Pensiya ishi darslik i-qism toshkent-2020 Rustamov D. R., Tursunov J. P., Beknazarov Z. E



Download 2,13 Mb.
bet19/154
Sana18.02.2022
Hajmi2,13 Mb.
#451241
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   154
Bog'liq
Pensiya-ta minoti

asosiy tushunchalar mazmuni
ASOSIY TUSHUNCHALAR
Shaxsiy jam g’arib Jamg’arib boriladigan pensiya to’lovlarini oluvchining boriladigan pensiya foydasiga majburiy yoki ixtiyoriy tartibda badal kirituvchi
h isobvarag’iga tomonidan kiritiladigan pul mablag’lari badallar
Shaxsiy jamg’arib boriladigan pensiya hisobvarag’ida hisobga olingan va jamg’arib boriladigan pensiya to’lovlari
Fuqarolarning pensiya miqdorini belgilaydigan pensiya badallari summasi va ular
jamg’armalari bo’yicha foizli daromadlar
Qonun hujjatlarida belgilangan tartibda jamg’arib

boriladigan pensiya tizimiga mablag’larni joylashtirish Foizli daromadlar natijasida olingan va fuqarolarning pensiya
jamg’armasidagi mablag’lari qoldig’iga qo’shiladigan daromadlar
2.4-rasm. Xalq bankida fuqarolarning shaxsiy jamg‘arib boriladigan pensiya hisobvaraqlarini ochish va yuritish hamda ularga majburiy va ixtiyoriy badallarni kiritish tartibida qo‘llaniladigan asosiy tushunchalar mazmuni
Xalq banki tomonidan fuqarolarni jamg‘arib boriladigan pensiya tizimida shaxsiy hisobga olishning maqsadi quyidagilardan iborat:

  • fuqaroning jamg‘arib boriladigan pensiya tizimida qatnashishi to‘g‘risidagi ma’lumotlar hisobga olinishining to‘liqligini ta’minlash, badal kirituvchilar tomonidan shaxsiy pensiya to‘lovlarini oluvchi foydasiga amalga oshiriladigan shaxsiy jamg‘arilib boriladigan pensiya hisobvarag‘iga badallar kiritish davrlari va miqdorlari, mablag‘larni joylashtirishdan olingan foizli daromadlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar ham shu jumlaga kiradi;

  • jamg‘arib boriladigan pensiya tizimining qatnashchilari va ularning shaxsiy jamg‘arib boriladigan pensiya hisobvarag‘iga omonatlari to‘g‘risidagi Xalq bankining jamg‘arib boriladigan pensiya tizimi yagona ma’lumotlar elektron bazasini yaratish;

  • mablag‘larning shaxsiy jamg‘arib boriladigan pensiya hisobvarag‘iga to‘g‘ri o‘tkazilganligini tezkor nazorat qilish uchun shart-sharoitlar yaratish;

  • jamg‘arib boriladigan pensiya tizimi qatnashchilariga jamg‘arib boriladigan pensiya to‘lovlari tayinlash tartibini soddalashtirish va tartibqoidasini tezlashtirish.

Bir vaqtning o‘zida quyidagi printsiplarga asoslaniladi: jamg‘arib boriladigan pensiya tizimida qatnashayotgan fuqarolar to‘g‘risidagi ma’lumotlar hisobining majburiyligi, to‘liqligi va tezkorligi; shaxsiy hisobga olish ma’lumotlarining maxfiyligi, ushbu ma’lumotlardan faqat jamg‘arib boriladigan pensiya tizimi maqsadlari uchun foydalanish; jamg‘arib boriladigan pensiya tizimi qatnashchilari bo‘lgan fuqarolarning jamg‘arib boriladigan pensiya tizimidagi o‘zlarining hisobvaraqlari to‘g‘risidagi ma’lumotlardan foydalanishi.
Jamg‘arib boriladigan pensiya to‘lovlari quyidagi hollarda to‘xtatiladi:

  • shaxsiy jamg‘arib boriladigan pensiya hisobvarag‘ida jamg‘arilgan mablag‘lar batamom tugaganda;

  • to‘lovlarni oluvchi shaxsiy jamg‘arib borilgan pensiya hisobvarag‘ida jamg‘arilgan jami summani merosga o‘tkazish maqsadida to‘lovlarni olishdan yozma ravishda notarial tasdiqlangan tartibda voz kechganda; – davlat pensiyasi olish huquqini yo‘qotganda.

Jamg‘arib boriladigan majburiy pensiya badallarining miqdori xodimlarning, shu jumladan, ishlayotgan pensionerlarning ish haqi va boshqa daromadi summasi asosida hisoblab chiqariladi hamda har yili O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan navbatdagi yilga mo‘ljallangan O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjetini shakllantirish vaqtida belgilanadi. Ish beruvchiga o‘zining mablag‘lari hisobidan o‘z xodimlarining shaxsiy jamg‘arib boriladigan pensiya hisobvaraqlariga qo‘shimcha badallar to‘lash huquqi beriladi. Qo‘shimcha badallarning miqdori va ularni kiritish muddatlari jamoa shartnomasida, agar bunday shartnoma tuzilmagan bo‘lsa, ish beruvchi tomonidan xodimlarning vakillik organi bilan kelishib belgilanadi. Ish beruvchining jamg‘arib boriladigan majburiy pensiya badallarini to‘lashi uchinchi shaxslarning foydasiga amalga oshirilishi mumkin emas.
Jamg‘arib boriladigan pensiya to‘lovlari byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasining tuman (shahar) bo‘limi tomonidan berilgan jamg‘arib boriladigan pensiya to‘lovlarini olish huquqi to‘g‘risidagi guvohnoma asosida bunday to‘lovlarni oluvchining yashash joyidagi Xalq banki filiali tomonidan to‘lanadi. Jamg‘arib boriladigan pensiya to‘lovlari ularni olish uchun murojaat etilgan oydan keyingi oydan e’tiboran, lekin bunday to‘lovlarni oluvchida davlat pensiyasini olish huquqi yuzaga kelgach, to‘lanadi. Bunday to‘lovlarni oluvchilar shaxsiy jamg‘arib boriladigan pensiya hisobvaraqlaridan mablag‘larni qonun hujjatlariga muvofiq berilgan hujjatlar asosida ishonchli shaxslar orqali olishlari mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi Soliqkodeksigamuvofiq 2010-yil 1yanvardan boshlab fuqarolarning O‘zbekiston Respublikasi Xalq bankidagi fuqarolarning shaxsiy jamg‘arib boriladigan pensiya hisobvaraqlariga ixtiyoriy ravishda yo‘naltiriladigan summalariga jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i solinmaydi.
Amaldagi jamg‘arib boriladigan pensiya tizimining faoliyatida bank, ish beruvchi tashkilot, fuqaro hamda soliq idoralari ishtirok etadi va ishlash mexanizmini shartli ravishda uch bosqichga ajratish mumkin18:

  1. Ish beruvchi muassasada ishlovchi har bir xodim uchun belgilangan tartibda jamg‘arib boriladigan pensiya tizimiga to‘lanishi lozim bo‘lgan badallarni hisoblab chiqadi hamda hisoblangan summani har oyda xodimning Xalq bankidagi shaxsiy hisobraqamiga o‘tkazib boradi;

  2. Xalq banki fuqarolarning ish haqlaridan tizimga majburiy va ixtiyoriy ravishda undiriladigan badallarni to‘playdi va uning hisobini yuritadi. Xalq banki jamg‘arib boriladigan pensiya tizimida shakllangan mablag‘ni tasarruf etadi va mablag‘larni eng past riskli investitsion dasturlarga yo‘naltirish orqali daromad oladi, har bir hisobraqamda jamlangan mablag‘lar bo‘yicha foizli daromadlarni hisoblab boradi. Xalq banki va soliq idoralari tizimga to‘lanayotgan badallarning to‘g‘ri hisoblab chiqilganligi va o‘z vaqtida o‘tkazib borilayotganligini doimiy va tizimli ravishda nazorat qilib boradi;

  3. Fuqaro davlat pensiya ta’minoti huquqi paydo bo‘lgach, Xalq bankiga jamg‘arib boriladigan pensiya hisobraqamida to‘plangan mablag‘ni olish uchun murojaat qiladi. Bank ma’muriyati esa to‘plangan summani hisoblab chiqarilgan foizlar bilan birgalikda fuqaroga to‘lab beradi.

Jamg‘arib boriladigan pensiya ta’minoti bo‘yicha ajratmalar stavkasi 2005-2017 yillarda jismoniy shaxslar daromadlaridan olinadigan soliqqa tortiladigan daromadlarning 1 foizini tashkil qilgan. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 29-dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasining 2018yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va davlat byudjeti parametrlari to‘g‘risida”gi PQ-3454-sonli qaroriga ko‘ra, jamg‘arib boriladigan pensiya ta’minoti bo‘yicha ajratmalar 2 foiz miqdorida belgilandi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 26-dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasining 2019-yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va davlat byudjeti parametrlari hamda 2020-2021 yillarga byudjet mo‘ljallari to‘g‘risida”gi PQ-4086-sonli qaroriga ko‘ra, 2019 yil 1 yanvardan boshlab ushbu stavka 0,1 foiz miqdorida belgilandi.
“Xalq banki” filiallarida 2018 yil 1 iyul holatiga fuqarolarning jamg‘arib boriladigan pensiya tizimida ochilgan hisobvaraqlar soni 11,3 million donani va ulardagi mablag‘lar 2,9 trln. so‘mni, tizimdagi faol hisobvaraqlar soni esa 4,5 million donani tashkil qilgan. Shuningdek, nafaqa yoshiga etgan yoki qonunchilikda belgilangan boshqa holatlar bilan pensiya to‘lovlarini olish huquqiga ega bo‘lgan 1,2 million nafar tizim ishtirokchisiga 450,2 mlrd. so‘m mablag‘ to‘lab berilgan.
2017 yilda 1643,6 mlrd. so‘m miqdoridagi mablag‘ o‘rtacha yillik 7,6 foiz stavkada tijorat banklarining depozit hisobraqamlariga joylashtirilib, 167,4 mlrd. so‘m daromad olingan. Biroq, 2017 yilning oxirida inflyatsiya darajasi 14,4 foiz bo‘lgani sababli, hisobvaraqlarga 14,5 foiz miqdorida mablag‘ hisoblangan. Hisoblab qo‘shilgan mablag‘lar 324, mlrd. so‘mni tashkil qilib, tizim ishtirokchilari mablag‘larining kam foizlarda depozitlarga joylashtirilishi va inflyatsiya darajasining yuqori bo‘lganligi oqibatida 173,7 mlrd. so‘m mablag‘ etishmovchiligi yuzaga kelgan. Tahlillar ushbu holatning joriy yilda va kelgusi yillarda ham saqlanib qolish ehtimoli mavjudligini ko‘rsatmoqda.
Jamg‘arib boriladigan pensiya tizimida amaldagi tartibning saqlab qolinishi hamda 2019 yilning 1 yanvaridan boshlab, majburiy badallar stavkasining 0,1 foizgacha tushirilishi natijasida, 2021 yilga borib, fondning defitsiti 584,6 mlrd. so‘mni tashkil etishi kutilmoqda.

Download 2,13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   154




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish