Pensiya ishi


  O’zbekiston Respublikasi yo’l jamg’armasining ahamiyati



Download 2,26 Mb.
Pdf ko'rish
bet50/212
Sana31.12.2021
Hajmi2,26 Mb.
#208913
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   212
Bog'liq
Davlat maqsadli va bujetdan tashqari jamgarmalar

1. 
O’zbekiston Respublikasi yo’l jamg’armasining ahamiyati 
Bozor  iqtisodiyoti  sharoitida  fuiarolar  uchun  ijtimoiy  fa-rovonlik  yaratish  davlatning  eng 
muhim funktsiyasiga aylanadi. Bunday sharoitda davlat tomonidan aholi farovonligi uchun kerakli 
tovarlar va xizmatlar zarur miqdorda ishlab chiqariladi. Ularni ishlab chiqarish ko’pincha bevosita 
byudjetdan  moliyalash-tirish  hisobiga  amalga  oshiriladi.  Biroq,  bir  qator  ijtimoiy  vositalar 
mavjudki,  ularni  taqdim  etish  masalasi  xususiy  sektor  tomonidan  hal  etilishi  mumkin.  Bunday 
vositalarga avtomobil yo’llari ham kiradi. 
Ma’lumki,  yo’llar  kishilik  jamiyati  shakllangandan  buyon  xalqlarni  birlashtirib  turadigan, 
o’zaro  savdo-sotiq  aloqalarini  amalga  oshiradigan  muhim  tizim  xisoblangan.  Yo’llarni  rivoj-
lantirmasdan, uning holatini yaxshilamasdan turib, iqtisodiyotni rivojlantirish mumkin emas. Buni 
inobatga  olib,  mamlakatimiz  hukumati  tomonidan  avtomobil  yo’llarini  qurish,  ta’mirlash  va 
saqlash ishlariga ustuvor yo’nalish deb qaralmoqda. 
Avtomobil  yo’llarining  aralash  (jamoat  va  xususiy)  tabiati  hamda  ko’pgina  mamlakatlarda 
bepul davlat yo’llari bilan bir qa-torda pullik asosda faoliyat yurituvchi yo’l va yo’l ob’ektlarining 
mavjudligi  davlatning  yo’l  tarmog’iga  aralashishining  miqyosi  va  mexanizmi  to’g’risidagi 
masalani sinchkovlik bilan ko’rib chiqishga undaydi. 
O’zbekistonda umumiy foydalaniladigan avtomobil  yo’llari-ning uzunligi  43,4 ming km  ga 
yaqinni, jumladan, davlatlararo aloqaga mo’ljallangan yo’llar — 3237 km, respublika ahamiyatga 
ega18767 km va mahalliy — 21459 kmni tashkil etadi. Korxonalar ixtiyorida bo’lgan yo’llarning 
uzunligi — 71,3 ming km, shahar va qishloq yo’llari — 69,9 ming km. O’zbekistonda avtomobil 
yo’llarining umumiy uzunligi 184,6 km ga etadi. 
Yo’l xo’jaligining hozirgi zamon darajasi va yo’l kommunika-tsiyalarining holatini hisobga 
olgan holda,  yo’llarni rivojlan-tirish muammolari mamlakatimiz uchun dolzarb masala bo’lib hi-
soblanadi.  Afsuski,  avtomobil  yo’llarining  rivojlanishi  va  ularga  sarflangan  investitsiyalardan 
olinadigan  samaradorlik  bilan  bog’liq  barcha  masalalarning  hisobga  olinishi  birmuncha 
murakkabdir.  Yo’llarning  rivojlanishi  aholining  bandligiga  be-vosita  yoki  bilvosita  ta’sir 
ko’rsatishiga  e’tibor  qaratish  mum-kin.  Bu  nafaqat  ish  o’rinlarining  bevosita  avtomobil  yo’llari-
ning  qurilishi  va  foydalanishga  topshirilishida  yaratilishi,  bal-ki  mazkur  aralash  tarmoqlarga 
investitsiyalarning  jalb  etilishi  bilan  izohlanadi.  To’lanadigan  soliqlar  chiqarib  tashlangan  holda 
yo’l  ishlariga  sarflanadigan  xarajatlar  tarkibida,  70%  ga  yaqini  boshqa  tarmoqlar  (qurilish 
materiallari  sanoati,  yo’l  mashina-sozligi,  neftni  qayta  ishlash,  transport)  mahsulotlarining  xarid 
qilinishiga to’g’ri keladi. Shu bilan birga, yo’l yoqasida xizmat ko’rsatishning rivojlanish darajasi 
ham  avtomobil  yo’llari  tar-mog’ining  o’sishiga  bevosita  bog’liq.  Bozor  islohotlari  avtomobil 
yo’llariga  bevosita  yaqin  bo’lgan  savdo,  umumiy  ovqatlanish,  turli  xil  xizmat  ko’rsatish  va 
boshqalar  shaklidagi  tadbirkorlik  uchun  keng  imkoniyatlarni  taqdim  etdi.  Bu  mahalliy  aholi,  ish 
topish  murakkab  bo’lgan  uzoq  mintaqalar  uchun  ayniqsa,  muhimdir.  Yo’l-lardan  intensiv 


foydalanish  natijasida  yuzaga  keladigan  is-te’mol  talabining  ortishi,  muayyan  jihatdan  ushbu 
muammoning  hal  etilishiga  imkon  beradi.  Yo’l  transporti  tizimidagi  band-likni  Evropa  Ittifoqi 
ma’lumotlari misolida ko’rsatish mumkin: bugungi kunda unda 13,5—14 mln. kishi band bo’lib, 
Evro-pa Ittifoqi mamlakatlarida ishlovchilarning umumiy sonining 6% dan orti-g’ini tashkil etadi. 
«XX  asrning  60—70-yillarida  G’arb  mamlakatlarida  maqsadli  byudjetdan  tashqari  yo’l 
jamg’armalari yuzaga kela boshladi. Ularning tashkil etilishi ko’pgina mamlakatlar uchun byudjet 
jarayonining  standart  muammolari:  byudjetning  yo’l  xo’jaligiga  bo’lgan  ajratmalarni  qisqartirish 
bilan birga byudjetni ijro etish bosqichida xarajatlarni kamaytirishga ta’sir ko’rsatdi»
411

Odatda, yoqilg’i-moylash materiallarining (YoMM) realizatsiya qilinishiga solinadigan soliq, 
ayrim  aktsiz  turlari,  avtomobil  yo’llarining  foydalanuvchilaridan  olinadigan  to’lovni  o’z  ichiga 
oladigan  daromad  manbalari  yo’l  jamg’armalariga  qat’iy  birik-tirib  qo’yilgan.  Bunday 
jamg’armalarda  jamg’ariladigan  mablag’-lar,  maqsadli  tarzda  yo’l  xo’jaligiga  yo’naltirilgan,  bu 
esa umum-davlat yo’l tarmog’ini maqbul darajada barqaror va oldindan moliyalashtirishni kafolatli 
ta’minlashi lozim. Jamg’armaga ke-lib tushgan mablag’lar, odatda, mustaqil hukumat agentligi ix-
tiyoriga o’tkazilgan. 
Biroq,  vaqt  o’tishi  bilan  mazkur  jamg’armalarning  faoliyati  norozilik  tug’dira  boshladi, 
chunki ular tashkil etilishida o’zlari-ga yuklatilgan vazifa — yo’l xo’jaligini to’liq va o’z vaqtida 
moliyalashtirishning  hal  etilishini  ta’minlamagan.  Maqsadli  yo’l  jamg’armalariga  nisbatan 
borayotgan  tanqid  bir  qator  mamlakat-larda  maqsadli  yo’l  jamg’armalarining  tugatilishi  va 
byudjetning  daromad  qismida  ularga  kelib  tushgan  mablag’larga  muvofiq  ra-vishda  xarajatlar 
qismida  mablag’larning  birlashtirilishida  na-moyon  bo’lgan  institutsional  o’zgarishlarga  sabab 
bo’ldi. 
O’zbekiston 
Respublikasida 
faoliyat 
ko’rsatayotgan 
markazlash-gan 
iqtisodiy 
jamg’armalarga  Respublika  Yo’l  jamg’armasi,  O’zbe-kiston  Respublikasi  Davlat  Mulk 
qo’mitasining maxsus hisob raqamini kiritish mumkin.  
Davlatning  byudjetdan  tashqari  jamg’armalari  tarkibida  alo-hida  o’rinni  Respublika  yo’l 
jamg’armasi  egallaydi.  Byudjetdan  tashqari  Respublika  yo’l  jamg’armasi  boshqa  maqsadli 
jamg’armalar  kabi  samarali  faoliyat  olib  bormoqda.  Bu  holat,  ayniqsa,  shakl-lanayotgan 
daromadlar  tarkibi  va  mablag’lardan  maqsadli  foyda-lanishni  kuchaytirishda  bir  qator  ijobiy 
o’zgarishlar ko’rinishida sodir bo’lmoqda. 
Respublika  yo’l  jamg’armasi  faoliyati  davlatning  oldida  tur-gan  iqtisodiy  vazifalarni 
moliyaviy  ta’minlashga  mo’ljallangan  maqsadli  pul  mablag’lari  jamg’armasini  shaklllantirish  va 
mab-lag’larni  yo’l  xo’jaligi  sohasini  rivojlantirish  uchun  xarajat  qilish  shaklini  aks  ettiradi. 
O’zbekiston  Respublikasi  Moliya  vazirligi  huzuridagi  Respublika  yo’l  jamg’armasi  O’zbekiston 
Respublikasi Prezidentining 2003 yil 19 avgustdagi "Umumiy foydalaniladigan avtomobil yo’llari 
qurish  va  ulardan  foyda-lanishni  boshqarish  tizimini  takomillashtirish  to’g’risida"  PF-3292-son 
Farmoni  bilan  tashkil  etilgan  bo’lib,  umumiy  foyda-laniladigan  avtomobil  yo’llarini  qurish, 
ta’mirlash va saqlash uchun maqsadli moliyaviy resurslarni jamlovchi davlat organidir.  
Umumiy  foydalaniladigan  avtomobil  yo’llarining  tarmog’i-ni  rivojlantirish  dasturlarini 
hamda ularning zarur darajadagi  texnik  holatiga  va avtomobillarni  o’tkazish  imkoniyatlariga eri-
shishga  yo’naltirilgan  tadbirlarni  moliyalashtirish  uchun  mablag’-larni  jamlash  Respublika  Yo’l 
jamg’armasining  maqsadidir.  Shuningdek,  bu  jamg’armada  Yo’l  qurilishini  boshqarish  tizimiga 
yo’naltiriladigan mablag’lardan foydalanish samaradorligini oshirish ishlari ham olib boriladi. 
Respublika  yo’l  jamg’armasi  o’z  faoliyatini  Respublikamizning  Konstitutsiyasiga, 
qonunlariga,  Oliy  Majlisining  qarorlariga,  Prezidentning  farmonlari  va  farmoyishlariga, 
O’zbekiston  Res-publikasi  Vazirlar  Maxkamasining  Qarorlari  hamda  mazkur  Ni-zomga  muvofiq 
amalga oshiradi. 
Mamlakatimizda  Respublika  yo’l  jamg’armasi  O’zbekiston  Res-publikasi  Vazirlar 
Mahkamasining Qaroriga muvofiq tashkil etilgan. Jamg’arma umumiy foydalaniladigan avtomobil 
                                                           
1
  Axmedjonov  A.  Voprosi  sovershenstvovaniya  finansirovaniya  dorojnogo  xozyaystva.  Ekonomicheskoe 
obozrenie.//2002. №7. str11. 


yo’llari-ni  saqlash,  ta’mirlash,  rekonstruktsiya  qilish  va  qurish  bilan  bog’-liq  xarajatlarni 
moliyalashtirishga safarbar etilgan. 
Vazirlar  Mahkamasining  2003  yil  21  avgustdagi  361-son  Qarori  bilan  «O’zbekiston 
Respublikasi  Moliya  vazirligi  huzuri-dagi  Respublika  yo’l  jamg’armasi  to’g’risida»gi  Nizom 
tasdiq-landi.  Nizomda  Respublika  yo’l  jamg’armasining  maqsadi,  asosiy  vazifalari  va 
funktsiyalari,  jamg’armaning  huquq  va  majburiyat-lari  ko’rsatilgan.  Jamg’arma  yuridik  shaxs 
hisoblanadi,  mustaqil  balansga,  Markaziy  bankda  hisob  raqamlariga,  shu  jumladan,  xori-jiy 
valyutadagi  hisob  raqamlariga,  O’zbekiston  Respublikasi  Dav-lat  gerbi  tasviri  tushirilgan  gerbli 
muhrga ega.  
Mazkur fondning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: 
 
Respublika  Yo’l  fondi  mablag’lari  tushishi  va  sarf-lanishining  yillik  va  choraklik 
balanslarini shakllantirish
 
investitsiya 
loyihalarining 
texnik 
iqtisodiy 
asoslash-larini 
hamda 
umumiy 
foydalaniladigan  avtomobil  yo’llarini  qurish,  rekonstruktsiya  qilish,  ta’mirlash  va  jihozlash 
bo’yicha ten-der hujjatlarini ekspertizadan o’tkazish; 
 
yo’l  xo’jaligi  ob’ektlarini  qurish,  rekonstruktsiya  qilish,  ta’mirlash  va  jihozlashning 
aniq ro’yxatlarini belgilangan tar-tibga keltirish
 
umumiy foydalaniladigan avtomobil yo’llaridan foyda-lanish va ularni saqlash bo’yicha 
xarajatlar smetalarini ro’yxat-dan o’tkazish; 
 
umumiy foydalaniladigan avtomobil yo’llarini qurish, rekonstruktsiya qilish, ta’mirlash 
va jihozlashni tasdiqlangan xarajatlarga muvofiq moliyalashtirish, mablag’lardan foydala-nishning 
qonuniyligi va maqsadli foydalanilishini nazorat qilish. 
Respublika  yo’l  jamg’armasi  mablag’laridan  qonuniy  va  maqsad-li  foydalanilishini  nazorat 
qilish O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Respublika yo’l jamg’armasini bosh-
qarish kengashiga yuklanadi.  
Respublika  yo’l  jamg’armasining  noqonuniy  sarflangan  va  maqsadli  foydalanilmagan 
mablag’lari qonun hujjatlarida bel-gilangan tartibda Jamg’armaga undirib olinadi»
1

Respublika  yo’l  jamg’armasi  yuklangan  vazifalardan  kelib  chiqqan  holda  quyidagi 
funktsiyalarni bajaradi: 

  Respublika  yo’l jamg’armasi daromadlari va xarajat-larining har  yillik balanslarini ishlab 
chiqadi va yig’ma Davlat byudjeti loyihasiga kiritish uchun belgilangan muddatlarda O’zbekiston 
Respublikasi Moliya vazirligiga taqdim etadi; 

  Jamg’arma  kelgusi  yil  xarajatlarining  tasdiqlangan  para-metrlarini  "O’zavtoyo’l"  davlat-
aktsiyadorlik 
kompaniyasiga, 
daro-madlarining 
yil  choraklari  bo’yicha  taqsimlangan 
parametrlarini O’zbekiston Respublikasi Davlat Soliq qo’mitasiga va Davlat Bojxona qo’mitasiga 
etkazadi; 

  Jamg’arma  daromadlarining  tushum  manbalari  va  respublika  mintaqalari  bo’yicha, 
shuningdek, xarajatlarining asosiy yo’na-lishlari bo’yicha hisobini olib boradi; 

  Davlat  Soliq  qo’mitasi  va  Davlat  Bojxona  qo’mitasi  bilan  birgalikda  Jamg’armaga 
to’lovlar o’z vaqtida va to’liq tushishini ta’minlash ishlarini olib boradi

  daromadlar  tushishi  prognozi  bajarilishini  tahlil  qiladi,  Davlat  Soliq  qo’mitasi  va  Davlat 
Bojxona  qo’mitasi  bilan  bir-galikda  daromadlar  tushishi  prognozi  bajarilishiga  salbiy  ta’sir 
ko’rsatgan omillarni bartaraf etish chora-tadbirlarini ko’radi; 

  yo’l xo’jaligi ob’ektlarini qurish, rekonstruktsiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash 
bo’yicha  yig’ma  aniq  ro’yxatlarni  ko’rib  chiqadi  va  "O’zavtoyo’l"  davlat-aktsiyadorlik 
kompaniyasi tas-diqlashi uchun rozilik beradi
                                                           
1
 O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 21 avgustdagi «O’ZAVTOYO’L» davlat -aktsiyadorlik 
kompaniyasi va O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Respublika yo’l jamg’armasi faoliyatini tashkil 
etish masalalari to’g’risida»gi 361-son Qarori. 


O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Respub-lika yo’l jamg’armasining ijro 
etuvchi direktori Moliya vaziri-ning taqdimnomasiga ko’ra Vazirlar Mahkamasi tomonidan tayin-
lanadi hamda moddiy ta’minot, ijtimoiy va transport xizmati ko’rsatish shart-sharoitlari bo’yicha 
vazir o’rinbosariga tenglashtiriladi. 
 

Download 2,26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   212




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish