Pensiya ishi darslik i-qism toshkent-2020 Rustamov D. R., Tursunov J. P., Beknazarov Z. E


-BOB. HARBIY XIZMATCHILAR DAVLAT PENSIYA TA’MINOTINING XUSUSIYATLARI



Download 2,13 Mb.
bet92/154
Sana18.02.2022
Hajmi2,13 Mb.
#451241
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   154
Bog'liq
Pensiya-ta minoti

15-BOB. HARBIY XIZMATCHILAR DAVLAT PENSIYA TA’MINOTINING XUSUSIYATLARI
15.1. Harbiy xizmatchilar pensiya ta’minotining me’yoriyhuquqiy asoslari
Harbiy xizmatchilarning pensiya ta’minoti tizimi quyidagi qonun va qonunosti hujjatlar bilan tartibga solinadi:

      • O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi;

      • O’zbekiston Respublikasining “Fuqarolarning davlat pensiya

ta’minoti to’g’risida”gi Qonuni;

      • O’zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirining “Xizmat majburiyatlarini bajarayotganda harbiy xizmatchilar (harbiy xizmatga majburlar) halok bo’lgan yoki tan jarohati olgan holda bir yo’la to’lanadigan nafaqani to’lash tartibi to’g’risidagi yo’riqnomani tasdiqlash haqida” 2010-yil

5-avgustdagi 430-son buyrug’i;

      • O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Mudofaa vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati va Davlat bojxona qo’mitasining 27, 26, 2, 84, 126, 01-02/5-31-sonli qarori asosida tasdiqlangan va O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2011-yil 30-aprelda 2222-son bilan davlat ro’yxatidan o’tkazilgan “Ishlovchi pensionerlarga pensiya to’lash tartibi to’g’risidagi Nizom”.

Yuqoridagi yo’riqnoma xizmat majburiyatlarini bajarayotgan harbiy xizmatchilar (harbiy xizmatga majburlar) halok bo’lgan yoki tan jarohati olgan holda bir yo’la to’lanadigan nafaqani (keyingi o’rinlarda nafaqa deb yuritiladi) to’lash tartibini belgilaydi.
Yo’riqnomaga O’zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining quyidagi harbiy xizmatchilariga (harbiy xizmatga majburlarga) nisbatan qo’llaniladi:

      • muddatli harbiy xizmatni o’tayotganlarga;

      • safarbarlik chaqiruvi rezervida harbiy xizmatni o’tayotganlarga;

      • kontrakt bo’yicha harbiy xizmatni o’tayotganlarga;

      • rezervchilar sifatida harbiy xizmatni o’tayotganlarga;

      • O’zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining oliy harbiy ta’lim muassasalarida kursant (tinglovchi) sifatida harbiy xizmatni o’tayotganlarga.

Harbiy xizmatchi harbiy xizmat majburiyatlarini bajarayotganda halok bo’lgan holda, ularning oila a’zolariga marhum pul ta’minotining 50 barobarigacha bo’lgan miqdorda nafaqa to’lanadi.
Harbiy xizmatchi harbiy xizmat majburiyatlarini bajarayotganda tan jarohati olganda, ularga nafaqa:

      • og’ir tan jarohati olganda – pul ta’minoti oylik maoshining 25 barobarigacha bo’lgan miqdorda;

      • o’rtacha og’ir tan jarohati olganda – pul ta’minoti oylik maoshining 10 barobarigacha bo’lgan miqdorda to’lanadi.

Shuningdek, ishlayotgan harbiylarga pensiyalar quyidagi tartiblarda to’liq miqdorlarda (100 foiz) to’lanadi:

      • urush nogironlari va qatnashchilariga, shuningdek ularga tenglashtirilgan shaxslarga. Urush nogironlari va qatnashchilariga tenglashtirilgan shaxslar ro’yxati O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 8 sentyabrdagi 252-son (O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to’plami, 2011 y., 37-son, 377-modda) qarori bilan tasdiqlangan Davlat pensiyalarini tayinlash va to’lash tartibi to’g’risidagi nizomning 1 va 2-ilovalarida belgilab berilgan;

      • Ikkinchi jahon urushi yillarida harbiy xizmatni o’tagan yoki front orqasida ishlagan shaxslar;

      • I va II guruh nogironlari;

      • Chernobil halokatidan ziyon ko’rgan fuqarolar. Chernobil halokatidan ziyon ko’rgan fuqarolar doirasi O’zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi rayosati va O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining 1992 yil 6 apreldagi 170-sonli “Chernobil halokatidan ziyon ko’rgan O’zbekiston Respublikasida istiqomat qiluvchi fuqarolarni ijtimoiy himoyalash haqida”giqaroridabelgilangan.

      • Fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo’yicha respublika kengashi va uning Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar hududiy kengashlari raislarining birinchi o’rinbosarlari va o’rinbosarlari hamda fuqarolar yig’inlari va mahallalarning raislariga;

      • fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlarida diniy ma’rifat va ma’naviy-axloqiy tarbiya bo’yicha maslahatchi lavozimlarida ishlovchi pensioner ayollarga – yoshga doir pensiyani olganda.

      • O’zbekiston faxriylarining ijtimoiy faoliyatini qo’llab-quvvatlash “Nuroniy” jamg’armasining barcha xodimlariga.

Qolgan barcha ishlovchi pensionerlarga ularga tayinlangan pensiyaning 50 foiz miqdorida pensiyalar to’lanadi.

Download 2,13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   154




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish