Pensiya ishi


Yo’l jamg’armasi daromadlarini shakllantirish manbalari



Download 2,26 Mb.
Pdf ko'rish
bet51/212
Sana31.12.2021
Hajmi2,26 Mb.
#208913
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   212
Bog'liq
Davlat maqsadli va bujetdan tashqari jamgarmalar

2.Yo’l jamg’armasi daromadlarini shakllantirish manbalari 
 
O’zbekiston Respublikasi yo’l jamg’armasi Moliya vazirligi huzurida tashkil etilgan bo’lib, 
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining "Umumiy foydalaniladigan avtomobil yo’llari qurish va 
ulardan foydalanishni boshqarish tizimini takomillashtirish to’g’risida" 2003 yil 19 avgustdagi PF-
3292-son  Farmoni  bilan  tashkil  etilgan  hamda  umumiy  foydalaniladigan  avtomobil  yo’llarini 
qurish,  ta’mirlash  va  saqlash  uchun  maqsadli  moliyaviy  resurslarni  jamlovchi  davlat  organi 
hisoblanadi.  
Jamg’arma  yuridik  shaxs  hisoblanadi,  mustaqil  balansga,  O’zbekiston  Respublikasi 
Markaziy  bankida  hisob  raqamlariga,  shu  jumladan  xorijiy  valyutadagi  hisob  raqamlariga, 
O’zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan gerbli muhrga ega bo’ladi.  
      Jamg’armani  boshqarish  kengashi  Jamg’armani  boshqarishning  yuqori  organi  hisoblanadi. 
Uning tarkibi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarori bilan tasdiqlanadi. 
Jamg’armani boshqarish kengashi:  
-Jamg’armani ijro etuvchi direktsiyasi va O’zavtoyo’l" davlat-aktsiyadorlik kompaniyasining 
avtomobil  yo’llari  tarmog’ini  rivojlantirish  va  takomillashtirishning  belgilangan  tartibda 
tasdiqlangan  dasturlari,  shuningdek  ularga  kompleks  xizmat  ko’rsatishni  hamda  ularning  zarur 
darajadagi texnik holatini va o’tkazish imkoniyatlarini ta’minlash tadbirlaridan kelib chiqqan holda 
Jamg’arma  xarajatlarining  asosiy  yo’nalishlari,  mablag’lardan  foydalanish  ustuvorliklari 
to’g’risidagi takliflarini ko’rib chiqadi;  
-ijro etuvchi direktsiyaning amalga oshirilayotgan ishlar to’g’risidagi hisobotlarini eshitadi;  
-O’zbekiston  Respublikasi  Davlat  soliq  qo’mitasi  ishtirokida  Jamg’armaga  to’lovlarning 
to’liq va o’z vaqtida to’lanishini ta’minlash masalalari yuzasidan ayrim vazirliklar va idoralarning 
hisobotlarini eshitadi;  
-O’zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasiga  Jamg’arma  daromadlarini  shakllantirish 
va sarflash tartibini takomillashtirish yuzasidan takliflar kiritadi;  
-Respublika  yo’l  jamg’armasi  mablag’laridan  foydalanishning  qonuniyligi  va  maqsadli 
foydalanilishini nazorat qiladi;  
-jamg’arma  daromadlari  va  xarajatlarini  ijro  etish  bilan  bog’liq  boshqa  vakolatlarni  amalga 
oshiradi.  
   Ijro  etuvchi  direktsiya  Jamg’armaning  ijro  etuvchi  organi  hisoblanadi,  uning  tuzilmasi  va 
xodimlari soni O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.  
Ijro  etuvchi  direktsiyaning  ta’minoti  byudjet  tashkilotlari  uchun  belgilangan  tartibda 
tasdiqlanadigan  xarajatlar  smetasi  asosida  Respublika  yo’l  jamg’armasi  mablag’lari  hisobiga 
amalga  oshiriladi.  U  Jamg’arma  daromadlari  va  xarajatlarini  ijro  etilishi  to’g’risida  buxgalteriya 
hisoboti  tuzadi  hamda  Jamg’armani  boshqarish  kengashi  tomonidan  tasdiqlangandan  keyin  uni 
O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga taqdim etadi.  
Jamg’armani  qayta  tashkil  etish  va  tugatish  qonun  hujjatlarida  belgilangan  tartibda  amalga 
oshiriladi. 
 “O’zbekiston  Respublikasi  Moliya  vazirligi  huzuridagi  Respublika  yo’l  jamg’armasi 
to’g’risida”gi  Nizomga ko’ra Jamg’armaning asosiy vazifalari: 
- Respublika yo’l jamg’armasi mablag’lari tushishi va sarflanishining har yillik va choraklik 
balanslarini shakllantirish; 
- investitsiya loyihalarining texnik-iqtisodiy asoslashlarini hamda umumiy foydalaniladigan 
avtomobil  yo’llarini  qurish,  rekonstruktsiya  qilish,  ta’mirlash  va  jihozlash  bo’yicha  tender 
xujjatlarini ekspertizadan o’tkazish; 


-  yo’l  xo’jaligi  ob’ektlarini  qurish,  rekonstruktsiya  qilish,  ta’mirlash  va  jihozlashning  aniq 
ro’yxatlarini belgilangan tartibda kelishish;  
-    umumiy  foydalaniladigan  avtomobil  yo’llaridan  foydalanish  va  ularni  saqlash  bo’yicha 
xarajatlar smetalarini ro’yxatdan o’tkazish;  
- umumiy foydalaniladigan avtomobil yo’llarini qurish, rekonstruktsiya qilish, ta’mirlash va 
jihozlashni  tasdiqlangan  xarajatlarga  muvofiq  moliyalashtirish,  Jamg’arma  mablag’laridan 
foydalanishning qonuniyligi va maqsadli foydalanilishini nazorat qilish.  
     
Yuklangan vazifalardan kelib chiqqan holda jamg’arma quyidagi funktsiyalarni bajaradi:  
 -Respublika yo’l jamg’armasi daromadlari va xarajatlarining har yillik balanslarini ishlab chiqadi 
va  yig’ma  Davlat  byudjeti  loyihasiga  kiritish  uchun  belgilangan  muddatlarda  O’zbekiston 
Respublikasi Moliya vazirligiga taqdim etadi; 
 -  Jamg’arma  kelgusi  yil  xarajatlarining  tasdiqlangan  parametrlarini  "O’zavtoyo’l"  davlat-
aktsiyadorlik kompaniyasiga, daromadlarining yil choraklari bo’yicha taqsimlangan parametrlarini 
O’zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo’mitasiga va Davlat bojxona qo’mitasiga etkazadi;  
 -  Jamg’arma  daromadlarining  tushum  manbalari  va  respublika  mintaqalari  bo’yicha,  shuningdek 
xarajatlarining asosiy yo’nalishlari bo’yicha hisobini olib boradi;  
 - Davlat soliq qo’mitasi va Davlat bojxona qo’mitasi bilan birgalikda Jamg’armaga to’lovlar o’z 
vaqtida va to’liq tushishini ta’minlash ishlarini olib boradi; 
 - daromadlar tushishi prognozi bajarilishini tahlil qiladi, Davlat soliq qo’mitasi va Davlat bojxona 
qo’mitasi  bilan  birgalikda  daromadlar  tushishi  prognozi  bajarilishiga  salbiy  ta’sir  ko’rsatgan 
omillarni bartaraf etish chora-tadbirlarini ko’radi;  
 -  yo’l  xo’jaligi  ob’ektlarini  qurish,  rekonstruktsiya  qilish,  mukammal  ta’mirlash  va  jihozlash 
bo’yicha  yig’ma  aniq  ro’yxatlarni  ko’rib  chiqadi  va  "O’zavtoyo’l"  davlat-aktsiyadorlik 
kompaniyasi tasdiqlashi uchun rozilik beradi;  
 -umumiy  foydalaniladigan  avtomobil  yo’llarini  saqlash  va  ta’mirlash  uchun  xarajatlar  smetasini 
belgilangan tartibda ro’yxatdan o’tkazadi;  
 -  "O’zavtoyo’l"  davlat-aktsiyadorlik  kompaniyasi  tomonidan  taqdim  etiladigan  investitsiya 
loyihalarining texnik-iqtisodiy asoslashlarini hamda umumiy foydalaniladigan avtomobil yo’llarini 
qurish,  rekonstruktsiya  qilish,  ta’mirlash  va  jihozlash  bo’yicha  tender  jujjatlarini  ekspertizadan 
o’tkazadi;  
 -  o’tkazilgan  ekspertiza  natijalari  bo’yicha  investitsiya  loyihalarining  texnik-iqtisodiy 
asoslashlarida  tender  jujjatlaridagi  qonun  buzilishlarni  bartaraf  etish  yuzasidan  xulosa  (yozma 
ko’rsatma) beradi;  
 - Jamg’arma mablag’laridan maqsadli va samarali foydalanilishini nazorat qiladi;  
 - Jamg’arma mablag’laridan maqsadli va samarali foydalanish masalalari bo’yicha "O’zavtoyo’l" 
davlat-aktsiyadorlik kompaniyasida, yo’l-qurilish hududiy sho’’ba tashkilotlarida va yo’l xo’jaligi 
tuman pudrat ta’mirlash-foydalanish korxonalarida hujjatli tekshirishlar va taftishlar o’tkazish;  
 -  tekshirishlar  va  taftishlarda  aniqlangan  qonun  buzilishlar  va  kamchiliklarni  bartaraf  etish, 
shuningdek  belgilangan  tartibda  qonun  hujjatlarida  nazarda  tutilgan  tegishli  jazo  choralari  berish 
to’g’risida takliflar kiritadi;  
 -  daromadlar  va  xarajatlarni  shakllantirish  tartibini,  shuningdek  Jamg’armaga  ajratmalar  va 
yig’imlar stavkalarini takomillashtirish yuzasidan maqsadli ishlarni olib boradi;  
 -Jamg’arma  daromadlari  va  xarajatlari  bo’yicha  normativ-huquqiy  hujjatlarni  ishlab  chiqadi  va 
tasdiqlash uchun tegishli organlarga kiritadi;  
 -  umumiy  foydalaniladigan  avtomobil  yo’llarini  qurish,  rekonstruktsiya  qilish,  mukammal 
ta’mirlash va jihozlash bo’yicha belgilangan tartibda tasdiqlanadigan aniq ro’yxatlar va xarajatlar 
smetasi  asosida,  shuningdek  yo’l  xo’jaligi  ob’ektlari  bo’yicha  qurilish  va  ta’mirlash  ishlarining 
amalda bajarilishini hisobga olgan holda Fond xarajatlarini moliyalashtiradi.  
O’zbekiston  Respublikasi  Moliya  vazirligi  huzuridagi  Respublika  yo’l  jamg’armasi  
quyidagi huquqlarga ega:  


-  Jamg’arma  mablag’laridan  maqsadli  va  samarali  foydalanilishini  ta’minlash  maqsadida 
"O’zavtoyo’l"  davlat-aktsiyadorlik  kompaniyasida  va  uning  tarkibiga  kiruvchi  yo’l-qurilish 
hududiy  sho’’ba  tashkilotlarida,  shuningdek  yo’l  xo’jaligi  tuman  pudrat  ta’mirlash-foydalanish 
korxonalarida  hamda  Jamg’arma  mablag’laridan  foydalanish  bilan  bog’liq  bo’lgan  boshqa 
tashkilotlarda taftishlar va tekshirishlar o’tkazish;  
-  qurilish,  ta’mirlash,  boshqa  ishlar  hajmlarini  nazorat  tartibida  o’lchash  hamda  boshqa 
tekshirishlar uchun tegishli idoralar va vakolatli banklar mutaxassislarini belgilangan tartibda jalb 
qilish; 
-tekshirilayotgan tashkilot rahbarlaridan va mansabdor shaxslaridan taftishlar va tekshirishlar 
o’tkazishda  paydo  bo’luvchi  masalalar,  moliyaviy  intizomni  buzish  hollari  yuzasidan 
tushuntirishlar 
berishni, 
shuningdek 
ma’lumotnomalarni, 
taftishlar 
va 
tekshirishlar 
dalolatnomalarini imzolashni talab qilish; 
-taftishlar va tekshirishlar materiallari bo’yicha moliyaviy intizomni buzish hollarini bartaraf 
etish,  moddiy zararni qoplash, aybdor shaxslarni  javobgarlikka tortish  yuzasidan tegishli  takliflar 
kiritish;  
-moliyaviy  intizomni  buzish  hollari  aniqlangan  taqdirda  taftishlar  va  tekshirishlar 
materiallarini huquqni muhofaza qilish organlariga berish;  
-  Jamg’arma  mablag’lari  tushishida  va  ularni  sarflashdagi  kamchiliklar  va  qonun 
buzilishlarni bartaraf etish yuzasidan takliflar kiritish;  
- aniqlangan qonun buzilishlarni bartaraf etish yuzasidan amalagi qonun hujjatlariga muvofiq 
boshqa chora-tadbirlar ko’rish;  
quyidagilardan: 
a) O’zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo’mitasi va Davlat bojxona qo’mitasidan - tezkor 
hisobotni  hamda  ajratmalar  hisoblanganligi  va  tushganligi  to’g’risidagi  boshqa  ma’lumotlarni, 
Jamg’armaga to’lovlar bo’yicha vaqtida to’lanmagan to’lovlar miqdori haqidagi ma’lumotlarni;  
b) tijorat banklaridan - Jamg’arma mablag’larining harakati to’g’risidagi ma’lumotlarni; 
v)  "O’zavtoyo’l"  davlat-aktsiyadorlik  kompaniyasi  va  uning  bo’linmalaridan  -  yillik 
buxgalteriya va statistika hisobotini olish.  
Respublika yo’l Jamg’armasining majburiyatlari:  
-yuklangan vazifalarga muvofiq Jamg’arma mablag’laridan qat’iy maqsadli foydalanilishini 
ta’minlash;  
-O’zbekiston  Respublikasi  Davlat  soliq  qo’mitasi  va  Davlat  bojxona  qo’mitasi  bilan 
birgalikda Jamg’arma daromadlari prognozining tushum turlari va mintaqalar bo’yicha bajarilishi 
ahvolini tahlil qilish hamda daromadlar uzluksiz tushishiga salbiy ta’sir ko’rsatgan omillar asosida 
ularni bartaraf etish yuzasidan qo’shma chora-tadbirlar ko’rish;  
-"O’zavtoyo’l" davlat-aktsiyadorlik kompaniyasiga: 
a)  O’rta  muddatli  va  uzoq  muddatli  dasturlarni  hamda  respublikada  avtomobil  yo’llari 
tarmog’ini  rivojlantirish  va  takomillashtirish  bo’yicha  alohida  investitsiya  loyihalarini  ishlab 
chiqish va amalga oshirishda; 
b)  umumiy  foydalaniladigan  avtomobil  yo’llariga,  ko’priklar,  tonnellarga,  eng  avvalo 
xalqaro  va  respublika  ahamiyatiga  ega  bo’lgan  avtomobil  yo’llariga,  ko’priklar,  tonnellarga 
kompleks xizmat ko’rsatish, ularning o’tkazish imkoniyatlarining zarur darajadagi texnik holatini 
ta’minlashda;  
v)  respublikada  avtomobil  yo’llari  tarmog’ini  rivojlantirish  va  takomillashtirishda  yagona 
texnika, investitsiya va tashqi iqtisodiy siyosatni amalga oshirishda ko’maklashish.  
 
O’zbekiston  Respublikai  Prezidentining  2010  yil    24  dekabrdagi  PQ-1449-sonli 
“O’zbekiston  Respublikasining  2011  yilgi  asosiy  makroiqtisodiy  ko’rsatkichlari  prognozi  va 
Davlat  byudjeti  parametrlari  to’g’risida”  gi  qaroriga  muvofiq  2011  yilda  Respublika  yo’l 
jamg’armasining  asosiy  daromadlarini  shakllantirish  turli  manbalar  asosida  amalga  oshirilib, 
ularning asosiy yo’nalishlari va stavkalari quyida keltirilgan 5,6 -jadvallarda o’z aksini topgan.  



Download 2,26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   212




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish