Jamoatchilik fikri—
ta’sir ko‘rsatishning qudratli usuli bo‘lib,
bolalarning ijtimoiy foydali faoliyatini g‘oyat
har tomonlama va muntazam
rag‘batlantirib borishni ta’minlaydi, jamoaning tarbiyaviy vazifalarini ancha to‘liq
amalga oshiradi. Bu usul jamoa a’zolarining ijtimoiy faolligini va o‘rtoqlarcha
birdamligini rivojlantirishga yordam beradi.
Pedagogik ta’sir ko‘rsatish usullarini alohida-alohida tasvirlashga o‘tishdan
oldin ularni muvaffaqiyatli qo‘llanishning umumiy qoidalarini qarab chiqamiz;
Pedagogik ta’sir ko‘rsatish usullaridan samarali foydalanishning zarur sharti
pedagogning bolalarga bo‘lgan munosabatlarining chinakam insonparvarligidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |