Pedogogik uslubning o’quvchilar o’zlashtishiga ta’sirning psixologik xususiyatlari



Download 19,38 Kb.
bet2/2
Sana08.02.2022
Hajmi19,38 Kb.
#436833
1   2
Bog'liq
O\'sarov maqola

Kalit so’zlar: Pedogogik mahorat, pedogogik-psixologik metodlar, pedodogik madaniyat
Hozirgi kunda o‘qituvchining pedagogik mahoratida "Bilish, tushunish, qo'llash, tahlil qilish, sintez qilish baholash” kabi didaktik qonuniyatlar taiim berishning muhim kategoriyalari sifatida e’tirof etilgan. Shaxsga ta’lim-tarbiya berish nihoyatdir; murakkab jarayon, qadimdan ushbu faoliyatga jamiyatning yetuk arboblari jalb etilgan. Mazkur holat yosh avlod tarbiyasi, uni tashkil etish mazmun va nafaqat shaxs kamoloti, balki jamiyat taraqqiyotini ham belgilovch muhim ahamiyatga molik boigan omil ekanhgi ta’kidlanadi.
Zamonaviy o'qituvchi qiyofasidagi shaxs pedagogik-psixologik jihatdan yuksak tayyorgarlikka ega bo'lishi uchun, unda quyidagi fazilatlar namoyon bo'lishi kerak (so'z yuritilayotgan sifatlar mohiyatan o'qituvchi tomonidan amalga oshirilishi zarur bo'lgan vazifa, burch va mas’uliyatlami ifodalaydi):
1. O'qituvchi mamlakatimizning ijtimoiy va siyosiy hayotida ro'y berayotgan o'zgarishlar, olib borilayotgan ijtimoiy islohotlar mohiyatini chuqur anglab yetishi hamda bu borada o'quvchilarga to'g'ri, asosli ma’lumotlami berishi lozim.
2. Zamonaviy o'qituvchining ilm-fan, texnika va texnologiya yangiliklari va yutuqlaridan xabardor bo'lishi talab etiladi.
3. O'qituvchi o'z mutaxassisligi bo'yicha chuqur, puxta bilimga ega bo'lishi, o'z ustida tinimsiz izlanishi shart.
4. O'qituvchi pedagogika va psixologiya fanlari asoslaridan ko'nikma va malakaga ega bo'lishi, ta’lim-tarbiyaviy faoliyatda o'quvchilarning yosh va psixologik xususiyatlarini inobatga olgan holda o'z faoliyati tashkil etishi zarur.
5. O'qituvchi ta’lim-tarbiyaviy faoliyatda pedagogik va axborot texnologiyalarining eng samarali shakl, metod va vositalaridan unumli foydalana olish imkoniyatiga ega bo'lmog'i lozim.
6. O‘qituvchi ijodkor, tashabbuskor va tashkilotchilik qobiliyatiga ega bo'lishi davr talabidir.
7. O‘qituvchi yuksak darajadagi pedagogik mahorat, chunonchi, kommunikativ layoqatni, pedagogik texnika sirlarini (nutq, chehra, qo'l-oyoq va gavda harakatlari, mimika, pantomimika, jest) chuqur o'zlashtirib olishga erishishi lozim.
О‘qituvchi pedagogik-psixologik muloqot jarayonining faol ishtirokchisi sifatida o‘zida bir qator sifatlami tarkib topishiga erishishi zarur. Chunonchi, u eng awalo, mulohazali, bosiq, vaziyatni to‘g‘ri baholay oladigan, mavjud ziddiyatlami o'z iroda kuchi bilan bartaraf etishning uddasidan chiqa olishi zarur. О 'qituvchi о‘quvchilar, ota-onalar hamda hamkasblari bilan muloqot jarayonida fikrini aniq va to ‘la bayon etilishiga ahamiyat qaratishi maqsadga muvofiqdir. Ular bilan munosabat jarayonida so ‘zni salbiy holatlar haqidagi dalillarni keltirishdan emas, aksincha, o'quvchining (yoki hamkasbi, ota-onalar) muvajYaqiyatlarini e’tirof etishi, ularning yanada boyishiga ishonch bildirishi, и bilan tillasha olishiga imkon beradi. Muloqot jarayonida о'qituvchining so‘zlaridan suhbatdoshiga nisbatan xayrixohlik, samimiylik, do‘stona munosabat seziilib turishi, shuningdek, imkon qadar ко ‘tarinki kayfiyatda bo'lishi zarur. O’qituvchining mazkur talablarga muvofiq keluvchi qiyofasi uning o'quvchilar, hamkasblar hamda ota-onalar orasida obro‘-e’tibor qozonishini ta’minlaydi.
O‘quvchilarga hamisha yangilanib turadigan axborotni mustaqil ravishda o‘zlashtirib borishga va o ‘qishni bitirib ketganidan keyin, kishiga jadal su r’atlar bilan o‘sib borayotgan fan-texnika taraqqiyotidan orqada qolib ketma-ketlik imkoniyatini beradigan qobiliyatlar taraqqiyotini beruvchi tafakkur sifatlarini tarkib toptirishi muammosi birinchi o‘ringa chiqib bormoqda. Ta’lim jarayonida o'zlashtirishning muvaffaqiyati quyidagilarga bog‘liq: Ta’lim mazmuniga; O‘quv rejalari, dasturlari, dasrliklar va o‘quv qo‘llanmalarining mavjudligiga; Ta’lim metodikalarini takomillashganligi; O‘qituvchi mahoratiga; O‘quvchining individual psixologik xususiyatlari.
Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, turli individual tipologik xususiyatlarga ega o‘quvchilar uchun ta’limning yagona qulay, optimal sharoitlarini yaratish mumkin emas. Ammo, o‘zlashtirishning samaradorligini oshirishda muammoli, noan’anaviy ta’lim usullarini qo‘llash muhim ahamiyatga egadir. Ta’lim oluvchilar ning ta’lim faoliyatiga ko‘ra, ta’limning quyidagicha metodlari ajratiladi:
1. Tushuntiruv-ko‘rsatmalilik metodi — bu metod reproduktiv metod bo‘lib, unda faoliyat o ‘qituvchi tom onidan olib boriladi. O‘quvchilar ta’lim jarayonida bilim oladilar, tanishadilar. Bu metod juda keng tarqalgan metodlardan bir bo‘lib, uni takomillashtirilgan usullari mavjud, bu programmalashtirilgan ta’limdir.
2. Reproduktiv metodda o‘quvchi faoliyat ko‘rsatib, unda o ‘quvchiga berilayotgan bilimni qayta xotirada tiklab, olingan bilimni nusxa sifatida qabul qiladi.
3. Muammoli ta’lim metodi — o‘qituvchi tom onidan tashkil etilib, u produktiv xarakterga egadir. Ushbu metod orqali o‘quvchi bilim va malakalarini shakllantiradi. Ushbu metodning takom illashtirish yo‘llaridan bin ishchan o‘yinlam i tashkil etishdan iboratdir.
4. Qisman izlanish metodi. O‘qituvchi nazorati ostida tashkil etiladigan metod bo‘lib, u produktiv xarakterga ega, bunda o ‘quvchi ijod qiladi.
5. Tadqiqot metodi. O‘qituvchi ilm yordamisiz tashkil etiladigan ta ’lim metodi bo‘lib, u o ‘quvchining mustaqil izlanishi, fikrlashi va bilimlar transformasiyasini talab etadi.
Pedagogik aloqa esa o‘z navbatida pedagogning talabalar bilan bevosita aloqa formatini quyidagi sifatlarda namoyon bo‘ladi: o’quvchilar fikrini eshita bilish; o’quvchilar bilan bo‘ladigan muloqot jarayonida o‘zida kamtarlik hissini namoyon qilish; muloqot jarayonida muomala madaniyatiga qat’iyan rioya kilish;
muloqot jarayoni davomida suhbatdosh shaxsiyatiga tegmaslik; o’quvchilarga samimiy tarzda maslahatlar berish.
Shu nuqtai nazardan pedagogik faoliyatda muloqot madaniyati bir maqsadga qaratilgan o‘zaro ta’sir qilish xususiyati bo‘lib, uning mazmunida o‘zaro fikr almashish, kerakli bo‘lgan axborotlari olish va jam langan axborotlami etkazib berish xolati o ‘z aksini topgan. Shu bilan birga shaxslarga psixologik-pedagogik ta’sir qilish uchun kommunikativ vositalaryordamida o‘zaro munosabatda bo‘lish hamda profilaktik va pedagogik aloqani rivojlantirish uchun qulaylik yaratishga imkon beradi. Ta’lim sohasida mutaxassisning pedagogik faoliyatida pedagogik
muloqot texnikasi quyidagilarda namoyon bo‘ladi: Psixotexnika (shaxsning o‘z xatti-harakatlari, xulqi va psixologiyasiga o‘zgartirish kirita olishi) psixik holatlaming o‘zgarishi nazarda tutiladi; Kasb, san’at va ijodiyot uyg‘unligi (turli vaziyatlardan ustalik bilan chiqa olish); Muloqotda shaxs xususiyatlarini inobatga olish. Pedagogning pedagogik faoliyatida pedagogik muloqot asosan uch bosqichdan iborat bo‘lib, bular: kommunikativ tayyoigarlik; pedagogik aloqa o’rnatish; pedagogik muloqotni boshqarishdir.
Pedagogik muloqot madaniyatini bilish va uni faoliyat davomida o‘rganish pedagogik aloqa bilan bogliq holda bo‘lib, tarbiyaviy-profilaktik vazifalarni hal qilishda eng qulay va eng optimal variant hisoblanadi. Pedagogik aloqa o‘rnatishda esa, pedagog bilan ta’lim olayotgan shaxs o‘rtasida o‘zaro tushunish, bir-biri bilan ijobiy emosional m unosabatda bo'lish xususiyatlarining namoyon bo‘lishi hamda o‘zaro ishonch munosabatlarining o‘m atilishi muhim ahamiyat kasb etadi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yhati:


1. Umarov B.M. Psixologiya: darslik. — Toshkent: Voris-nashriyoti, 2012
2. Xoliqov A. A. Pedagogik mahorat. Darslik. - Т.: «IQTISOD-MOLIYA», 2011
3. G'oziyev E.G‘. Psixologiya. T., 1994.
4. KarimovaV.M., Akramova F.A. „Psixologiya“. 2-qism. Ma’ruzalar matni. T., TDIU, 2005.
Download 19,38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish