Pensiya ishi darslik i-qism toshkent-2020 Rustamov D. R., Tursunov J. P., Beknazarov Z. E


-rasm. Pensiya miqdorining tarkibi



Download 2,13 Mb.
bet38/154
Sana18.02.2022
Hajmi2,13 Mb.
#451241
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   154
Bog'liq
Pensiya-ta minoti

4.2-rasm. Pensiya miqdorining tarkibi
Ushbu Qonun bilan pensiyalarning quyidagi tayanch miqdorlari belgilanadi:

  1. yoshga doir pensiya uchun – pensiyani hisoblab chiqarish uchun (31 va 33-moddalar) olinadigan o‘rtacha oylik ish haqining 55 foizi, lekin rasmiy belgilangan yoshga doir eng kam pensiyaning kamida 100 foizi miqdorida;

  2. I va II guruh nogironlariga nogironlik pensiyasi uchun – pensiyani hisoblab chiqarish uchun olinadigan o‘rtacha oylik ish haqining 55 foizi, lekin yoshga doir eng kam pensiyaning kamida 100 foizi miqdorida;

g) oilaning mehnatga layoqatsiz har bir a’zosiga boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi uchun – pensiyani hisoblab chiqarish uchun olinadigan o‘rtacha oylik ish haqining 30 foizi, lekin yoshga doir eng kam pensiyaning kamida 50 foizi miqdorida;
d) ota-onasidan judo bo‘lgan (chin etim) bolalarga yoki vafot etgan yolg‘iz onaning bolalariga, har bir bolaga boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi uchun – pensiyani hisoblab chiqarish uchun olinadigan o‘rtacha oylik ish haqining 30 foizi, lekin yoshga doir eng kam pensiyaning kamida 100 foizi miqdorida.
Ish staji uchun pensiyalarning oshirilishi. Pensiya tayinlashda talab etiladiganidan ortiqcha ish stajining har bir to‘liq yili uchun pensiyalarning tayanch miqdorlari quyidagicha oshiriladi:

  • yoshga doir pensiyalar – pensiyani hisoblab chiqarish uchun (31 va 33-moddalar) olinadigan o‘rtacha oylik ish haqining 1 foizi miqdorida;

  • I va II guruh nogironlariga nogironlik pensiyalari – pensiyani hisoblab chiqarish uchun olinadigan o‘rtacha oylik ish haqining 1 foizi miqdorida;

  • boquvchisini yo‘qotganlik pensiyalari oilaning mehnatga qobiliyatsiz har bir a’zosi uchun – boquvchining o‘rtacha oylik ish haqining 0,5 foizi miqdorida oshiriladi.

Otasidan ham, onasidan ham judo bo‘lgan (chin etim) bolalarga tayinlanadigan boquvchisini yo‘qotganlik pensiyalarini oshirish ota va ona ish haqlarining umumiy miqdoridan kelib chiqib, eng kam oylik ish haqining sakkiz barobari miqdori doirasida amalga oshiriladi.
Qonunga muvofiq hisoblab chiqarilgan pensiyalarga ustama haqlar quyidagi miqdorlarda belgilanadi:

  • I guruh urush nogironlariga – eng kam oylik ish haqining 150 foizi;

  • II guruh urush nogironlariga – eng kam oylik ish haqining 125 foizi;

  • ko‘zi ojizlik bo‘yicha I guruh nogironlariga — eng kam oylik ish haqining 100 foizi;

  • I guruh nogironlariga – eng kam oylik ish haqining 75 foizi;

  • II guruh yolg‘iz nogironlariga – eng kam oylik ish haqining 50 foizi;

  • urush qatnashchilari va ularga tenglashtirilgan shaxslarga – eng kam oylik ish haqining 50 foizi;

  • 1941–1945-yillardagi urush davrida mamlakat ichkarisida ishlagan va harbiy majburiyatni bajargan shaxslarga – eng kam oylik ish haqining – 30 foizi;

  • vafoti harbiy xizmat yoki ichki ishlar organlaridagi xizmat majburiyatlarini bajarish bilan bog‘liq harbiy xizmatchilarning hamda ichki ishlar organlari xodimlarining ota-onalariga va yangi nikohdan o‘tmagan beva xotinlariga (beva erlariga) – eng kam oylik ish haqining 30 foizi.

  • O‘zbekiston Respublikasi oldida alohida xizmatlari bo‘lgan shaxslarga – xizmatlariga qarab – eng kam oylik ish haqining 100 foizidan 150 foizigacha.

  • yoshidan qat’i nazar imtiyozli pensiyaga chiqish huquqiga ega bo‘lgan artistlarga – eng kam oylik ish haqining 75 foizi;

  • teatr-kontsert tashkilotlari artistlari va badiiy xodimlariga, teatr va musiqa san’ati ijodiy xodimlari tayyorlovchi o‘quv muassasalarining professor-o‘qituvchilari va kontsertmeysterlariga, Vazirlar Mahkamasi belgilaydigan ro‘yxatga ko‘ra – eng kam oylik ish haqining – 50 foizi.

Ish staji to‘liq bo‘lmagan chog‘dagi pensiyalar bor stajga mutanosib miqdorda tayinlanadi.
Ish staji to‘liq bo‘lmagan chog‘dagi pensiyalar:

  • yoshga doir pensiyalar uchun – yoshga doir eng kam pensiyaning 50 foizidan;

  • I guruh nogironlariga nogironlik pensiyalari uchun – yoshga doir eng kam pensiyaning 100 foizidan;

  • II guruh nogironlariga nogironlik pensiyalari uchun – yoshga doir eng kam pensiyaning 50 foizidan;

  • oilaning mehnatga layoqatsiz har bir a’zosiga boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi uchun – yoshga doir eng kam pensiyaning 50 foizidan;

  • ham otasi, ham onasidan judo bo‘lgan (chin etim) har bir bolaga boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi uchun – yoshga doir eng kam pensiyaning 100 foizidan kam bo‘lmasligi lozim.

Ustama haqlar tayinlanayotgan pensiyaning turidan qat’i nazar qo‘shib hisoblanadi.
Pensiyani hisoblab chiqarish uchun, ishdagi mavjud tanaffuslardan qat’i nazar, oxirgi o‘n yillik mehnat faoliyati davomidagi istalgan ketma-ket besh yildagi (pensiya so‘rab murojaat etgan kishining tanlovi bo‘yicha) ish haqi olinadi.
Pensiyani hisoblab chiqarish uchun olinadigan ish haqi o‘tgan yillardagi ish haqlarini pensiya tayinlanadigan kundagi ish haqi darajasiga keltirish uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan tartibda qayta hisoblanadi.
Pensiyani hisoblab chiqarish uchun olinadigan o‘rtacha oylik ish haqi ketma-ket ishlangan oltmish kalendar oylar uchun qayta hisoblangan ish haqining umumiy miqdorini oltmishga bo‘lish yo‘li bilan aniqlanadi. Bunda pensiya so‘rab murojaat etgan kishining xohishiga ko‘ra, ishga qabul qilish yoki mehnat shartnomasini bekor qilish munosabati bilan ish kunlari soni to‘liq bo‘lmagan oylar to‘liq ishlangan kalendar oylar sifatida hisobga olinadi.
Pensiya so‘rab murojaat etgan kishi besh yildan kam ishlagan hollarda pensiyani hisoblab chiqarish uchun olinadigan o‘rtacha oylik ish haqi ishlangan kalendar oylar uchun qayta hisoblangan ish haqining umumiy miqdorini shu oylar soniga bo‘lish yo‘li bilan aniqlanadi.
Mavsumiy ishlarda band bo‘lgan xodimlarga pensiyalar tayinlashda pensiyani hisoblab chiqarish uchun olinadigan o‘rtacha oylik ish haqi, ishdagi mavjud tanaffuslardan qat’i nazar, mehnat faoliyatining oxirgi o‘n yili davomidagi istalgan ketma-ket besh mavsumdagi (pensiya so‘rab murojaat etgan kishining tanlovi bo‘yicha) qayta hisoblangan ish haqining umumiy miqdorini oltmishga bo‘lish yo‘li bilan aniqlanadi.
Pensiyani hisob-kitob qilish uchun eng kam oylik ish haqining o‘n barobaridan ortiq bo‘lmagan miqdordagi o‘rtacha oylik ish haqi olinadi. Pensiyani hisoblab chiqarish uchun olinadigan o‘rtacha oylik ish haqi eng kam oylik ish haqi miqdoridan oz bo‘lgan yoki ish haqi to‘g‘risidagi ma’lumotlar umuman mavjud bo‘lmagan hollarda pensiya eng kam oylik ish haqidan kelib chiqqan holda hisoblab chiqariladi.
Pensiyani hisoblab chiqarish uchun ish haqiga, shuningdek ish haqining natural qismiga: 2019 yil 1 yanvarga qadar bo‘lgan davr uchun — qonun hujjatlariga muvofiq sug‘urta badallari hisoblanadigan mehnatga haq to‘lash tarzidagi barcha daromadlar; 2019 yil 1 yanvardan keyingi davr uchun — qonun hujjatlariga muvofiq hisoblangan mehnatga haq to‘lash tarzidagi barcha daromadlar qo‘shiladi.
Qonunga ko‘ra pensiyalarni qayta hisoblash: pensioner pensiya miqdoriga ta’sir ko‘rsatuvchi (pensiya tayinlanishigacha bo‘lgan ish staji va ish haqi to‘g‘risidagi hamda boshqa) qo‘shimcha hujjatlarni taqdim etgan taqdirda; nogironlik guruhi o‘zgarganda; boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi oladigan oila a’zolari soni o‘zgarganda; eng kam oylik ish haqi miqdorlari o‘zgargan taqdirda; daromadlar indeksatsiya qilingan taqdirda amalga oshiriladi.
“Fuqarolarning jamg‘arib boriladigan pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni 2004 yil 2 dekabrda 702-II-son bilan qabul qilingan bo‘lib, jami 4 ta bo‘lim va 27 ta moddadan iborat. Ushbu Qonunning maqsadi fuqarolarning jamg‘arib boriladigan pensiya ta’minoti sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat. Mazkur qonunda jamg‘arib boriladigan pensiya ta’minoti olish huquqi, jamg‘arib boriladigan pensiya ta’minoti bo‘yicha davlat kafolatlari, jamg‘arib boriladigan pensiya tizimida ishtirok etish, fuqarolarni jamg‘arib boriladigan pensiya tizimida hisobga olish, shaxsiy jamg‘arib boriladigan pensiya hisobvaraqlari ochish, jamg‘arib boriladigan pensiya daftarchasi yuritish, shaxsiy jamg‘arib boriladigan pensiya hisobvaraqlarida mablag‘larning shakllantirilishi va ulardan foydalanish, jamg‘arib boriladigan pensiya tizimi mablag‘larini soliq solishdan ozod qilish, jamg‘arib boriladigan pensiya to‘lovlarini olish tartibi hamda Xalq bankining huquqlari va majburiyatlari o‘z ifodasini topgan.
Jamg‘arib boriladigan pensiya ta’minoti aholi uchun davlat pensiyasiga qo‘shimcha daromad manbai bo‘lib, birinchidan, fuqarolarni yosh, mehnatga layoqatli davrda yanada yaxshiroq ishlash va ko‘proq daromad topish orqali o‘zining shaxsiy jamg‘arib boriladigan pensiya hisobvarag‘idagi mablag‘lar summasining oshishiga turtki bo‘lsa, ikkinchidan, bu mablag‘lar fuqaro va ish beruvchilarning moddiy holatiga ta’sir etmagan holda davlat byudjetiga o‘tkazilishi kerak bo‘lgan daromad solig‘i hisobiga shakllanadi. Ya’ni, jamg‘arib boriladigan pensiya ta’minoti davlat tomonidan to‘lanadigan pensiya to‘loviga qo‘shimcha ravishda fuqarolarning shaxsiy jamg‘arib boriladigan pensiya hisobvaraqlaridagi pul mablag‘larini anglatadi.

Download 2,13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   154




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish