(Supparannuation)
investitsiyalar orqali
shakllangan bo‘lsa, AQSH ijtimoiy himoyasi AQSH g‘azna obligatsiyalariga
kiritilgan investitsiyalar hisobiga shakllanadi . To‘liq fondlashtirilgan tizimda
fuqaro o‘zi uchun kelajakdagi pensiya manbalariga ega bo‘ladi. Fuqaroning har
bir ajratmasi aniq bir bank yoki shu bilan shug‘ullanuvchi tashkilot
hisobraqamiga kelib tushadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezedenti I. Karimov ta’kidlaganlaridek,
keksalarimizga ko‘rsatilayotgan maxsus yordamlar, ularning moddiy, ijtimoiy,
maishiy ta’minotini yaxshilashga qaratilgan ishlarimiz bilan birga, ular
yashayotgan xonadonlar, mahallalar, qishloq va shaharlarimizni obod va farovon
qilish borasidagi faoliyatimiz va ularning amaliy samarasi, hech shubhasiz,
keksalarimizning hayotini yanada mazmunli va fayzli qilishga qaratilgani bilan
alohida e’tiborlidir. «Bu borada birinchi navbatda yolg‘iz qariyalar, pensioner va
nogironlarni ijtimoiy muhofaza qilish tizimini yanada mustahkamlash va
rivojlantirishning davlat dasturi qabul qilingani va bu yo‘nalishda 5-6 yilga
mo‘ljallab rejalashtirilgan ishlarimiz ayniqsa e’tiborga sazovor, deb
hisoblayman»
1
. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimov ijtimoiy
jamg‘armalar xususida aholining ijtimoiy himoyalashning amaldagi mexanizmini
tanqidiy baholash va mustahkamlash, uning aniq toifadagi kishilarga
qaratilishini kuchaytirish lozim bo‘ladi, bu ishlarning hammasiga davlatning
maqsadli jamg‘armalari mablag‘larini keng jalb etish lozim, deb alohida
ta’kidlab o‘tganlar. Shunday ekan davlatning maqsadli jamg‘armalari mablag‘lari
fuqarolarining ijtimoiy hayotini yanada yaxshilashga qaratilganligi dolzarb
masala ekanligini qayd qilish lozim. Fuqarolarning pensiyalar bilan ta’minlashga
oid munosabatlar qonunlar vositasida tartibga solinishi yanada takomillashtirilishi
1
Karimov I. Asosiy vazifamiz – jamiyatimizni isloh etish va demokratlashtirish, mamlakatimizni modernizatsiya
qilish jarayonlarini yangi bosqichga ko‘tarishdan iborat. O‘zbekiston Respublikasi Prezedenti I. Karimovning
O‘zbekiston Respublikasi Konstituttsiyasining 23 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi ma’ruzasi. \\ Xalq
so‘zi. 2015 yil. 5 dekabr.
54
lozim. “Fuqarolarga pensiya tayinlashning amaldagi tizimini takomillashtirishni,
mavjud ijtimoiy himoya tizimining samaradorligini oshirishni davrning o‘zi
taqozo qilmoqda. Pensiya ta’minotining xususiylashtirish dasturi iqtisodiyotga
investitsiyalarning ichki imkoniyatlarini taqdim etadi. Aynan, moliya sohasida
pensiya islohotlariga ehtiyoj va iqtisodiy islohotlarning kengaytirilgan sohasi
kesishadi. Kapital bozori rivojlanishi, pensiya fondlari pullarini investitsiya
qiladigan moliyaviy dastaklarini taqdim etish uchun juda muhim. Shu tarzda
iqtisodiyotga investitsiyalarni yo‘naltirish jarayonida davlat, jamg‘arilgan va
xususiy pensiya ta’minotini moliyalashtirish maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Jamg‘arib boriladigan pensiya fondining investitsion faolligini oshirish
uchun quyidagi tadbirlarni amalga oshirish lozim:
–
Jamg‘arma mablag‘larining ishonchli moliyaviy instrumentlarga
joylashtirilayotganligi ustidan nazoratni olib borish va maslahatlarni berish
yuqori bilimga ega moliya bozori professional ishtirokchilariga yuklatilishi lozim.
–
Aholi jamg‘arib boriladigan pensiya tizimi to‘g‘risida etarli bilimga ega
bo‘lishi uchun ommaviy axborot vositalarida, korxona, tashkilotlar va mahalla
fuqarolar yig‘inlarida tushuntirish va targ‘ibot ishlarini kuchaytirish lozim.
–
Jamg‘arib boriladigan pensiya ta’minoti tizimi mablag‘lari fuqarolarni
ixtiyoriy pensiya badallari hisobiga ham shakllanishini inobatga olib, ixtiyoriy
pensiya badallarini rag‘batlantirish maqsadida, jamg‘arib boriladigan pensiya
hisob varaqalariga to‘langan badal summalari respublikada ish haqi miqdori
oshirilgan holatlarda mutanosib ravishda oshirib borilishi lozim.
55
Do'stlaringiz bilan baham: |