41
tomonidan kafolatlangan tayanch pensiya. Bunday tizimda mehnat pensiyasi
kamida 5 yillik ish stajiga ega bo‘lganlarga tayinlanadi. Sug‘urta stajining yakka
(shaxsiy) tartibda hisobga olish tizimi joriy etilgunga
qadar har yili uchun
qo‘shimcha to‘lovlar. Yakka tartibdagi hisobvaraqlari joriy etilgandan so‘ng har
bir sug‘urtalanuvchining shaxsiy hissasiga qarab hisoblanadigan sug‘urta
pensiyasi, ya’ni bu pensiya jamg‘arilgan sug‘urta badallarini va pensiya olish
huquqini qo‘lga kiritish vaqtida taxminiy o‘rtacha umr ko‘rish muddatini hisobga
olgan holda tayinlanadi.
Qozogiston Respublikasida byudjetdan tashqari fondlarni shakllantirish bilan
mamlakat
iqtisodiyotini tartiblash, tashqi iqtisodiy faoliyatni yaxshilash, ilmiy
tadqiqot ishlarini rivojlantirish hamda aholiga ijtimoiy
nafaqa va pensiyalarni
to‘lash imkoniyati yaratildi. Qozog‘iston Respublikasida ijtimoiy fondlarga
byudjetdan tashqari fondlar maqomi berilgan. Qozog‘iston Kozogiston
Respublikasi hukumati va Qozog‘iston Respublikasi
Prezidentining qonun
hujjatlari bilan tasdiqlanadi. Qozog‘iston Respublikasi Pensiya fondi pensiya
ta’minotini moliyaviy boshqarish maqsadida tashkil qilingan,
mustaqil moliya-
kredit tashkiloti hisoblanadi. Qozog‘iston Respublikasining jamg‘arib boriladigan
pensiya fondi Qozog‘iston Respublikasining qonun hujjatlarida belgilangan
tartibga muvofiq, pensiya vznoslarini yig‘ish va pensiyalarni to‘lash bo‘yicha
faoliyat olib boradigan, shuningdek, pensiya aktivlarini investitsion boshqaradigan
yuridik shaxs hisoblanadi. Qozog‘iston Respublikasining jamg‘arib boriladigan
pensiya fondi majburiy vznoslarni to‘playdi, fondning
investitsion portfelini
shakllantirish uchun mablag‘larni turli qimmatli qog‘ozlarga joylashtiradi. Xorijiy
mamlakatlarda pensiyalarni to‘lash tajribalarini o‘rganish asosida soha
samaradorligining ortishi, tezkor va
aniq hisobotlar shakllanishi, pensiya
tayinlanishi va to‘lanishida inson omilini kamaytirish orqali jamg‘arma
mablag‘larining maqsadli sarflanishi ustidan nazoratni kuchaytirishga xizmat
qiladi albatta.
O‘zbekistonda fuqarolarning davlat kafolatlarini moliyaviy ta’minlash
uchun Pensiya jamg‘armasi tashkil etilib daromadlari majburiy to‘lovlar va
42
badallar, yagona ijtimoiy to‘lov tushumlari, alohida yuridik shaxslarning ijtimoiy
sug‘urta
badallari, fuqarolarning sug‘urta badallari, jismoniy shaxslar ayrim
toifalarining sug‘urta badallari, majburiy ajratmalar shakllantiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: