Birinchi marta 1903 yilda E.Fischer tomonidan amalga oshirilgan. Reaksiya davomida ratsematlanish va qo’shimcha mahsulotlarni hosil bo’lganligi sababli hozirda kam qo’llaniladi. Xlorangidridlar odatda aminokislota hosilalari va peptidlarni tionil xlorid va fosfor besh xlorid bilan ta’siri natijasida olinadi.
Azidli usul.
1902 yilda T.Curtius tomonidan amalga oshirilib hozirda peptid sintezida keng qo’llaniladi. Reaksiyada nitrit kislota ijobiy reagent hisoblanadi. Azid usulining asosiy kamchiligi bu qo’shimcha reaksiya hisobiga Curtius qayta guruhlanishining sodir bo’lishidir.