Pensiya ishi


-rasm. Turli davlatlarning davlat tuzilishi shakllari xususiyatlari



Download 0,95 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/46
Sana23.06.2021
Hajmi0,95 Mb.
#99107
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   46
Bog'liq
ozbekiston respublikasining konsolidatsiyalashgan byudjeti va uning milliy iqtisodiyotni rivojlantirishdagi orni

5-rasm. Turli davlatlarning davlat tuzilishi shakllari xususiyatlari

13

 

 

Davlat maqsadli jamg’armalariga: O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 



huzuridagi  byudjetdan  tashqari  Pensiya  jamg’armasi;  O’zbekiston  Respublikasi 

Moliya  vazirligi  huzuridagi  Respublika  yo’l  jamg’armasi;  Davlat  mulkini 

xususiylashtirishdan tushgan mablag’lar jamg’armasi; O’zbekiston Respublikasining 

Bandlikka  ko’maklashish  davlat  jamg’armasi;  O’zbekiston  Respublikasi  Moliya 

vazirligi huzurida byudjetdan tashqari ta’lim va tibbiyot muassasalarining moddiy-

texnik  bazasini  rivojlantirish  jamg’armasi;  O’zbekiston  Respublikasi  Moliya 

vazirligi  huzuridagi  Sug’oriladigan  yerlarning  meliorativ  holatini  yaxshilash 

jamg’armasi tegishlidir. 

O’zbekiston  Respublikasining  Tiklanish  va  taraqqiyot  jamg’armasi 

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi moliyaviy muassasadir va 

u  ustuvor  investitsiya  loyihalarini  hamda  iqtisodiyotning  bazaviy  tarmoqlarini 

modernizatsiya  qilish  va  texnik  jihatdan  qayta  jihozlashga,  mamlakatni  muttasil, 

barqaror  va  mutanosib  ravishda  ijtimoiy-iqtisodiy  rivojlantirishga  erishilishiga, 

shuningdek,  samarali  tarkibiy  va  investitsiya  siyosati  amalga  oshirilishiga  doir 

loyihalarni moliyalashtirish qonunchilikda belgilangan mablag’larni jamlaydi. 

O’zbekiston  Respublikasining  Tiklanish  va  taraqqiyot  jamg’armasini 

boshqarish  Kengashi  O’zbekiston  Respublikasi  Tiklanish  va  taraqqiyot 

                                                           

13

 Nurmuxamedova B. Moliya. O’quv qo’llanma. – T.: “IQTISOD-MOLIYA”, 2014. 114-b. 



Konfederativ 

davlat 


Unitar  

davlat 


Federativ 

davlat 


Ma’lum siyosiy 

mustaqillikka ega 

bo’lgan davlatlar 

ittifoqi 

Davlat hududida federativ 

birliklar bo’lmagan, lekin 

ma’muriy-hududiy 

birliklari mavjud bo’lgan 

davlat tuzilishi 

Bir necha davlat 

tuzilmalari birlashib

yagona ittifoq 

davlatini tashkil 

qiluvchi davlat 

tuzilishi 

Davlat tuzilishi shakllari 




12

 

 



jamg’armasining  yuqori  boshqaruv  organi  bo’lib,  uning  tarkibi  O’zbekiston 

Respublikasi Prezidentining qarori bilan belgilanadi. 

O’zbekiston  Respublikasi  Tiklanish  va  taraqqiyot  jamg’armasining  ijro 

etuvchi  direksiyasi  O’zbekiston  Respublikasi  Tiklanish  va  taraqqiyot 

jamg’armasining ijro etuvchi organi va mablag’larini taqsimlovchidir.  

Davlat  byudjeti  daromadlari:  soliqlar  va  boshqa  majburiy  to’lovlar;  davlat 

aktivlarini  joylashtirish,  foydalanishga  berish  va  sotishdan  olingan  daromadlar; 

meros,  hadya  huquqi  bo’yicha  davlat  mulkiga  o’tgan  pul  mablag’lari;  yuridik  va 

jismoniy  shaxslardan,  shuningdek,  chet  davlatlardan  tushadigan  qaytarilmaydigan 

pul  tushumlari;  rezident-yuridik  shaxslarga  berilgan  byudjet  ssudalarini  va  chet 

davlatlarga ajratilgan kreditlarni to’lash hisobidan to’lovlardan iborat. 

Davlat  maqsadli  jamg’armalarining  daromadlari  mazkur  jamg’armalar 

faoliyat  yo’nalishi  va  xususiyatlaridan  kelib  chiqadi.  Masalan, byudjetdan  tashqari 

Pensiya  jamg’armasining  daromadlari:  yagona  ijtimoiy  to’lovning  belgilangan 

miqdordagi  tushumlari;  fuqarolarning  sug’urta  badallari;  majburiy  ajratmalar; 

boshqa daromadlar hisobidan shakllantiriladi.  

O’zbekiston  Respublikasi  Moliya  vazirligi  huzuridagi  Respublika  yo’l 

jamg’armasining daromadlari: Respublika yo’l jamg’armasiga majburiy ajratmalar; 

Respublika  yo’l  jamg’armasiga  yig’imlar;  vaqtinchalik  bo’sh  turgan  mablag’larni 

joylashtirishdan  olingan  daromadlar;  qonun  hujjatlariga  muvofiq  boshqa  manbalar 

hisobidan shakllantiriladi. 

Davlat  mulkini  xususiylashtirishdan  tushgan  mablag’lar  jamg’armasining 

daromadlari  esa  davlat  mulki  bo’lgan  korxonalarni,  xo’jalik  jamiyatlarining  ustav 

jamg’armalaridagi aktsiyalarni (ulushlarni), yer uchastkalari va boshqa mol-mulkni 

realizatsiya qilish, ustav jamg’armalarida davlat ulushi bo’lgan xo’jalik jamiyatlarini 

tugatishdan tushgan tushumlar hamda qonun hujjatlariga muvofiq boshqa manbalar 

hisobidan shakllantiriladi. 

O’zbekiston  Respublikasi  Tiklanish  va  taraqqiyot  jamg’armasining 

daromadlari:  asosiy  makroiqtisodiy  ko’rsatkichlar  prognozi  va  Davlat  byudjeti 

parametrlarini  tasdiqlashda  O’zbekiston  Respublikasi  Prezidenti  qarorlari  bilan 




13

 

 



strategik  resurslarga  belgilanadigan  chegara  narxidan  jahon  narxining  oshishi 

natijasida  tushadigan  tushumlar;  O’zbekiston  Respublikasi  Tiklanish  va  taraqqiyot 

jamg’armasining  aktivlarini  boshqarishdan,  shu  jumladan,  O’zbekiston 

Respublikasining Tiklanish va taraqqiyot jamg’armasi mablag’larining bo’sh turgan 

qoldiqlarini  joylashtirishdan  olinadigan  daromadlar;  qonun  hujjatlariga  muvofiq 

boshqa manbalar hisobidan shakllantiriladi. 

Iqtisodiyotni  modernizatsiyalash  sharoitida  davlat  byudjeti  bilan  bir  qatorda, 

davlatning 

maqsadli 

jamg’armalarining 

mamlakatni 

ijtimoiy-iqtisodiy 

rivojlantirishdagi 

ahamiyati 

yanada 

ortib 


bormoqda. 

Quyidagi 

jadval 

ma’lumotlaridan  ko’rinib  turibdiki,  jami  markazlashgan  jamg’armalar  tarkibida 

davlat byudjeti daromadlarining salmog’i o’rtacha 60,5 – 61,0 foizni tashkil etgan. 

Bu,  o’z  navbatida,  davlat  fiskal  siyosatida  davlat  byudjeti  markaziy  o’ringa  ega 

ekanini tasdiqlaydi.  


Download 0,95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   46




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish