“PEDAGOGS”
international research journal ISSN:
2181-4027
_SJIF:
4.995
www.pedagoglar.uz
Volume-8, Issue-4, April - 2022
12
bo‘lib (o‘rtacha dekabrda) suv haroratining 20
0
C dan oshmasligi, e`tiborga olinsa,
va shu bilan birga qisqa muddatli 23
0
C bo‘lishi ehtimolini ham nazardan
qochirmaslik kerak. Forelni O‘zbekistonning (Andijon, Namangan, Farg‘ona,
Toshkent, Qashqadaryo, Surxondaryo) kabi tog֯‘lik hududlarda irrigastion kanallar,
daryolar va buloqlar yaqinida sadoklar o‘rnatib yetishtirish mumkin. Bunday sharoit
Samarqand, Jizzax, Navoiy viloyatlarining tog‘ oldi va tog‘li rayonlarida ham
mavjudligini inobotga olib bu joylarda ham forel yetishtirish mumkin.
Respublikamizning g‘arbida, shimolida ko‘p sonli ko‘llar (Og‘itma, Devxona,
Tuzkon, Dengizko‘l, To‘dako‘l, Sho‘rko‘l, Kattaqo‘rg‘on suv omborlari) va
Arnasoy Aydar ko‘llar tizimida ham sadokda tegishli baliq turlarini yetishtirish
imkoniyati katta. O‘zbekistonda sadok usulida baliq boqish imkoniyati ancha keng.
Sadokda baliq boqish qachon rentabelli bo‘ladi, qachonki siz baliq boqishni jadal
ravishda olib borsangiz albatta. Sadokda baliq yetishtirishni maqsad qildingizmi,
darhol balanslashtirilgan to‘la qimmatli omuxta yemga asoslanishingiz kerak.
Ammo bu oziqa nihoyatda qimmatga tushadi. Agarda Respublika suvliklarida
sadokda baliq yetishtirish yaxshi rivojlansa unda sadoklarga xos bo‘lgan yangi baliq
turlari va texnologiyalar tavsiya etiladi. Sovuqsevar baliq ob’ektlaridan sadokda
yetishtirish hozirgi kunda yaxshi natija berayotgan tur bu kamalak rang forel –
Onsorhynchus mybiss, daryo foreli - Salmo trutta yoki kumja lardir. Chunki ular
qimmatbaho baliqlardandir. Issiqsevar baliqlardan esa laqqa, daryo laqqasi va
karplar eng yaxshi obektlar hisoblanadi. Sadoklarda 6-7 oy baliq boqish imkoniyati
bor. Sadokda eng qulay variant tovar baliq yetishtirishdir. O‘zbekiston sharoitida
taxminan 210-240 kun baliq boqiladi. Agarda karp segoletkasi o‘rtacha bir sutkada
3g dan o‘sganda 630g dan 720g bo‘lishi mumkin. Agarda har bir sadokga 1000 dona
karp boqilsa – taxminan har bir sadokdan 630 kg tavar baliq olish mumkin. Bular
taxminiy hisob-kitoblar. Tovar razmeriga yetmagan baliqlar suvlikning o’ziga quyib
yuboriladi va bunda ko‘lni baliqlashtirish rejasi ham bajariladi. Sadok usulida baliq
boqishning ahamiyatli tomonlaridan qilib quyidagilarni ko’rsatish mumkin:
Do'stlaringiz bilan baham: |