N
Nafaqa – muhtoj odamlarga davlat, korxona, muassasa va ayrim shaxslar tomonidan
beriladigan yordam puli. O’zbekiston Respublikasida mehnat stajiga ko’ra beriladigan pensiyadan
farqli holda nafaqa davlat tomonidan, asosan, bolalikdan nogiron, yolg’iz qariya va yolg’iz
nogironlarga, mehnatga vaqtinchalik qobiliyatsizlarga, homilador va tuqqan ayollarga, 3
yoshgacha bo’lgan bolalari tarbiyasi bilan band bo’lgan ayollarga, ishsizlarga, kam ta’minlangan
va ko’p bolali oilalarga beriladi.
Nogironlik, invalidlik – kasallik, shikastlanish, mayib-majruhlik, baxtsiz hodisalar tufayli
butunlay yoki ma’lum muddat mehnat qobiliyatini yo’qotish. Jismoniy yoki aqliy nuqsonlari
borligi sababli ijtimoiy yordam va himoyaga muhtoj shaxs nogiron hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |