, faqat ma’lumotlarni uzatish tizimi uchun - modemlar, ma’lumotlarni va fakslarni uzatish tizimi uchun - faks-modemlar ( haqiqatan ham, butunda ko’plab firmalar faks-modemlarni ishlab chiqarmoqda, faksli vazifasi bo’lmagan «toza» modemlar, amalda ishlab chiqarilmayapti);
• uzatish tezligi bilan - telefon aloqa kanallari uchun TTXMK bayonnomalari standartiga mos keluvchi ma’lumotlarni uzatish tezliklari standarti (shkalasi) mavjuddir; u quyidagi tezliklarni o’z ichiga oladi (bits da): 300, 600, 1200, 2400, 4800, 9600, 12000, 14400,16800,19200, 28800, 33600 , 56000.
Oldin modemlarning har biri alohida tezlikda ishlash uchun ishlab chiqarilgan; zamonaviy modemlar universaldir: ularning ba’zilari ( masalan, MT1932, MT 2834 va b.) ham kommutaciya qilinadigan, ham kommutaciya kilinmaydigan aloqa kanallari bilan ishlashi mumkin; aytilgan tezliklar shkalasining deyarli hammasini o’z ichiga oladi; modem va faks-modem rejimlariga ega.
Modemlarni konstruktiv turlari, ya’ni avtonom va apparatura ichiga qurilgan turlariga birmuncha batafsilroq to’xtalaniz. Avtonom modemlarni ko’pincha Tashqi, apparatura ichiga mos qurilgamini esa ichki modem deb ataladi.

Download 0,94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   67




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish