Pedagogning innovatsion faoliyatiga tayyorligi shaxsiy va kasbiy fazilati sifatida reja: Kirish i-bob. O’qituvchining innovatsion faoliyati



Download 22,66 Kb.
bet1/2
Sana30.06.2022
Hajmi22,66 Kb.
#718983
  1   2
Bog'liq
kurs ishi jalol


MAVZU: O’QITUVCHI VA INNOVATSIYA. PEDAGOGNING INNOVATSION FAOLIYATIGA TAYYORLIGI SHAXSIY VA KASBIY FAZILATI SIFATIDA
Reja:
Kirish
I-BOB. O’qituvchining innovatsion faoliyati

    1. O’qituvchining innovatsion faoliyatning o’ziga xos xususiyatlari

    2. O’qituvchining innovatsion faoliyatni shakllantirish shartlari.



Kirish
Mavzuning dolzarbligi O’zbekiston Respublikasi Prizidentining “2017-2021-yillarda ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari tog’risida”gi qarorida bolalarni ta’limga tayyorlash darajasini tubdan yaxshilash, ta’lim-tarbiya jarayoniga zamonaviy ta’lim dasturlari va texnologiyalarini tadbiq etish, bolalarni har tomonlama intelektual, axloqiy, estetik va jismoniy rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratishga doir dolzarb vazifalar belgilab berildi. Mamlakatimizni 2016-yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning asosiy yakunlari va 2017-yilga mo’ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo’nalishlariga bag’ishlangan Vazirlar Mahkamasining kengaytirilgan majlisida prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyevning "Tanqidiy tahlil, qat'iy tartib intizom va shaxsiy javobgarlik-har bir rah bar faoliyatining qoidasi bo'lishi kerak" deb nomlangan maruzasida maktabgacha ta'lim sohasida bolalarni qamrab olish atigi 27foizni tashkil etish va bu sohadagi ishlar etibordan chetda qolganligi takidlab o'tildi. Shuning uchun ham O'zbekistonda maktabgacha ta'lim tizimini yanada takomillashtirish, ta'lim muassasalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, ta'lim-tarbiya jarayoniga jahon amaliyotida keng qo'llaniladigan zamonavaiy ta'lim dasturlarini joriy etish orqali bolalarni maktab ta'limiga tayyorlash sifati va samaradorligini oshirish chora-tadbirlari ko'rilmoqda. O'zbekiston Respuplikasi Prizidenti Sh.M.Mirziyoyevning mamlakatimizni 2016-yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning asosiy yakunlari va 2017-yilga mo'ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo'nalishlariga bag'ishlangan Vazirlar Mahkamasining kengaytirilgan majlisidagi maruzasida: "Oldimizda yoshlarga tarbiya berish, psixologiya va boshqa turli sohalarda kadlarni tayyorlash va qayta tayyorlash bo'yicha murakkab vazifalar turibdi. Yana bir muammoni hal etish muhim hisoblanadi: bu - pedagoglar va professor-oqituvchilar tarkibining professional darajasi, ularning maxsus bilimlaridir. Bu borada ta'lim olish, manaviy-marifiy kamolot masalarini va haqiqiy qadriyatlarni shakllantirish jarayonlariga faol ko'mak beradigan muhitni yaratish zarur.. " ekanligi takidlab o'tildi. O'zbekiston Respuplikasi Prizidenti Sh.M.Mirziyoyevning mamlakatimizni 2016-yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning asosiy yakunlari va 2017-yilga mo'ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo'nalishlariga bag'ishlangan Vazirlar Mahkamasining kengaytirilgan majlisidagi "tanqidiy-tahlil, qat'iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo'lishi kerak" deb nomlangan maruzasida: "... ta'limning yangi zamonavaiy usullarini, jumladan, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish..., but boradagi dolzarb vazifalarni amalga oshirish yoshlarimiz, jamiyatimiz va mamlakatimizning kelajagi uchun strategiya ahamiyatiga ega ekani... " alohida takidlab o'tildi. Bugungi kunda pedagog kadrlarning uzluksiz ta'lim olishini tashkil etish muammolariga butun dunyoda katta e'tibor berilmoqda. Bir qator xalqaro tashkilotlarda, jumladan Jahon ta'limini rejalashtirish instituti (Parij),YuNESKOning ta'lim bo'yicha instituti (Gamburg), oliy ta'limning Yevropa Markazi (Buxarest), Yevropa muallimlar ta'limi assotsatsiyasi (ATEE) va boshqa qator ilmiy muassasalarda bu muammo tadqiq etilmoqda.
Ta'lim-tarbiya jarayoniga ilg'or texnologiya va innovatsiyalar shiddat bilan kirib kelmoqda. Lekin o'qituvchilar bu yangiliklarni aksariyat hollarda o'z faoliyatida qo'llay olmayaptilar. Chunki o'qituvchilarning asosiy qismi ta'limdagi innovatsion jarayonlarga tayyor emas. Shu sababli o'qituvchilarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish, ularga ko'rsatiladigan metodik xizmatni yangicha ijodiy yondaship tashkil qilish ta'lim tizimining amaliy ehtiyojini ta'minlovchi asosiy vositaga aylanmoqda. O'qituvchilarning pedagogik faoliyatini yangilash, innovatsion faoliyatga yo'naltirish, ta'lim jarayoniga innovatsialarni kiritishga tayyorlash zaruriyati paydo bo'lmoqda.
Innovatsion texnologiyalar yana shunisi bilan ham ahamiyatliki, o'qituvchi o'quvchining fikrini hech qachon keskin rad etmaydi, faqatgina to'g'ri xulosani aytib ketadi, natijada o'quvchi o'z xatosini tushunip yetadi. Bu esa ularni tushkunlikka tushish, fikrlashdan to'xtash kabi holatlarni oldini oladi va doimiy faollikni ta'minlaydi. Interfaol metodlar o'quvchi va o'qituvchi o'rtasidagi o'zaro hurmatga asoslanadi. O'qituvchi har qanday vaziyatda ham o'quvchining fikrini tinglaydi, hurmat bilan qaraydi, shu bilan birga o'quvchilarni bir birlarini tinglashga o'rgatadi.
Hozirgi davr rivojlangan mamlakatlarda o'quvchilarning o'quv va ijodiy faolliklarini osbiruvchi hamda ta'lim-tarbiya samaradorligini oshiruvchi pedagogik texnologiyalarni qo'llash borasida boy tajriba to'plangan bo'lib, ushbu tajriba asoslarini tashkil qiluvchi metodlar o'ziga xos ahamiyatga egadir.
Talim jarayoniga yangi pedagogik o'qitish texnologiyalarii va faol metodlarni qo'llash orqali bo'lajak kadrlarni ijodiy fikrlash, mustaqil qaror qabul qilish, yangi bilimlarni mustaqil egallash qobiliyatini rivojlantirishga erishish mumkin. Chunki bozor iqtisodiyoti sharoitida faqat mustaqil fikrlash qobiliyatiga ega bo'lgan shaxsgina o'z muammolarini o'zi mustaqil hal qila oladi va jamiyatda o'z mavqeyiga ega bo'ladi. Bunday qobiliyat esa talim muassasalarida shakllantiriladi. Birinchi prizidentimiz I.A.Karimov takidlaganlaridek: "Demokratik jamiyatda bolalar, umuman har bir inson erkin fikrlaydigan etib tarbiyalanadi. Agar bolalar erkin fikrlashni o'rganmasa berilgan talim samarasi past bo'lishi muqarrar. Albatta, bilim kerak. Ammo bilim o'z yoliga. Mustaqil fikrlash ham katta boylikdir".
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkasining 1998-yil 24-fevraldagi “Akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarini tashkil etish va ularning faoliyatini boshqarish to’g’risida”gi 77-qarori. Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 13-maydagi “O’zbekiston Respublikasi o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limini tashkil etish chora-tadbirlari to’g’risida”gi 204-qaroriga ko’ra, Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 60 kishidan iborat O’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi tashkil etilldi. 1998-yilda akademik litsey va kasb-hunar kollejlari dastlab tajriba tariqasida faoliyat boshladi.

Kasb - hunar kollejlari uchun yuqori malakali pedagog va pedagog muhandislar tayyorlash bo'yicha 3 ta otaliq zo'na ( mintaqaviy ) bo'yicha tegishli oliy o'quv yurtlari biriktirildi :


1 ) Buhoro oziq - ovqat va yengil sanoat texnologiyasi instituti ;
2 ) Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat pedagogika universiteti ;
3 ) Namangan muhandislik pedagogik institutlarida kadrlar tayyorlash uchun zarur shart - sharoitlar yaratildi . Hozirgi kunda Respublikamiz o'rta mahsus , kasb - hunar ta'limi muassasalarida kichik mutaxassislar tayyorlash sifatini yaxshilsh bo'yicha qator pedagogik izlanishlar olib borilmoqda . Bu izlanishlarning aksariyatida pedagog olim , amaliyotchi va tadqiqotchilarning diqqat etibori o'qitish maqsadi va uning natijalariga erishishga , ta'limni texnologiyalashtirish orqali sifatli o'qitishni tashkil etishga , shuningdek , ilmiy asoslangan zamonaviy o'qitish texnologiyalarini ishlab chiqish va ularni ta'lim - tarbiya jarayoniga joriy etishga yo'naltirilgan . " Ta'lim to'g'risida " gi Qonun va " Kadrlar tayyorlash milliy dasturi " ni hayotga tadbiq etish borasida qator ishlar amalga oshirilmoqda . Bu tadbirlar o'z navbatida kasb - hunar kollejlarida o'quvchilarning kasbiy bilim , ko'nikma va malakalarini shakillantirish uchun zamonaviy o'qitish texnologiyalaridan foydalanib o'quv jarayonini samaradorligi va sifatini oshirish talablarini qo'ymoqda . O'tkazilgan dastlabki izlanishlar shuni ko'rsatadiki , hozirgi paytda kasb hunar kollejlarida maxsus fanlarning aksariyati odatdagidek an'anaviy ta'lim texnologiyalari asosida o'qitilib kelinmoqda . An'anaviy o'qitish tizimida ta'lim oluvchining pedagogik ta'sirlar ostida bilim olishi yotadi , bunda o'quvchining faoliyati faol ijodiy xarakterga ega bo'lmaydi . Turli predmetlarni o'qitishda yangi pedagogik , innovatsion , muaqmmoli vaziyatni tashkil etishga asoslangan ta'limga , shu jumladan interaktiv texnologiyalarga asoslangan ta'lim , an'anaviy ta'limga qaraganda ancha yuqori samara berishi kun o'z tasdig'ini topmoqda . Inteaktiv metodlardan foydalanib o'qitish o'quvchilarning bilish imkoniyatlari , ijodiy qobiliyatlari va amaliy ko'nikmalarini rivojlantirish , ularni mustaqil fikr yuritishini tashkil etishda samara berishi kun sayin aniqlanmoqda .
Ta'lim sifatini oshirishning innovatsion texnologiyalardan foydalanib o'qitish ta'lim mazmunining barcha to'rtta ( bilim , ko'nikma , malaka , ijodiy faoliyat ) komponentlarini o'zlashtirishga ijobiy ta'sir etadi . Ular o'quvchilarni maxsus fanlar uchun juda muhim bo'lgan holatlar , ya'ni muammoni mustaqil ko'rish , uni ifodalash , yechish yo'llarini topish va yechishga imkoniyat beradi . Tadqiqot fanlarni o'qitish misolida nazariy bilimlarni o'quvchilarga to'laqonli yetkazish va undan olgan bilimlarni amaliyotda mustaqil ravishda qo'llay olishga o'rgatish vazifalarini yetarlicha tez hal qila oladigan metodik jihatdan asoslangan innovatsion ta'lim texnologiyalarini qo'llash mumkinligi asoslab berilgan . Innovatsion texnologiyalar qayerda samara beradi ? Undan qachon va qanday foydalaniladi ? Bugungi kunda darslarni tashkil qilishda innovatsion texnologiyalardan qay darajada foydalanilmoqdamiz ? Innovatsion texnologiyalardan foydalanib darsni taskil etishga o'qituvchi va o'quvchilarning munosabati qanday ? Shunday qilib , ushbu tadqiqotning dolzarbligi : pedagogika fanlarini o'qitishda innovatsion texnologiyalarni hamda vositalarini takomillashtirish uchun shart - sharoitlar yaratish zarurligi ; pedagogika fanlarini o'qitish samaradorligini va o'quvchilarning bilish faolligini oshirish muammosini hal qilishga bo'lgan ijtimoiy buyurtma mavzuning dolzarbligini asoslaydi . Muammoning o'rganilganlik darajasi Ta'limda innavatsion tadqiqot metodologiuasi sohasida uondashish bugungi kunda R.Mavlonova , N.Muslimov , J.Yo'ldoshev tadqiqotlari , ta'limda pedagogik texnologiua asosida innovasion uondashish N.N.Azizxodjaeva , O.Tolipov , U.Nishaniliev , B.Ziuamuxamedov , ta'limda intenfikasiua uondashish muammolar F.UYzlikaev . M.Ochilov , B.Raximov tadqiqotlari mazumnida innovasion masalalari aks ettirilgan . N.Muslimovning tadqiqotlarida kasbiy - pedagogik faoliyat tuzilishi va uning muhim tarkibiy qismlari , ya'ni konstruktiv , kommunikativ , gnostik , tashkiliy faoliyat batafsil ko'rib chiqilgan . Mustaqillik yillarida innovasiyaga mohiyatan juda yaqin nuqtai nazar S.Ochilov , O.Musurmonova , M.Ochilov , U.Mahkamov kabi olimlarimiz ishlarida uchraydi .

I-BOB.


Download 22,66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish