Boquvchisini yo’qotganlik pensiyasi – pensiya jamg’armasi mablag’i hisobidan har oyda
beriladigan to’lovlardan iborat bo’lib, uning miqdori vafot etgan boquvchining ish haqiga, uning
qaramog’ida bo’lib kelgan mehnatga qobiliyatsiz oila a’zolari soniga bog’liq. Vafot etgan
boquvchining qaramog’ida bo’lgan mehnatga qobiliyatsiz oila a’zolari boquvchisini yo’qotganlik
pensiyasi olish huquqiga ega bo’ladi. Bunda farzandlarga va qonunda belgilangan shaxslarga
pensiya ular boquvchining qaramog’ida turgan-turmaganidan qat’i nazar tayinlanadi;
Do'stlaringiz bilan baham: |