Pensiya ishi darslik i-qism toshkent-2020 Rustamov D. R., Tursunov J. P., Beknazarov Z. E



Download 2,13 Mb.
bet103/154
Sana18.02.2022
Hajmi2,13 Mb.
#451241
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   154
Bog'liq
Pensiya-ta minoti

Misol uchun:

Pensiya oluvchiga 20 iyundan boshlab 900 000 so‘m miqdorida pensiya tayinlandi. Bunda 11 kun uchun, ya’ni 20 — 30 iyun kunlari uchun pensionerga quyidagi miqdorda pensiya to‘lanadi: 900 000 so‘m / 30 (kun) x 11(kun) = 330 000 so‘m.
Pensioner pensiya olish uchun ichki ishlar organlariga murojaat qilganda shaxsini tasdiqlovchi hujjatlari (fuqarolik pasporti yoki uning o‘rnini bosuvchi boshqa hujjatlar (fuqarolik pasportini yo‘qotgan fuqarolarga ichki ishlar organlari tomonidan berilgan vaqtinchalik ma’lumotnoma) va pensiya guvohnomasi (zarur bo‘lganda) taqdim etishi lozim.
Pensiya va nafaqa tegishli ichki ishlar organlarining g‘aznachisi tomonidan pensionerning shaxsini tasdiqlovchi hujjati va pensiya guvohnomasini (zarur bo‘lganda) tekshirgan holda to‘lov qaydnomasi yoki chiqim kassa orderiga muvofiq to‘lanadi.
Pensiya summasi bir necha oy uchun bir vaqtda to‘langan taqdirda jami pensiya summasi uchun bitta chiqim kassa orderi tuzilib, unda har bir oy uchun pensiya miqdori alohida ko‘rsatiladi.
Pensiya va nafaqa to‘lovlari uchun mablag‘larni bank plastik kartochkalariga o‘tkazish ichki ishlar organlari tomonidan ularga xizmat ko‘rsatuvchi tijorat bankiga taqdim qilinadigan to‘lov topshiriqnomasi va unga ilova qilinadigan to‘lov qaydnomalar (qog‘oz shaklida va elektron ko‘rinishda) asosida amalga oshiriladi. To‘lov topshiriqnomasi va to‘lov qaydnomasi (qog‘oz shaklida va elektron ko‘rinishda) taqdim qilingan sanadan keyingi kundan kechiktirmasdan mablag‘lar xizmat ko‘rsatuvchi tijorat banki tomonidan pensioner yoki nafaqa oluvchiga ochilgan 22618 — «Jismoniy shaxslarning plastik kartochkalari bo‘yicha majburiyatlari» hisobvarag‘iga o‘tkazib beriladi.
Bank plastik kartochkalari orqali pensiya (to‘liq miqdorda) oladigan pensioner har olti oyda pensiya to‘laydigan ichki ishlar organlariga kelish yo‘li bilan o‘zining pensiya summasini olish huquqini tasdiqlashi zarur.
Pensioner belgilangan muddatda ichki ishlar organlariga kelmagan taqdirda tegishli ichki ishlar organlari xodimlari o‘n kun mobaynida:

  • uning tirik ekanligi;

  • ishga joylashganligi;

  • yashash joyi o‘zgarganligi yoki chet elga ketganligi;

  • jazoni o‘tash joylarida ekanligi;

  • keksalar va nogironlarning internat uylarida (pansionatlarida) yashayotganligi holatlarini aniqlash uchun pensioner yashaydigan joyga boradilar.

Olinadigan pensiyaga pensionerning huquqi tasdiqlangan taqdirda pensiyani to‘lash navbatdagi olti oyga davom ettiriladi.
Pensionerning huquqlari tasdiqlanmagan taqdirda, pensiyani to‘lash fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish tegishli organi vakillari va qo‘shnilar ishtirokida tegishli ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan tuzilgan to‘lanayotgan pensiyani to‘lashga va uning miqdori asoslanganligiga ta’sir ko‘rsatuvchi holatni tasdiqlaydigan dalolatnoma asosida to‘xtatib turiladi.
Ko‘rsatib o‘tilgan dalolatnoma asosida tegishli ichki ishlar organi pensiyani to‘lashni to‘xtatib turish (to‘xtatish) yoki uning miqdorini o‘zgartirish to‘g‘risida tegishli qaror qabul qiladi.
Bir oydan ko‘p bo‘lmagan muddat uchun pensiya to‘lovini muddatidan
oldin amalga oshirish pensionerning arizasiga asosan ichki ishlar organlari rahbarlarining ruxsati bilan quyidagi hollarda amalga oshiriladi: pensioner sanatoriy-kurort muassasalariga davolanish uchun bormoqchi bo‘lganida (yil davomida bir marotaba); pensionerning mulkiga zarar etkazuvchi favqulodda holatlar sodir bo‘lganda; pensionerning oila a’zolari (yaqin qarindoshlari) vafot etganda va bu haqda fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlari tomonidan berilgan tegishli hujjat taqdim qilinganda.
Pensiya to‘lash qonun hujjatlariga muvofiq rasmiylashtirilgan ishonchnoma bo‘yicha ham amalga oshirilishi mumkin. Ishonchli vakil pensiya to‘lashga ta’sir etishi mumkin bo‘lgan, o‘ziga ma’lum barcha holatlar to‘g‘risida ichki ishlar organlariga xabar berishi shart. Ishonchnoma asosida pensiya to‘lashda ichki ishlar organlarining g‘aznachisi pensiya oluvchi shaxsning chiqim kassa orderidagi va shaxsini tasdiqlovchi hujjatdagi imzolarini o‘zaro solishtiradi. Bir necha oyga berilgan ishonchnoma orqali pensiya to‘lovi amalga oshirilganda chiqim kassa orderida ishonchnoma mavjudligi va uning amal qilish muddati ko‘rsatib o‘tiladi. Ishonchnoma pensionerning pensiyaga oid hujjatlar yig‘majildida saqlanadi. Bir martalik ishonchnoma orqali pensiya to‘langanda, ishonchnoma chiqim kassa orderiga ilova qilinadi.
Doimiy yashash uchun O‘zbekiston Respublikasi tashqarisiga ketishgacha tayinlangan pensiya (O‘zbekiston Respublikasi pensiya ta’minoti to‘g‘risida xalqaro shartnomalar tuzgan davlatlar bundan mustasno) ichki ishlari organlarining moliyaviy ta’minot xizmatlariga ketish to‘g‘risida ariza berilgan kundagi pensiya miqdori hisob-kitobidan kelib chiqib, O‘zbekiston Respublikasi tashqarisiga jo‘nab ketishdan olti oy avval O‘zbekiston Respublikasi milliy valyutasida to‘lanadi.
Pensiya to‘lanadigan olti oylik davr O‘zbekiston Respublikasi tashqarisiga doimiy yashash uchun ketishdan avvalgi olti oy uchun pensiya to‘lash uchun arizada ko‘rsatilgan sanadan boshlab hisoblab chiqiladi.
O‘zbekiston Respublikasi pensiya ta’minoti to‘g‘risida xalqaro shartnomalar tuzgan O‘zbekiston Respublikasi tashqarisidagi davlatga doimiy yashash uchun ketilgan kungacha tayinlangan pensiya turar joyidan ro‘yxatdan chiqqan oyning oxirigacha to‘lanadi.
O‘zbekiston Respublikasi tashqarisiga doimiy yashash uchun ketayotgan fuqarolarga pensiyani to‘lash uning arizasi va «Doimiy yashash joyidan ro‘yxatdan chiqarildi» degan belgi bo‘lgan shaxsini tasdiqlovchi hujjat asosida to‘xtatilishi mumkin.
Tayinlangan pensiyani to‘lash: pensioner vafot etganda; tayinlangan pensiyaga huquqlar yo‘qolganda; doimiy yashash uchun O‘zbekiston Respublikasidan tashqariga chiqib ketganda; xorijiy davlatda bo‘lgan davrida pensiya (ijtimoiy nafaqa) olganligi holati aniqlanganda to‘xtatiladi.
Tayinlangan pensiyani to‘lash: pensiya to‘lash muddati tamom bo‘lganda; pensioner ozodlikdan mahrum etilganda; pensiyani to‘lashni to‘xtatib turish to‘g‘risida pensioner tomonidan ariza bilan murojaat qilinganda to‘xtatib turiladi.
Pensiyani to‘lash pensioner yoki uning vasiysi tegishli ichki ishlar organiga shaxsini tasdiqlovchi hujjat taqdim etgan va ariza bilan murojaat qilgan taqdirda qayta tiklanadi.
Pensionerning sud hukmi bo‘yicha ozodlikdan mahrum etish joylarida bo‘lgan vaqti uchun pensiya to‘lanmaydi. Pensioner sud hukmi bilan tayinlangan jazoni o‘tab, undan ozod bo‘lgandan keyin pensiyani to‘lash ichki ishlar organiga ariza berilgan kundan boshlab tiklanadi. Agar nogiron pensioner tayinlangan muddatda qayta tibbiy ko‘rikdan o‘tish uchun TMEKga uzrli sabablarsiz (nogironlik muddati tugagan kundan bir oy muddat mobaynida) kelmasa, unga pensiya to‘lash to‘xtatib turiladi, u yana nogiron deb e’tirof etilgan taqdirda to‘xtatib turilgan kundan boshlab tiklanadi. Qolgan holatlarda pensiya murojaat qilingan sanadan boshlab to‘lanadi.
Uzrli sababga ko‘ra qayta tibbiy ko‘rikdan o‘tish muddati o‘tkazib yuborilgan taqdirda, pensiyani to‘lash to‘lov to‘xtatib turilgan kundan boshlab qayta tekshirish kunigacha, biroq, agar TMEK uni bu davrda nogiron deb e’tirof etsa, 3 yildan ortiq bo‘lmagan muddatga amalga oshiriladi. Bunda agar qayta tekshirish chog‘ida nogiron nogironlikning boshqa guruhiga (yuqoriroq yoki pastroq guruhga) o‘tkazilgan bo‘lsa, u holda ko‘rsatib o‘tilgan vaqt uchun pensiya oldingi guruh bo‘yicha to‘lanadi.
Pensionerga hisoblab chiqarib qo‘yilgan, lekin uning tomonidan o‘z vaqtida talab qilib olinmagan pensiya puli pensiyani olish maqsadida murojaat etilganidan oldingi o‘n ikki oydan oshmagan davr uchun to‘lanadi.
Ichki ishlar organi moliyaviy ta’minot xizmatining aybi bilan o‘z vaqtida olinmay qolgan pensiya puli o‘tgan davr uchun muddati cheklanmagan holda to‘lanadi. Bunda o‘tgan davr uchun to‘lovlar bir yo‘la tegishli oylar uchun hisoblab chiqarib qo‘yilgan va olinmagan pensiyaning summalariga mos miqdorda to‘lanadi.
Pensiya miqdori o‘zgarishiga yoki pensiya to‘lash to‘xtatilishiga sabab bo‘ladigan holatlar yuz bergan taqdirda (ishga kirish, oila a’zolari tarkibining o‘zgarishi, to‘liq davlat ta’minotiga o‘tish va shu kabilar) pensiya oluvchi o‘n kun muddatda bu haqda o‘ziga pensiya to‘laydigan tegishli ichki ishlar organiga ma’lum qilishi shart. Bunda pensiyani qayta hisoblash mazkur holatlar vujudga kelgan oydan keyingi oyning birinchi kunidan boshlab amalga oshiriladi.
Pensionerga berilishi kerak bo‘lgan va uning vafoti munosabati bilan olinmay qolgan pensiya summasi meros tarkibiga kiritilmaydi va boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi bilan ta’minlanadigan shaxslar doirasiga tegishli oila a’zolariga to‘lanadi. Ota-onalar, eri (xotini), shuningdek pensioner vafot etgan kunda u bilan birga yashagan oila a’zolari, agar ular boquvchisini yo‘qotganlik bo‘yicha pensiyasi bilan ta’minlanadiganlar doirasiga kirmagan taqdirda ham ushbu summalarni olish huquqiga ega.
Pensioner vafot etgan oy uchun olingan pensiya summasi oilaning ko‘rsatib o‘tilgan a’zolariga uning vafotigacha ushbu oyning kunlari uchun to‘lanadi. Oilaning bir necha a’zolari murojaat qilgan taqdirda, ularga berilishi kerak bo‘lgan pensiya summasi ular o‘rtasida teng taqsimlanadi. Ko‘rsatib o‘tilgan summa, uning uchun pensioner vafot etgandan so‘ng olti oydan kechikmay murojaat qilingan taqdirda to‘lanadi.
Pensiyalardan quyidagi hollarda chegirmalar qilinadi:

  • sudning hal qiluv qarorlari, ajrimlari, qarorlari va hukmlari (mulkiy undirishlar borasida), notarial idoralarning ijro varaqalari hamda O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga muvofiq ijrosi sud hal qiluv qarorlarini ijro etish uchun belgilangan tartibda amalga oshiriladigan boshqa hal qiluv qarorlari va qarorlar asosida;

  • ichki ishlar organlarining qaroriga binoan pensionerga u tomonidan qilingan suiiste’molliklar (qasddan noto‘g‘ri hujjatlarni taqdim etish, boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi tayinlangan oila a’zolari tarkibidagi o‘zgarishlar haqida ma’lumotlar taqdim etmaganligi) natijasida yoxud hisoblashdagi yoki boshqa texnik xato oqibatida pensiya miqdoridan ortiqcha pullar to‘langan taqdirda.

Pensiyalardan yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan hollardan tashqari boshqa hech qanday chegirmalar qilish mumkin emas. Pensiyadan chegirmalar qilish miqdori pensionerga to‘lanishi lozim bo‘lgan puldan hisoblab chiqariladi. Har oylik chegirmalar miqdori pensiyaning 50 foizidan oshishi mumkin emas.
Pensioner ixtiyoriy ravishda aliment to‘lash istagini bildirganda, uning arizasida har oylik undiriladigan aliment miqdori (hujjatlarda ko‘rsatilgan foizlarda yoki pensiya oluvchi tomonidan belgilangan summada), undirish muddati va aliment undiruvchi shaxsning manzili, familiyasi, ismi, otasining ismi ko‘rsatilishi lozim. Ixtiyoriy ravishda to‘lanayotgan aliment miqdori va chegirma qilish muddatiga o‘zgartirish kiritish yoki bekor qilish pensionerning arizasiga asosan amalga oshiriladi.
Pensiya va nafaqalarning to‘g‘ri tayinlanishi va to‘lanishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan amalga oshiriladi.

Download 2,13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   154




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish