Mamlakatda pensiya ta’minotini amalga oshirishda budjetdan tashqari
Pensiya jamg’armasining o’rni va ahamiyati
Bugungi kunda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohatlarning kuchli
tomonlaridan
biri
uning
ijtimoiy
yo`naltirilganligidir.
Hukumatimiz
respublikamiz
mustaqilligining dastlabki kunlaridayoq islohatlaning aholini xususan, uning ehtiyojmand
qismini ijtimoiy muhofaza qilish asosida amalga oshira boshladi va shu yo`ldan boqmoqda.
Ijtimoiy
sohani
rivojlantirish
2017-2021-yillarda
O`zbekiston
Respublikasini
rivojlantirishning beshta ustuvor yo`nalishi bo`yicha Harakatlar strategiyasining muhim bir
yo`nalishi sifatida qabul qilinishi mazkur soha taraqqiyotini ta`minlash masalasining
dolzarbligini ifodalaydi.
28
Ijtimoiy ta`minot doimo davlat va jamiyat hayotida markaziy va hal qiluvchi o`rinni
egallab kelgan. Mamlakatda yashaydigan fuqarolarda o`z hayot faoliyatining ma`lum
bosqichlarida va alohida holatlarida ijtimoiy ta`minot tizimi xizmatlariga ehtiyojlari yuzaga
keladi. Uning holati mamlakat iqtisodiy rivojlanish darajasiga mamlakatda olib borilayotgan
ijtimoiy siyosatga shuningdek, mehnatkashlarning hamda ma`lum sabablarga ko`ra
ishlamaydigan aholi qatlamlarining ijtimoiy ahvoliga bog`liq.
Mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirish, turli markazlashgan va markazlashmagan
jamg’armalar, avvalo, umumdavlat pul mablag’lari jamg’armasi davlat budjetini tuzish va ijro
qilish yo’li bilan ta’minlanadi. Mustaqillik yillarida murakkab iqtisodiy ahvol yuzaga kelganiga
qaramay, O’zbekistonda aholi uchun eng muhim ijtimoiy vazifalarni hal etish maqsadida zarur
mablag’lar izlab topildi.
“Ijtimoiy himoya” va “ijtimoiy ta’minot” bir ma’noli tushuncha emas, balki turdosh
tushunchalardir.
29
Ulardan ilmiy ta’riflar sifatida foydalanilganda, “ijtimoiy himoya” “ijtimoiy
ta’minot”ni tarkibiy qismi sifatida o’z ichiga oladi. Bundan tashqari, ijtimoiy himoya inson
faoliyatining normal shart-sharoitlarini ta’minlovchi mehnat, sog’liq va tabiat, atrof-muhitni
muhofaza qilish, mehnatga haq to’lashning eng kam miqdori kabi kafolatlarni qamrab oladi.
28
O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi “O`zbekiston Rewspublikasini yanada
rivojlantirish bo`yicha Harakatlar strategiyasi to`g`risida” gi PF-4947-sonli Farmoni
29
Xaitov A., Ziyadulaev M. O’zbekistonda pensiya ta’minoti va xorijiy tajribasi. O’quv qo’llanma. -T.: “Adolat”.
2009. -B.108.
Iqtisodiyotni erkinlashtirish bosqichida O’zbekistonda faol ijtimoiy siyosatni amalga
oshirishda yangicha amaliy va samarali shakllarni qo’llashni taqozo etadi. Jahon tajribasining
ko’rsatishicha, pensiya tizimi faoliyatini yo’lga qo’yish va undan samarali foydalanish boshqa
daromad hisobga olingan holatda ijtimoiy muammolarni hal qilish va kishilarni keksalikda
kambag’allikdan himoyalashning muhim vositalaridan biri bo’lib hisoblanadi. Ijtimoiy ta`minot
sifatida davlat pensiya ta`minoti muhim o`rin tutadi.
O`zbekiston Respublikasida aholining yuqori turmush darajasini ta`minlash va kuchli
ijtimoiy siyosatni amalga oshirish vazifasi bugungi kunning muhim vazifalaridan biri
hisoblanadi, bunda pensiya tizimi muhim rol o`ynaydi.
O`zbekistonda pensiya ta`minoti bu mamlakatimizda fuqarolarga O`zbekiston
Respublikasi Konstitutsiyasida kafolatlanlangan moddiy ta`minotni taqdim etish maqsadida
tashkil etilayotgan huquqiy – tashkiliy institutlar va normalar majmuidir. Shu bois pensiya
ta`minoti mamlakatimizda shakllangan ijtimoiy muhofaza tizimining fuqarolarning turmush
darajasi va farovonligini ta`minlashga qaratilgan iqtisodiy, huquqiy, ijtimoiy, tashkil
xususiyatiga ega kompleks chora- tadbirlarni amalga oshirishni ko`zda tutadi.
O`zbekiston Respublikasi fuqarolari “Fuqarolarning davlat pensiya ta`minoti
to`g`risida”gi
30
qonunda belgilangan tartibda davlat tomonidan pensiya bilan ta`minlanish
huquqiga egadir. Pensiya qonunchiligiga muvofiq, pensiya –shaxslarga pensiya yoshiga yetishi ,
nogironlik yoki boquvchisini yo`qotganligi munosabati bilan beriladigan oylik pul to`lovi bo`lib,
uni olish huquqi qonunda belgilangan shartlar va me`yorlarga muvofiq aniqlanadi. Pensiya
ta`minoti tizimini isloh etishning asosiy sababi, davlatning pensiyaga oid majburiyatlarini
bajarish uchun moliyaviy resurslarning yetishmasligidir va bu muammo aholining keksayib
borishiga muvofiq kuchayib, murakkablashib boradi va mamlakatlarda vujudga kelgan iqtisodiy,
ijtimoiy va demografik vaziyatlardan kelib chiqqan holda ahamiyat kasb etadi.
Pensiya ta`minoti tizimining oldida bugungi kunda uchta muhim maqsad turadi:
fuqarolarni keksayganda qashshoqlikdan himoyalash;
mehnat faoliyati tugashi bilan pensiyaga chiqish oldidan to`lanadigan ish haqiga
mutanosib tarzda belgilangan muayyan miqdordagi kafolatlangan daromadni ta`minlash;
kelajakda pensiya tizimi orqali fuqaroni turmiuush darajasini yaxshilashdan iborat.
Pensiya tizimi ta’minot asosida shakllantiriladigan va aholining ijtimoiy ehtiyojlarini
qondirish va konstitutsion huquqlarini amalga oshirish uchun yo’naltiriladigan pul mablag’lari
jamg’armasidan foydalanishga asoslanadi. Pensiya tizimiga xizmat qiluvchi pensiya
jamg’armalari uchun daromad manbalarining aniq belgilanganligi, mablag’larning qat’iy
maqsadli ishlatilishi, aholi ijtimoiy tabaqalashuvini yumshatishga yo’naltirilganligi,
mablag’larning shakllanishi va ishlatilish muddatlarining mos kelmasligi, mustaqil moliya-kredit
tashkiloti va budjetdan tashqari maqsadli jamg’arma ekanligi hamda ijtimoiy ta’minotinng
muhim elementi ekanligi kabi xususiyatlar xosdir.
Pensiya ta’minoti aholini ijtimoiy himoyalash tizimining muhim tarkibiy qismlaridan
biridir, chunki u deyarli barcha fuqarolarning hayotiy manfaatlari bilan bog’liqdirki, fuqarolar
mehnat qobiliyatlarini yo’qotganlarida shu tizim orqali ijtimoiy himoya qilinadilar.
Pensiya bilan ta’minlash dasturini ishlab chiqishda siyosatning eng asosiy masalasi pul
mablag’larini jamg’arish vazifalari bilan, daromadlarni qayta taqsimlash vazifalari bilan,
shuningdek ularning har birini amalga oshirishda davlatning roli bilan bog’liq. O’z navbatida
bularni amalga oshirish uchun moliyaviy iqtisodiy barqarorlik, jamg’arma institutlarini tashkil
qilishni o’z ichiga olgan fond bozorlarining rivojlanishi va unga muvofiq keluvchi qonunchilik
asoslarini yaratish, aholi jamg’armalarini rag’batlantiruvchi samarali soliq siyosatini yuritish,
aholining moliyaviy muassasalarga bo’lgan ishonchini ta’minlovchi davlat boshqaruv tizimi
zarur.
30
O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O`zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi
budjetdan tashqari Pensiya jamg`armasi to`g`risidagi nizomni tasdiqlash haqida” – 2010-yil 19-fevraldagi 30-sonli
qarori
Bugungi kunda O`zbekiston Respublikasi Pensiya jamg`armasining barqarorligi
ta`minlanmoqda, uning daromadlari bilan jamg`armadan amalga oshirilayotgan to`lovlar
to`lig`icha moliyalashtirilmoqda. Lekin jamg`armaning davlaat budjeti tomonidan qo`llab-
quvvatlanayotganligini ham alohida qayd etish lozim.
Turli mamlakatlar milliy pensiya tizimlarining shakllanishida quyidagi ikki yondashuv
asos bolib hizmat qiladi: birinchi yondashuvga ko`ra, pensiya tizimiga tortilgan barcha
fuqarolar uchun pensiya daromadining minimal hajmi kafolatlansa, ikkinchi yondashuv bo`yicha
– pensiya ish haqining zahiralanuvchi qismi bo`lib sug`urtalangan xodimga uning pensiyaga
chiqish oldidagi daromadiga monand moddiy ta`minotga ega bo`lishini kafolatlaydi.
Pensiya ta`minotining rivojlanishi jarayonida har ikkala maqsad uyg`unlashib ketdi,
universal pensiya tizimlari sug`urtaviy tizimlar bilan to`ldirildi, sug`urtaviy tizimlar esa minimal
kafolatlarni o`z ichiga ola boshladi. Shunday qilib, pensiuyalarning ikkiyoqlama tabiati nafaqat
umumaqbul qilindi, balki deyarli barcha rivojlangan pensiya tizimlarining shakklanishiga asos
bo`lib hizmat qildi.
Pensiyalarning ikkiyoqlama yozuvi shundan iborat bo`ladiki, birinchidan, pensiya
fuqarolarni kambag`allikdan himoyalab, ular daromadlarining minimal darajasini kafolatlasa,
ikkinchi tomondan, ma`lum belgilangan sug`urta holatlari yuzaga kelganda ish haqining o`nini
bosadi, ya`ni yo`qotilgan daromadni yoki uning ko`p qismini kompensatsiyalaydi.
31
Har bir mamlakatda u yoki bu pensiya modeli asosida milliy pensiya tizimlari
shakllangan bo`ladi. Pensiya tizimining modeli uning moliyaviy jihatdan tashkil etilishini hamda
mamlakat fuqarolarini qarilikda moddiy jihatdan ta`minlash bilan bog`liq bo`lgan ijtimoiy
munosabatlarni ifodalaydi.
Umuman olganda, mamlakatda aholining pensiya ta`minoti darajasi ustuvor ravishda
ikkita omilga bog`liq: ijtimoiy himoya tizimining qay darajada rivojlanganligi va mamlakatning
iqtisodiy rivojlanish darajasi. Har ikkala omil, shuningdek, pensiya ta`minoti darajasi ta`minoti
darajasi mamlakatdagi tarixiy, madaniy, iqtisodiy va ijtimoiy shart-sharoitlar bilan belgilanadi.
Milliy pensiya tizimlarini tashkil etishning asosiy tamoyillari quyidagilardan iborat:
aholini maksimal darajada pensiya tizimiga qamrab olish;
pensiya yukini (og`irligini) pensiya tizimi subyektlari-ish beruvchilar va ishlovchilar o`rtasida
adolatli taqsimlash;
barcha sug`urtalanuvchilarni qarilikda yoki nogironlikda o`z xohishi bilan yoki majburan
pensiyaga chiqishi natijasida yo`qotayotgan daromadining katta qismini qoplash orqali mablag`
bilan ta`minlash;
talab qilinganyetarli mehnat stajiga ega bo`lmagan fuqaro toifalarini, shuningdek boquvchisini
yo`qotgan fuqarolarni kambag`allikdan ijtimoiy himoya qilish;
inflatsiya, ish haqilarining oshishi va hayot sifatining ko`tarilishi kabi omillarni hisobga olgan
holda pensiyalarni indeksatsiya qilish.
Pensiya ta`minoti milliy g`oyani aks ettiradi hamda milliy iqtisodiy siyosat markazida
turadi. Oxirgi o`n yilliklar mobaynida ko`p mamlakatlar o`zlarining amaldagi pensiya tizimlarini
ijtimoiy-iqtisodiy va demografik sharoitlarining o`zgarishi bilan bog`liq bo`lgan isloh qilish
zarurati bilan to`qnash kelmoqda.
Bugungi kunga kelib pensiya ta`minoti har qanday demokratik davlatda yashovchi
insonlarning ajralmas huquqi hisoblanadi. Ammo turli davlatlar pensiya tizimlari bir-biridan
o`ziga xosliklari bilan ajralib turadi.
O`zbekiston Respublikasida pensiya islohotlarini olib borishda xorijiy tajribani har
tomonlama o`rganish, jahon mamlakatlarida aholining ijtimoiy himoyasiga xizmat qiladigan,
keksaygan paytida fuqarolargamunosib turmush sharoitlarini ta`minlaydigan, shu bilan birga,
bozor sharoitlariga mos bo`lgan, fuqarolarning o`z farovonligini ta`minlashdagi ma`sulyatini
oshirishga xizmat qiladigan mukammal pensiya ta`minoti tizimini shakllantirish va uning
iqtisodiy-moliyaviy asoslarini mustahkamlash masalalari bugungi kunda mamlakatimizda
31
Boresenko. N. Yu. Pensionnoe obespechenie. Uchebnik M.: Dashkoov i K*. 2009 30-betdan tarjima.
pensiya tizimida olib borilayotgan islohotlarning diqqat markazidagi dolzarb masalalari qatorida
bo`lishi lozim.
2. Pensiya jamg’armasining daromadlari, ularning tarkibi va shakllanish mexanizmi
Pensiya jamg’armasi daromadlari manbalari O’zbekiston Respublikasi Soliq Kodeksi,
Budjet Kodeksi hamda O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari
Pensiya jamg’armasi to’g’risida Nizomda belgilab qo’yilgan bo’lib, ularning undirilish tartibi bir
qator qonun osti hujjatlar va yo’riqnomalar asosida amalga oshiriladi. Shu narsani alohida
ta’kidlab o’tish kerakki, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 15-
noyabrdagi “O’zbekiston Respublikasi Pensiya ta’minoti tizimini takomillashtirish chora-
tadbirlari to’g’risida”gi 444-sonli Qaroriga asosan fondga undiriladigan majburiy to’lov va
badallar Soliqlarga tenglashtirildi hamda “Soliq Kodeksi” orqali mustahkamlab qo’yildi. Pensiya
jamg’armasiga majburiy ajratma va to’lovlarning undirish ishlari Davlat soliq qomitasi
zimmasiga yuklatilgan.
O’zbekiston Respublikasi Budjet kodeksining 37-moddasi Budjetdan tashqari Pensiya
jamg’armasiga bag’ishlangan bo’lib, unda “O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi
huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg’armasi fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti,
ijtimoiy nafaqalar to‘lash, kompensatsiya to‘lovlari va boshqa to‘lovlar bo‘yicha xarajatlarni
moliyalashtirishga yo‘naltiriladigan majburiy to‘lovlar, badallar, shuningdek, boshqa
manbalardan tushadigan mablag‘larni jamlaydi”
32
.
Budjet Kodeksining 53-moddasida Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari
Pensiya jamg’armasining daromadlarini shakllantirish haqida so’z yuritilib, ular yagona ijtimoiy
to‘lovning belgilangan miqdordagi tushumlari, fuqarolarning budjetdan tashqari Pensiya
jamg’armasiga sug‘urta badallari, budjetdan tashqari Pensiya jamg’armasiga majburiy ajratmalar
hamda boshqa daromadlar hisobidan shakllantiriladi.
Boshqa daromadlarga mehnatda mayib bo‘lganlik yoki kasb kasalligiga chalinganlik
tufayli tayinlangan nogironlik pensiyalarini to‘lash xarajatlarining o‘rnini qoplash uchun taqdim
etiladigan regress talablar (da’volar) bo‘yicha ish beruvchilar va fuqarolar tomonidan o‘rni
qoplanadigan mablag‘lar tushumining bir qismi, O‘zbekiston Respublikasi Bandlikka
ko‘maklashish davlat jamg‘armasining muddatidan oldin tayinlangan yoshga doir pensiyalarni
to‘lash xarajatlarini qoplash hisobidan kiritiladigan mablag‘lari, yuridik shaxslarning imtiyozli
pensiyalarni to‘lash xarajatlarini qoplash hisobidan kiritiladigan mablag‘lari, fuqarolarning
ixtiyoriy tartibda to‘lanadigan sug‘urta badallari, majburiy to‘lovlar, badallar o‘z vaqtida
to‘lanmaganligi uchun hisoblangan jarimalar va penyalar summasining bir qismi, mehnat
vazifalarini bajarish bilan bog‘liq holda mayib bo‘lgan, kasb kasalligiga chalingan yoxud
sog‘lig‘iga boshqacha shikast etkazilgan xodimga yuridik shaxs tugatilganda, qishloq xo‘jaligi
kooperativi (shirkat xo‘jaligi), fermer va dehqon xo‘jaligi qayta tashkil etilganda yoki
tugatilganda zararning o‘rnini qoplash uchun to‘lanadigan nazarda tutilgan mablag‘lar,
vaqtinchalik bo‘sh turgan mablag‘larni joylashtirishdan olingan daromadlar va qonun
hujjatlariga muvofiq boshqa manbalar kiradi.
O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya
jamg’armasi to’g’risida Nizomda jamg’arma daromadlarining shakllantirish manbalari va tartibi
quyidagichadir
33
:
a) majburiy to’lovlar va badallar:
- belgilangan miqdorlardagi yagona ijtimoiy to’lov tushumlari;
- alohida yuridik shaxslarning ijtimoiy sug’urta badallari;
- fuqarolarning sug’urta badallari;
32
O‘zbekiston Respublikasining Budjet Kodeksi 37-modda (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami,
2013 y., 52-I-son; 2014 y., 36-son, 452-modda; 2015 y., 52-son, 645-modda)
33
Vazirlar Mahkamasining 2010 yil 19 fevraldagi 30-son qaroriga ILOVA. O’zbekiston Respublikasi Moliya
vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg’armasi to’g’risida NIZOM
- jismoniy shaxslar ayrim toifalarining sug’urta badallari;
- majburiy ajratmalar;
b) boshqa to’lovlar:
- "Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to’g’risida"gi O’zbekiston Respublikasi
Qonunining 15-moddasiga muvofiq tayinlangan mehnatda mayib bo’lganlik yoki kasb kasalligi
oqibatida nogiron bo’lganlarga pensiyalar to’lash xarajatlarini qoplash uchun regressiv talablar
(da’volar) bo’yicha ish beruvchilar va fuqarolardan undiriladigan mablag’larning 85 foizi;
- "Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to’g’risida"gi O’zbekiston Respublikasi
Qonunining 14-moddasiga muvofiq muddatidan oldin tayinlangan yoshga doir pensiyalarni
to’lash xarajatlarini qoplash uchun o’tkaziladigan O’zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini
ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining Bandlikka ko’maklashish jamg’armasi mablag’lari;
- "Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to’g’risida"gi O’zbekiston Respublikasi
Qonunining 12-moddasiga muvofiq tayinlangan imtiyozli pensiyalarni to’lash xarajatlarini
qoplash hisobiga o’tkaziladigan yuridik shaxslar mablag’lari;
- dehqon xo’jaliklari a’zolarining ixtiyoriy tartibda to’lanadigan sug’urta badallari;
- hisoblangan jarimalar summasining bir qismi hamda majburiy to’lovlar, badallar va
boshqa to’lovlar o’z vaqtida to’lanmaganligi uchun penyalar (qonun hujjatlariga muvofiq davlat
soliq xizmati organlarini ijtimoiy rivojlantirish va moddiy-texnik ta’minlash maxsus
jamg’armasiga hamda Jamg’arma xodimlarini ijtimoiy rivojlantirish va moddiy rag’batlantirish
jamg’armasiga undiriladigan summalardan tashqari);
- yuridik shaxs tugatilganda, qishloq xo’jaligi kooperativi (shirkati), fermer va dehqon
xo’jaligi qayta tashkil etilganda yoki tugatilganda mehnat vazifalarini bajarish bilan bog’liq
holda mayib bo’lgan, kasb kasalligiga chalingan yoki sog’lig’iga boshqacha shikast yetkazilgan
xodimga yetkazilgan zararni qoplash uchun to’lanadigan summalar;
- qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar, shu jumladan, Davlat budjeti
mablag’lari va ixtiyoriy badallardan iboratdir. Aytish joizki majburiy to’lovlar, badallar va
boshqa to’lovlarni o’tkazish Jamg’arma daromadlarining belgilangan tasniflariga muvofiq
tushumlarning har bir turi bo’yicha Jamg’armaning banklardagi tegishli hisob raqamlari bo’yicha
amalga oshiriladi.
Jamg’arma daromadlarini shakllantirish, undirish, hisoblab chiqish va o’z vaqtida
to’lanishi va qonunchilikka rioya etilishi Davlat soliq qo’mitasi tomonidan amalga oshiriladi.
O’zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo’mitasi Jamg’armaning ijro etuvchi apparatiga:
Tushgan majburiy to’lovlar, badallar va to’lovlar to’g’risidagi, Jamg’armaga majburiy
ajratmalar, badallar va boshqa to’lovlar turlari bo’yicha qarzlar to’g’risidagi tezkor hisobotni har
oyda hisobot oyidan keyingi oyning 10-kunigacha. Majburiy to’lovlar, badallar va boshqa
to’lovlarni hisoblash va to’lash to’g’risidagi hisobotni yuridik shaxslar tomonidan choraklik va
yillik hisobot taqdim etilgandan keyin 15 kun mobaynida taqdim etadi. Budjetdan tashqari
Pensiya jamg’armasining soliq kodeksi bilan mustahkamlab qo’yilgan manbalar asosan yuridik
va jismoniy shaxlardan undiriladigan yagona ijtimoiy to’lovning belgilangan me’rorlardagi
miqdorlari, jismoniy shaxslardan undiriladigan sug’urta badallari hamda korxona va
tashkilotlarning oborotidan undiriladigan majburiy ajratmalardir.
Soliq Kodeksining 312- moddasiga ko’ra budjetdan tashqari Pensiya jamg’armasiga
majburiy ajratmalarni to’lovchilar quyidagilar hisoblanadi:
-
Yuridik shaxslar – O’zbekiston Respublikasi rezidentlari;
-
Oddiy shirkat ishlarni yuritish zimmasiga yuklatilgan (ishonchli shaxs) sherik
(ishtirokchi) – yuridik shaxs.
Mazkur Kodeksga ko’ra notijorat tashkilotlar (ularning tadbirkorlik faoliyatidan olingan
daromadlari bundan mustasno), yagona soliq to’lovini va (yoki) yagona yer solig’ini to’lovchi
yuridik shaxslar majburiy ajratmalar to’lashdan ozod etilgan.
Davlat budjeti belgilangan tartibda qabul qilingandan va kelgusi yil uchun uning asosiy
parametrlari tasdiqlangandan keyin Jamg’armaning ijro etuvchi apparati 5 kun muddatda
O’zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo’mitasiga Jamg’arma daromadlarining tasdiqlangan
asosiy parametrlarini, Jamg’armaning hududiy boshqarmalari va tuman (shahar) bo’limlariga -
turlar va mintaqalar bo’yicha kelgusi yilga Jamg’arma xarajatlarining asosiy parametrlarini
yuboradi.
Jamg’arma daromadlarining o’z vaqtida va to’liq shakllanishini Davlat soliq qo’mitasi
zimmasiga yuklatilgan bo’lsa, Pensiya fondining samarali, oqilona va adresli foydalanishini
uning hududiy boshqarmalari va tuman (shahar) bo’limlari a malga oshirishi belgilab qo’yilgan.
Barcha pul o’tkazmalari fondning banklardagi maxsus hisob raqamlari bo’yicha amalga
oshiriladi. O’zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo’mitasi va davlat soliq xizmatining hududiy
organlari manbalar turlari bo’yicha Jamg’armaga majburiy to’lovlar, badallar va boshqa
to’lovlarning to’g’ri hisoblanishini, to’liqligi va o’z vaqtida to’lanishini nazorat qiladi, manbalar
turlari va to’lovchilar bo’yicha jamg’armaga majburiy to’lovlar, badallar va boshqa to’lovlar
hisobi yuritilishini, yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan jamg’armaga majburiy to’lovlar,
badallar va boshqa to’lovlar to’g’ri hisoblanishini, shuningdek, jamg’arma bilan o’zaro hisob-
kitobning holati tekshirilishini, qonun xujjatlariga muvofiq majburiy to’lovlar, badallar va
boshqa to’lovlarni hisoblash tartibi va to’lash muddatlari buzilganligi uchun yuridik va jismoniy
shaxslarga nisbatan moliyaviy va ma’muriy javobgarlik choralari qo’llanilishini, yuridik shaxs
bo’lmasdan turib tadbirkorlik faoliyati bilan shug’ullanayotgan shaxslar va dehqon xo’jaliklari
a’zolari tomonidan to’langan badallarning miqdorlari to’g’risidagi ma’lumotlar taqdim etilishini
ta’minlaydi.Shu bilan birga Davlat soliq qo’mitasi Jamg’armaning ijro etuvchi apparatiga
tushgan to’lovlar, badallar to’g’risidagi tezkor hisobotni har oyda hisobot oyidan keying oyning
10-kunigacha, majburiy to’lovlar, badallar va boshqa to’lovlarni hisoblash va to’lash
to’g’risidagi hisobotni kerak shaxslar tomonidan choraklik va yillik hisobot taqdim etilganidan
keyin 15 kun mobaynida taqdim etadi.
Pensiya jamg’armasi daromadlari salmog’ining asosiy qismi Soliq qo’mitasi tomonidan
undiriluvchi majburiy to’lovlar hisobiga shakllantiriladi. Soliq kodeksining XV bo’lim 51-52
boblari Pensiya jamg’armasiga undiriluvchi majburiy to’lovlarga bag’ishlangan. 51 bob “Yagona
ijtimoiy to’lov va fuqarolarning budjetdan tashqari Pensiya jamg’armasiga sug’urta badallari”
deb nomlangan bo’lib yagona ijtimoiy to’lov va sug’urta badallari jamg’armaning asosiy
daromadlar manbai hisoblanadi. Yagona ijtimoiy to’lovni hisoblab chiqarish va to’lash tartibi
“Soliq Kodeksi” va “Yagona ijtimoiy to‘lovning eng kam miqdori kiritilishi munosabati bilan
yagona ijtimoiy to‘lovni hisoblab chiqarish va to‘lash tartibi to‘g‘risida”gi Nizomga muvofiq
hisoblab chiqariladi va to’lanadi.
YAIT to‘lovchilari YAITni O‘zbekiston Respublikasi Soliq
kodeksida
belgilangan
tartibda tegishli yil uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan belgilangan
stavka bo‘yicha, biroq:
-
fermer xo‘jaliklari har bir xodimi uchun oyiga minimal ish haqining 50 foizi
miqdoridan kam bo‘lmagan miqdorda;
-
mikrofirmalar va kichik korxonalar (fermer xo‘jaliklari bundan mustasno) har bir
xodimi uchun oyiga minimal ish haqining 65 foizi miqdoridan kam bo‘lmagan miqdorda;
-
qolgan to‘lovchilar har bir xodim uchun oyiga bir minimal ish haqidan kam
bo‘lmagan miqdorda YAIT hisoblashadi.
Hisoblab chiqarilgan YAIT summasi foyda solig‘i bo‘yicha soliq solinadigan foydani
aniqlashda O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining
145-moddasiga
muvofiq chegirib
tashlanadi, ammo YAITni hisoblab chiqarishning tartibi buzilgan hollar aniqlanganda, davlat
soliq xizmati organlari YAITning eng kam miqdoridan kelib chiqib, qonun hujjatlariga muvofiq
penya hisoblagan holda, YAITni qo‘shimcha hisoblaydilar. Bunda davlat soliq xizmati organlari
tomonidan qo‘shimcha hisoblangan YAIT summasi to‘lovchi ixtiyorida qoladigan foyda
hisobidan undiriladi va foyda solig‘ini hisoblab chiqarishda soliq solinadigan foydadan
chegirilmaydi.
YAIT hisoblab chiqarish va to‘lash uchun YAITning eng kam miqdorini to‘lovchilar
hisobot oyida xodimlarning haqiqatda ishlagan kunlaridan va belgilangan stavkalardan kelib
chiqqan holda jami korxona bo‘yicha YAITning eng kam miqdorini aniqlaydilar.
YAITning eng kam miqdori quyidagi formula asosida aniqlanadi:
Do'stlaringiz bilan baham: |