Pensiya ishi


-rasm. Davlat budjeti ko‘rsatkichlarining bajarilish darajasi, (YAIM ga nisbatan



Download 2,26 Mb.
Pdf ko'rish
bet28/212
Sana31.12.2021
Hajmi2,26 Mb.
#208913
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   212
Bog'liq
Davlat maqsadli va bujetdan tashqari jamgarmalar

2.4-rasm. Davlat budjeti ko‘rsatkichlarining bajarilish darajasi, (YAIM ga nisbatan 
foizda)
17
 
 
Prezidentimiz  o‘z  ma’ruzasida  o‘tgan  yilda  mamlakatimizda  soliq  yuki  sezilarli 
darajada  pasaytirilganiga  qaramasdan,  davlat  budjetining  daromadlar  qismi  bo‘yicha 
ko‘rsatkichlar  to‘liq  bajarilgani,  erishilgan  profitsit  yalpi  ichki  mahsulotga  nisbatan  0,3  foizni 
tashkil etganini ta’kidlab o‘tdi
18
 (5-rasm). 
4-rasmdan  ko‘rinadiki,  2000-2004  yillar  davomida  mamlakatimiz  davlat  budjeti 
taqchilligini  -1  foizdan  -0,4  foizga  pasaytirish,  2005-2008  yillar  davomida  esa  davlat  budjeti 
taqchilligiga barham berib, davlat budjeti profitsitini 0,1 foizdan 1,5 foizga oshirishga erishildi. 
Keyingi  yillarda  mazkur  jarayonlarga  ham  jahon  moliyaviy-iqtisodiy  inqirozi  o‘zining  salbiy 
ta’sirini  ko‘rsatishiga  qaramasdan,  budjet  profitsitini  saqlab  qolishga  erishilmoqda.  Xususan, 
2014  yilda  ham  maqsadga  muvofiq  yo‘naltirilgan  chora-tadbirlar  natijasida  budjet 
daromadlariningxarajatlardan  ortish  hajmi  YAIMning  0,2  foizi  darajasida  bo‘lishiga  erishildi. 
Umuman  olganda,  davlat  budjeti  sohasidagi  bunday  natijalarni  qo‘lga  kiritishda  mamlakatimiz 
iqtisodiyotini  bosqichma-bosqich  isloh  etish  va  erkinlashtirish,  ilgari  davlat  zimmasida  bo‘lgan 
bir  qancha  vazifalarni  xususiy  sektorga  o‘tkazish  orqali  davlat  budjeti  xarajatlarini 
optimallashtirish, yangi sanoat yo‘nalishlarining rivojlantirilishi hamda xususiy sektor moliyaviy 
holatining  mustahkamlanishi,  shuningdek,  uning  mamlakat  iqtisodiyotidagi  roli  va  ulushining 
ortishi kabi omillar sezilarli ta’sir ko‘rsatdi. Soliq yukini iqtisodiyotdagi tarkibiy o‘zgarishlarni 
e’tiborga  olgan  holda  kamaytirib  borish  o‘z  samarasini  berdi.  Milliy  bozorni  mahalliy  tovarlar 
                                                           
17
 O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika Qo‘mitasi ma’lumotlari asosida 
18
  “2015  yilda  iqtisodiyotimizda  tub  tarkibiy  o‘zgarishlarni  amalga  oshirish,  modernizatsiya  va  diversifikatsiya 
jarayonlarini  izchil  davom  ettirish  hisobidan  xususiy  mulk  va  xususiy  tadbirkorlikka  keng  yo‘l  ochib  berish  – 
ustuvor  vazifamizdir”  O’zbekiston  Prezidenti  Islom  Karimovning  mamlakatimizni  2014  yilda  ijtimoiy-iqtisodiy 
rivojlantirish  yakunlari  va  2015  yilga  mo‘ljallangan  iqtisodiy  dasturning  eng  muhim  ustuvor  yo‘nalishlariga 
bag‘ishlangan  Vazirlar  Mahkamasining  majlisidagi  ma’ruzasi.  19.01.2015  yil.-www.uza.uz-  internet  sayti 
ma’lumotlari asosida 


(xizmat,  ish)lar  bilan  to‘ldirayotgan,  eksportga  mahsulot  chiqarayotgan,  ichki  va  tashqi 
investitsiyalarni  ishlab  chiqarishga  jalb  qilayotgan,  shuningdek,  kichik  biznes  sub’ektlari 
shaklidagi  soliq  to‘lovchilarga  soliq  imtiyozlarining  kengaytirilishiga  qaramasdan,  yalpi  ichki 
mahsulot va davlat budjetining daromadlar hajmida yil sayin o‘sish ta’minlanmoqda. 
Investitsiya  dasturini  amalga  oshirishda  korxonalarning  o’z  mablag’lari  hisobidan 
yo’naltirilgan  to’g’ridan-to’g’ri  xususiy  investitsiyalarning  yildan-yilga  faol  ishtirok  etayotgani 
barchamizga alohida mamnuniyat bag’ishlaydi. Birgina o’tgan yilda bunday investitsiyalar hajmi 
10,3  foizga  o’sib,  4  milliard  300  million  dollarni  yoki  jami  investitsiyalar  hajmining  qariyb  30 
foizini tashkil etdi. O’tgan yili tijorat banklarining investitsiyaviy faoliyati ham kengaydi. Ular 
tomonidan  1  milliard  700  million  dollar  yoki  201  yilga  nisbatan  20  foiz  ko’p  investitsiyalar 
yo’naltirildi.  Jami  investitsiyalarning  73  foizdan  ortig’i  ishlab  chiqarish  sohasiga  va  qariyb  40 
foizi mashina va uskunalar xarid qilishga sarflandi.  
O’zbekistonda  amalga  oshirilayotgan  investitsiya  siyosatining  o’ziga  xos  xususiyati 
mahalliy xomashyo resurslarini chuqur qayta ishlashni ta’minlaydigan, yuqori texnologiyalarga 
asoslangan yangi ishlab chiqarishlarni tashkil etishga qaratilgan investitsiya loyihalariga ustuvor 
ahamiyat berilayotganida namoyon bo’lmoqda. 
2014  yilda  iqtisodiyotimizning  etakchi  tarmoqlarida  zamonaviy  yuqori  texnologiyalarga 
asoslangan  uskunalar  bilan  jihozlangan,  umumiy  qiymati  4  milliard  200  million  dollarga  teng 
bo’lgan  154  ta  yirik  ob’ekt  foydalanishga  topshirildi.  Ularning  qatorida  yiliga  60  mingta 
avtomobil  ishlab  chiqarish  quvvatiga  ega  bo’lgan  «Xorazm  avtomobil  ishlab  chiqarish 
birlashmasi» mas’uliyati cheklangan jamiyati bazasida «Damas» va «Orlando» rusumidagi engil 
avtomobillar  ishlab  chiqarishni  tashkil  qilish»,  «Jizzax  viloyatida  760  ming  tonna 
portlandtsement  yoki 350 ming tonna oq tsement ishlab chiqarishni yo’lga qo’yish»,  «80 ming 
tonna rux kontsentratini qayta ishlash bo’yicha rux zavodini rekonstruktsiya qilish», «Mis eritish 
zavodida yangi sulfat kislota tsexini qurish», elektr energiyasi ishlab chiqarish imkoniyatini 50 
megavattga  oshirish  maqsadida  «Sirdaryo  issiqlik  elektr  stantsiyasini  to’liq  miqyosda 
modernizatsiya  qilish»,  Qoraqalpog’iston  Respublikasidagi  «Mang’it»  mas’uliyati  cheklangan 
jamiyati  bazasida  yiliga  5  ming  tonna  mahsulot  chiqarish  quvvatiga  ega  bo’lgan  ip-kalava 
yigiruv korxonasi tashkil etish» va boshqa ob’ektlarni tilga olish mumkin. O’tgan yilda yiliga 25 
milliard  kub  metr  gazni  uzatish  imkonini  beradigan  Markaziy  Osiyo  –  Xitoy  gaz  quvurining  1 
ming  830  kilometr  uzunlikdagi  uchinchi  tarmog’i  ishga  tushirildi.  Investorlarga  keng  soliq 
imtiyozlari  va  preferentsiyalar  berilgan  «Angren»  maxsus  industrial  zonasi,  «Navoiy»  erkin 
industrial-iqtisodiy  zonasi,  «Jizzax»  maxsus  industrial  zonasining  tashkil  etilgani  yuqori 
texnologiyalarga  asoslangan  korxonalarni  rivojlantirish  imkonini  kengaytirdi.  Ushbu  zonalar 
uchun  zarur  tashqi  muhandislik  va  transport  infratuzilmasi  to’liq  respublikamiz  mablag’lari 
hisobidan  barpo  etilmoqda.  Yo’l-transport  infratuzilmasini  taraqqiy  ettirish  sanoatni  jadal 
rivojlantirish va uning salohiyatini oshirishga xizmat qilmoqda. 2014 yilda umumiy foydalanish 
uchun  mo’ljallangan  540  kilometr  avtomobil  yo’lini  qurish  va  rekonstruktsiya  qilish  ishlari 
yakunlandi.  116  kilometrdan  iborat  ikki  polosali  yo’l  kengaytirilib,  to’rt  polosali  qilib  qayta 
qurildi, bu esa o’z navbatida ushbu yo’llarda qatnovni 3 barobar oshirish imkonini berdi. 
19

Mamlakatimizda  Tiklanish  va  taraqqiyot  jamg‘armasining  tashkil  etilgani  chet  el 
investitsiyalarini jalb etishda ko‘p jihatdan muhim ahamiyat kasb etmoqda, desak, hech qanday 
mubolag‘a bo‘lmaydi. Jamg‘armaning asosiy vazifasi iqtisodiyotning etakchi tarmoqlari va yo‘l-
kommunikatsiya  sohasidagi  strategik  muhim  investitsiya  loyihalarini  xorijiy  sheriklar  bilan 
hamkorlikda  moliyalashda  faol  ishtirok  etishdan  iborat  ekani,  o‘ylaymanki,  sizlarga  yaxshi 
ma’lum. 
                                                           
19
  “2015  yilda  iqtisodiyotimizda  tub  tarkibiy  o‘zgarishlarni  amalga  oshirish,  modernizatsiya  va  diversifikatsiya 
jarayonlarini  izchil  davom  ettirish  hisobidan  xususiy  mulk  va  xususiy  tadbirkorlikka  keng  yo‘l  ochib  berish  – 
ustuvor  vazifamizdir”  O’zbekiston  Prezidenti  Islom  Karimovning  mamlakatimizni  2014  yilda  ijtimoiy-iqtisodiy 
rivojlantirish  yakunlari  va  2015  yilga  mo‘ljallangan  iqtisodiy  dasturning  eng  muhim  ustuvor  yo‘nalishlariga 
bag‘ishlangan  Vazirlar  Mahkamasining  majlisidagi  ma’ruzasi.  19.01.2015  yil.-www.uza.uz-  internet  sayti 
ma’lumotlari asosida 


Jamg‘arma  faoliyat  boshlaganidan  buyon  o‘tgan  qisqa  vaqt  mobaynida  15  milliard 
dollardan  ziyod  miqdordagi  aktivlarga  ega  bo‘lgan  qudratli  moliya  institutiga  aylandi. 
Jamg‘arma  o‘z  mablag‘lari  bilan  umumiy  qiymati  29  milliard  dollardan  ziyod  86  ta  strategik 
ahamiyatga molik investitsiya loyihasini hamkorlikda moliyalashtirishda ishtirok etmoqda. Faqat 
2013  yilning  o‘zida  Jamg‘arma  mablag‘lari  ishtirokida  qiymati  780  million  dollardan  ortiq 
bo‘lgan 33 ta o‘ta muhim loyiha amalga oshirildi
20

Ma’lumki,  biz  mamlakatimizdagi  ishlab  chiqarish  korxonalarini  modernizatsiya  qilish  va 
yangilash,  zamonaviy  innovatsiyalarga  asoslangan  va  yuksak  samarali  texnologiyalarni  joriy 
etish  bo‘yicha  o‘z  oldimizga  katta  maqsadlar  qo‘yganmiz.  Ularni  amalga  oshirishda  kerakli 
imtiyozlarga  ega  bo‘lgan  maxsus  industrial  zonalarni  tashkil  etish  yo‘lida  oxirgi  yillarda  biz 
ko‘pgina tajribalarga ega bo‘lmoqdamiz. 
Buning  amaliy  tasdig‘ini  «Navoiy»  va  «Angren»  maxsus  industrial  zonalari  faoliyati 
misolida ko‘rish mumkin. 
“Navoiy”  erkin  industrial-iqtisodiy  zonasi  tashkil  etilganidan  buyon  uning  hududida 
umumiy qiymati 100 million dollardan ziyod bo‘lgan 19 ta investitsiya loyihasi bo‘yicha ishlab 
chiqarish  korxonalari  ishga  tushirildi.  Jumladan,  yuksak  texnologiyalar  asosida  modem  va 
televizorlar  uchun  pristavkalar,  elektr  energiyani  elektron  hisoblagichlar,  yuqori  kuchlanishga 
chidamli kabellar, issiqlik va suv isitish qozonlari, mobil va statsionar telefon apparatlari, tayyor 
dori vositalari va boshqa turdagi mahsulotlar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi. 
2014  yilda  maxsus  zonadagi  korxonalar  tomonidan  qiymati  100  milliard  so‘mdan  ziyod 
mahsulot ishlab chiqarildi  va bu boradagi  o‘sish sur’ati 2012  yilga nisbatan  25,8 foizni tashkil 
etdi. 
“Angren”  maxsus  industrial  zonasi  hududida  qisqa  muddatda  umumiy  qiymati  qariyb  44 
million dollar bo‘lgan 5 ta loyiha asosida energiyani tejaydigan diodli  yorug‘lik lampalar, turli 
kattalikdagi  mis  quvurlar,  ko‘mir  briketlari  kabi  yuksak  texnologiyalar  asosidagi  mahsulotlar 
ishlab  chiqarish  yo‘lga  qo‘yildi.  Shuningdek,  shakar  ishlab  chiqarish  bo‘yicha  yangi  zavod  va 
boshqa korxonalar tashkil etildi. 
Ayni  shu  yo‘nalishda  to‘plangan  tajribani  hisobga  olib,  o‘tgan  yilning  mart  oyida  Jizzax 
viloyatida  “Jizzax”  maxsus  industrial  zonasi  tashkil  etilgani  sizlarga  yaxshi  ma’lum.  Sirdaryo 
viloyatida bu zonaning filiali faoliyat ko‘rsatishi ko‘zda tutilgan.Bugungi kunda “Jizzax” maxsus 
industrial  zonasi  hududida  transport,  ishlab  chiqarish  va  muhandislik-kommunikatsiya 
infratuzilmasini jadal rivojlantirish bo‘yicha faol ishlar olib borilmoqda. 
O‘tgan  yilning  o‘zida  mazkur  zona  hududida  Xitoy  kompaniyalari  ishtirokida  100  ming 
dona  mobil  telefon  ishlab  chiqarish,  shuningdek,  chorva  mahsulotlarini  qayta  ishlash  va  ozuqa 
tayyorlash bo‘yicha umumiy qiymati qariyb 6 million dollar bo‘lgan dastlabki 3 ta loyiha amalga 
oshirildi. 
Mazkur  loyihalarni  amalga  oshirish  uchun  o‘tgan  yili  Respublika  yo‘l  jamg‘armasi  va 
xalqaro moliya institutlarining 565 million dollar qiymatidagi mablag‘lari jalb etildi. 
 
Prezidentimiz  ma’ruzalarida  aytilgan  yuqorida  keltirilgan  jumlalarning  o‘zi  bugungi 
kunda milliy iqtisodiyotimizni rivojlanishida jamlanma budjetning ahamiyati nechog‘liligi dalil 
berib turibdi. 
Albatta yuqoridagi keltirilgan jamlangan budjet tizimining milliy iqtisodiyotdagi tutgan 
o‘rnini  uning  yillar  davomidagi  ijrosi  bilan  ham  bog‘lasa  bo‘ladi,  buni  biz  tadqiqotimizning 
keyingi bobida tahlil etamiz. 
 

Download 2,26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   212




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish