FAKSIMIL APPARATDA ISHLASH
Faksimil xabarni (faksni) qabul qilish, uzatish va hujjatni nusholashni oddiy va keng tarqalgan Xerox 7210 faksimil apparati misolida ko’rib chiqamiz.
FAKSIMAL AXBOROTNI QABUL QILISH
Agar faksimil apparat ulangan va qog’oz bilan ta’minlangan bo’lsa, u holda u kelgan faksni avtomatik rejimda sizning xech qanday aralashuvingizsiz qabul qiladi. Sizning qiladigan ishingiz faksni rulondan kesib olish yoki apparat kesuvchi qurilma bilan jixozlangan bo’lsa, undan chiqqan faksni olish bo’ladi.
Agar faksimil apparat o’chirilgan bo’lsa, sizga esa telefon bo’yicha qo’ng’iroq qilib faksni qabul qilishni so’ralsa, u holda qog’oz borligini tekshirish va apparatni ulash lozim (START knopkasini bosish kerak).
FAKSIMAL AXBOROTNI UZATISH
Eng avvalo uzatiladigan hujjatni e’tibor bilan tayyorlash lozim. Uzatilayotgan hujjat o’lchamini sizning uzatayotgan apparatingiz va qabul qilayotgan faksapparat imkoniyatlari bilan moslashtirish kerak.
Agar hujjat o’lchani apparatingiz imkoniyatlaridan kattaroq bo’lsa, uni masshtabli nushalash yo’li bilan kichraytirish, yoki qismlarga bo’lish va har bir qismni alohida nusholash kerak yoki oddiygina qilib alohida qismlarga bo’lish, keyin esa qismlar bo’yicha uzatish kerak. Xususan, Xerox 7210 telefaksi kengligi 216 mm gacha va uzunligi 1500 mm gacha bo’lgan hujjatlarni uzatish imkonini beradi.
Qabul qilayotgan faksapparat imkoniyatlari bilan qabul qilinayotgan hujjatning maksimal uzunligini moslashtirish kerak: ba’zi bir tipdagi apparatlarda bu uzunlik cheklangandir va agar bunday apparatga juda ham uzun hujjat uzatsangiz, u holda hujjat to’liq qabul kilinmaydi. Standart A4 o’lchamli hujjatlar (210x297 mm) amalda istalgan telefaksda qabul qilinadi, shuning uchun hujjatlarni aynan shunday standart o’lchamda uzatishga harakat qiling.
Qog’oz sifatiga ham e’tibor berish talab etiladi: rijimlangan qog’oz, juda qalin yoki aksincha, juda yupqa qog’oz hujjatning tiqilib qolishi yoki ezilishiga olib kelishi mumkin. Uzatilayotgan hujjatda begona narsalar: kiskichlar, changaklar, knopkalar va sh.o’., bor-yo’qligini diqqat bilan tekshirish tavsiya etiladi, ular faqat hujjatnigina emas, balki faksimil apparatning o’zini ham buzib qo’yishi mumkin.
Uzatishga tayyorlangan hujjatni matmini pastga qaratib kirish ariqchasiga qo’yish va yo’naltirgichni hujjat kengligi bo’yicha sozlash kerak. Ko’pchilik faksapparatlar 5-10 ta va undan ko’p varag’ni avtouzatkichiga ega, shuning uchun tayyorlangan hujjatlarni unchalik ko’p bo’lmagan to’plamini birdaniga qo’yish mumkin. Xerox 7210 apparatida uzatuvchi ariqchaga birdaniga 5 varaqni qo’yish mumkin.
Uzatish sifati rejimlarini o’rnatish tavsiya etiladi:
agar hujjat juda ham och rangda bo’lsa, LIGHT knopkasini bosish kerak;
ajratish qobiliyatining tanlangan rejimi knopkasini bosish kerak, bunda yuqori sifatli rejimlarni tanlashni suiiste’mol qilmaslik kerak, negaki ular katta uzatish vaqtini talab etadi;
odatda standard rejimlari bilan chegaralanish tuda etarlidir, kichik detallarga ega bo’lgan hujjatlar uchun esa fine rejimi kifoya.
Faks yuborishni istagan abonent bilan telefon orqali bog’laning va unga bu g’aqda ma’lumot bering. Trubkada faks xabarini paydo bo’lishini kutib, START knopkasini bosing va telefon trubkasini joyiga qo’ying.
Agar abonentingizning faksapparati ulanganligiga ishonsangiz, telefon trubkasini ko’tarmasdan uning telefon nomerini terib, START knopkasini bosishingiz mumkin.
Agar abonent nomeri tezkor terish klavishasida eslab qolingan bo’lsa, u holda bu klavishani bosib, qabul qilayotgan tele-faks nomerini kiritishingiz mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |