1. Davlat maqsadli va budjetdan tashqari fondlarning ijtimoiy-iqtisodiy mazmuni
va mohiyati
Ijtimoiy va iqtisodiy siyosat muvozanati o’zida jamiyatning rivojlanish maqsadi va unga
erishish tadbirlari muvofiqligini mujassamlashtiradi. Bu muvozanatning aniq shakli fond va
iste’mol, iqtisodiy samaradorlik va ijtimoiy adolat, iqtisodiy rivojlanishning turli modellararo
o’zaro muvozanatida yaqqol ko’rinadi.
O’zbekiston Respublikasida aholining yuqori turmush darajasini ta’minlash va kuchli
ijtimoiy siyosatni amalga oshirishga asoslangan huquqiy demokratik jamiyat qurish kabi
maqsadli vazifa qo’yilar ekan, bunda davlatning maqsadli fondlarining hozirgi va istiqboldagi
rivojlanishining xususiyatlarini hisobga olishimiz kerak.
O’zbekistonda bozor iqtisodiyotini erkinlashtirish bosqichida va islohotlarning
chuqurlashuvi sharoitida kuchli ijtimoiy siyosatni amalga oshirish yangicha amaliy va samarali
shakllarni qo’llashni talab etadi. Jahon tajribasining ko’rsatishicha, davlatning maqsadli fondlari
tizimi faoliyatini yo’lga qo’yish va undan samarali foydalanish kuchli ijtimoiy siyosatni amalga
oshirishda muhim o’rin tutadi.
Respublikamizdagi islohotlarning barcha bosqichlarida ijtimoiy siyosatning asosiy
yo’nalishlari bo’yicha maqsadli fondlar shakllantirildi. Albatta, shu kungacha bu fondlarining
amal qilishi aholini ijtimoiy himoyalashning jamiyatimiz boyligiga aylangan yutuqlariga hissa
bo’lib qo’shilmoqda. Endilikda ijtimoiy siyosatning yangi bosqichi talablariga muvofiq, ob’ektiv
ravishda maqsadli fondlar sonini ko’paytirish va ularning barchasini amal qilish samaradorligini
oshirishga tobora ko’proq e’tibor qaratilmoqda.
Hozirgi kunda mamlakat moliya tizimi oldiga qo’yilgan muhim vazifalardan biri Davlatning
maqsadli fondlari faoliyatidan samarali foydalanish hisoblanadi.
Hozirgi sharoitda davlat maqsadli fondlarining o’rni va roli juda muhimdir. Chunki, Davlat
byudjeti daromadlari va xarajatlarini samarali boshqarishda, aholi turmush darajasini oshirishda,
ishlab chiqarishni rag’batlantirishda bevosita Davlat byudjeti bilan birga Davlatning maqsadli
fondlarining dan ham foydalaniladi.
Bozor iqtisodiyotiga o’tish sharoitida ishlovchilar, korxonalar, davlat va jamiyat
manfaatining yangi munosabatiga xos ijtimoiy himoyaning shakl va mexanizmlarini yaratish
zarurati kelib chiqdi. Davlat bu fondlarining mablag’lari bilan ishlab chiqarish jarayoniga
aralashadi, tashkilot va muassasalarga kreditlar va subsidiyalar beradi. Ijtimoiy siyosat chora-
tadbirlarini moliyaviy ta’minlaydi, shuningdek, aholiga ijtimoiy xizmatlar ko’rsatadi. Davlatning
maqsadli fondlarning izchil faoliyati natijasida aholi kuchli ijtimoiy himoya qilinishi bilan birga,
iqtisodiyotning boshqa tarmoqlari ham rivojlantiriladi.
Ayni paytda Davlatning maqsadli fondlari nafaqat davlatning daromadlar bazasini
ta’minlashi va kelib tushgan pul mablag’larini xarajat qilishi lozim, balki jamiyatda
makroiqtisodiy barqarorlikni hamda aholining optimal bandligini ham ta’minlashi zarur. Chunki,
O’zbekistonda ijtimoiy yo’naltirilgan bozor iqtisodiyotini shakllantirish maqsadida amalga
oshirilayotgan iqtisodiy islohotlardan ko’zlangan maqsad aholi turmush farovonligini
yaxshilashdir.
Bizga ma’lumki, nar bir jamiyat o’zining milliy, madaniy, tarixiy qadriyatlariga asosan
mehnatga qobiliyatsiz aholi qatlamini, vaqtinchalik ishsiz aholi qatlamini himoya qilishni va
boshqa vazifalarni o’z bo’yniga oladi. Jahon tajribasidan ko’rinadiki, ushbu maxsus davlat
maqsadli funktsiyalarini davlat byudjetidan amalga oshirish hamma vaqt ham samarali emas.
Qoidaga ko’ra, inqirozlar, yuqori inflyatsiya, ijtimoiy va siyosiy larzalar sharoitida ushbu
funktsiyalarni davlat byudjetidan moliyalashtirish samarasining pasayishini kuzatish mumkin.
Davlat byudjeti o’zining daromadlarini aniq xarajatlariga biriktirilmasligi hisobiga
mablag’larning moslashishiga ko’mak beradi. Ammo xarajat moddalari bo’yicha mablag’larning
ortiqroq yo’naltirishga erishmaslik lozim, xususan bunda ijtimoiy talablar maxsus e’tiborni talab
etadi, chunki hamma vaqt ushbu maqsadlar uchun xarajatlarni kamaytirishdek xavf mavjud
bo’ladi. Shuning uchun ham rivojlanishning eng muhim yo’nalishlarini aniqlash va mablag’larni
maqsadli ishlatilishi va yo’naltirilishi ta’minlash muhim ahamiyat kasb etadi.
Yuqoridagi holatlar maqsadli umumdavlat vazifalarini moliyalashtirishda tegishli
Davlatning maqsadli fondlarini tashkil etish uchun asos bo’ldi.
Ushbu vazifalarni amalga oshirish uchun ikki usuldan foydalanish mumkin:
•
ma’lum maqsadli qismini davlat yoki mahalliy byudjetlardan ajratish;
•
hukumat qarorlariga asosan aniq maqsadli yangi Davlatning maqsadli fondlarini tashkil
etish.
Iqtisodiy rivojlanishning hozirgi bosqichida ikkala usuldan ham foydalanilmoqda.
Davlatning maqsadli fondlarining byudjet paydo bo’lishidan ancha avval vujudga kelgan.
Ularning paydo bo’lishi davlat faoliyatining kengayishiga yangi xarajatlar va tegishli ravishda
ularni amalga oshirishga zarur bo’lgan qo’shimcha mablag’lar bilan bog’liq. Davlat
fondlariningsoni doim o’zgarib turgan, ular asosan vaqtinchalik xususiyatga ega, maxsus fondlar
yoki alohida hisob varaqlar ko’rinishida bo’lgan va ularni boshqarish uchun qo’shimcha
mablag’lar talab etilgan.
Hozirgi sharoitlarda Davlatning maqsadli fondlari aktualligi saqlanib qolmoqda, ayniqsa
o’tish davri iqtisodiyotiga ega mamlakatlarda va iqtisodiy tangliklar davrida. Chunki:
• bu fondlar byudjet bilan birgalikda davlatning iqtisodiyotga aralashuviga imkon beradi va
tadbirkorlikni moliyaviy qo’llab-quvvatlashni ta’minlaydi;
• Davlatning maqsadli fondlariningmaqsadli xarakteri va maqsadi ularning mablag’laridan
samarali foydalanishni davlat tomonidan nazorat qilishni yengillashtiradi;
• ma’lum bir hollarda (faol saldo mavjudligi) fondlarining mablag’lari byudjet taqchilligini
qoplash uchun jalb qilinishi mumkin.
Davlatning maqsadli fondlarining tashkil etishning maqsadi jamiyat uchun muhim bo’lgan
xarajatlarni byudjet mablag’laridan tashqari mustaqil manbalar hisobidan ta’minlashdir.
Davlatning maqsadli fondlarining davlat moliyasi tarkibining muhim bo’g’ini sifatida davlat
jamlanma byudjeti tarkibida muhim o’rinni egallaydi.
Moliya tizimining bo’g’inlari: umumdavlat moliyasi, moliya bozori, sug’urta va xo’jalik
sub’ektlari moliyasi tarkibida asosiy o’rin umumdavlat moliyasi bo’lib, uning tarkibi jamlanma
byudjet yoki konsolidatsiyalashgan byudjetdan tashkil topadi. Jamlanma byudjet tarkibida
davlat byudjeti va davlatning maqsadli fondlari birlashadi.
Davlatning maqsadli fondlariningdavlat tomonidan jamiyat extiyojlarini va mustaqil
kompleks ravishda xarajat kilish uchun jalb etilgan mablag’larni qayta taqsimlash va ulardan
foydalanish bilan bog’liq munosabatlardir.
Do'stlaringiz bilan baham: |