Pedagoglik kasbi haqida sharq va g'arb olimlarining qonuniyatlaridan foydalanish


SHarq mutafakkirlarining ilmiy merosidan yosh avlod tarbiyasida foydalanishning amaliy axamiyati



Download 111,5 Kb.
bet3/3
Sana21.06.2022
Hajmi111,5 Kb.
#688424
1   2   3
Bog'liq
Pedagoglik kasbi haqida sharq va g\'arb olimlarining qonuniyatlaridan foydalanish

2.2.SHarq mutafakkirlarining ilmiy merosidan yosh avlod tarbiyasida foydalanishning amaliy axamiyati.

SHarq allomalari va mutafakkirlari yosh avlodni kasbga yo‘naltirish bo‘yicha tengi yo‘q fikr, g‘oyalarni ilgari surganlar, ta‘limotlar yaratganlar. Ilmiy merosni sinchkovlik bilan o‘rganish, tahlil qilish, tizimlashtirish hamda jahon fanining mazkur sohadagi yutuqlari bilan taqqoslash o‘zligimizni anglash imkonini kengaytirib, xalqimizning jahon hamjamiyatidagi obro‘-e‘tiborini yanada oshiradi. Milliy pedagogikamiz tarixini, ayniqsa, yosh avlodni kasbga yo‘naltirish bo‘yicha ajdodlarimizning asrlar davomida to‘plagan tajribalarini o‘rganish esa kasbga yo‘naltirish jarayonini takomillashtirishga xizmat qilishi shubhasiz.


Manbalarda bayon qilinishicha, azal-azaldan farzandlarini kasb-hunarga yo‘naltirishga, ularning ilm-fan, ma‘rifat sirlarini egallashiga ajdodlarimiz katta e‘tibor berishgan. Mehnat, mehnat tarbiyasi, ustoz-shogird an‘anasi, kasb-hunarning mohiyati, kasb-hunarni egallashning jamiyat va yosh avlod uchun ahamiyati, kasb-hunarlarning kishiga qo‘yadigan talablari kabi masalalar Muhammad Xorazmiy, Abu Nasr Forobiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Yusuf Xos Hojib, Mahmud Qoshg‘ariy, Amir
Temur, Alisher Navoiy, Jaloliddin Davoniy, Husayn Voiz Koshifiy, Zahiriddin Muhammad Bobur kabi ulug‘ bobokalonlarimizning tarixiy merosidan joy olgan.
―Avesto‖da ham bolalar yoshligidan daraxt ko‘chati o‘tqazish, uy-ro‘zg‘or qurollarini tayyorlash kabi mashg‘ulotlar bilan shug‘ullanishlari kerakligi haqida ko‘plab satrlar mavjud.
Imom Buxoriy to‘plagan hadislar kitobi – ―Al jome-as sahih‖da ham yoshlar kelajagi uchun muhim kasb-hunarni o‘rganish, mehnat qilish va uning afzalligi to‘g‘risida ko‘plab hadislar keltirilgan. Etiborlisi shundaki, mazkur to‘plamda
―To‘quvchi haqida‖, ―Temirchi haqida‖, ―Tikuvchi haqida‖, ―Savdo ishlari haqida‖ boblar mavjud bo‘lib, ularning kasbiy odobi bilan bog‘liq masalalar ham o‘zaksini topgan. Bular ona diyorimizda yosh avlodni kasbga yo‘naltirish ishini olib borishda muhim manba bo‘lgan.
―Abu Rayhon Beruniy insoniyat tarixida birinchilardan bo‘lib bolalarni kichik yoshidan mehnat qilishga o‘rgata borish, kattalar mehnatini ezozlaydigan qilib tarbiyalash, bolani ilm va kasbga o‘rgatish oilaning diqqat markazida bo‘lishi kerakligi haqida fikr bildirgan. Alloma oilada boshlangan mehnat tarbiyasini maktabda ta‘lim bilan birga hunar o‘rgatishga bog‘lab davom ettirish lozimligini alohida ta‘kidlagan.
Ulug‘ mutafakkir mehnat va kasb-hunar vorislik asosida avloddan-avlodga meros bo‘lib o‘tishini sinchkovlik bilan o‘rgangan va insonlarning hunarmandchilik faoliyatlarini yuqori baholagan‖6.
O‘z-o‘zidan ravshanki, serqirra faoliyat murakkab mehnatni, chuqur bilimni talab qilish barobarida hunarmand ustalar orasida ixtirochilikning keng tarqalishiga zamin yaratgan.
Ayniqsa, ajdodlarimiz tomonidan toshlarni parmalab teshish, arralash va kesishda zarur bo‘lgan oddiy parmalash dastgohi hamda burg‘uning kashf qilinishi o‘sha davr uchun o‘ziga xos mo‘‘jiza sanalgan. Yuqorida bayon qilinganlar yurtimizda metallurgiya, konchilik sohalari bilan birga, hunarmandchilikning naqadar keng tarmoq otganidan dalolat beradi.
Abu Rayhon Beruniy ta‘lim va tarbiyani amalga oshirishda bolaning moyilligi, qobiliyatini hisobga olish zarurligining tub mohiyatini pedagogika-psixologiya fanlari tarixida ilk bor ko‘rsatib bergan.
Tarixiy manbalardan ma‘lumki, hunar egallash ko‘lami rivojlanishi yuqori pog‘onaga ko‘tarilgan. Natijadaxalqimizning xorijiy davlatlar bilan iqtisodiy-madaniy aloqalari avj olgan. Ayrim manbalarga asoslanib shuni aytish mumkinki, 32 xil hunar turi mavjud bo‘lgan aholi yashaydigan joyni shahar deb atashgan. Sohibqiron Amir Temur ham Samarqandni o‘z saltanatining poytaxti etib tanlashida yuqorida ko‘rsatilgan qoidaga amal qilganini alohida ta‘kidlash joiz.
Ilk uyg‘onish (Renessans) davri fani va pedagogik fikrlar taraqqiyotiga katta hissa qo‘shgan donishmand Yusuf Xos Hojib ―Qutadg‘u bilig‖ asarida har bir kishi ijtimoiy hayotning faol ishtirokchisi sifatida hunar o‘rganmog‘i, o‘z hunari bilan xalqiga, Vataniga xizmat qilishi zarurligini uqtiradi. Darhaqiqat, hunar o‘rganishga va mehnat qilishga intilish har bir inson uchun hayotiy ehtiyoj bo‘lmog‘i kerak. SHu bois ulug‘ mutafakkir o‘z bolalarini foydali mehnatga o‘rgatmasdan ortiqcha erkalatib, bu bilan ularning kelgusida noloyiq xatti-harakatlar qilishiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri aybdor bo‘ladigan ota-onalarni qattiq qoralab, ―Kimning o‘g‘li yoki qizi taltaytirib yuborilgan bo‘lsa, buning uchun u oxiri qattiq yig‘laydi‖, deb ta‘kidlaydi.
―Mahmud Qoshg‘ariy ―Devoni lug‘atit turk‖ asarida ―Ilmli, aqlli odamlarga yaxshilik qilib so‘zlarini tingla. Ilmlarni, hunarlarni o‘rganib, amalga oshir‖, deydi. Allomaning ushbu fikri kishilarni mehnat qilishga, yaxshilikka undaydi, yomonlikni qoralaydi. Ilm va hunar sohiblarini e‘zozlab, kishilarni ulardan ibrat olishga chaqiradi‖7.
Sohibqiron Amir Temur o‘z saltanatida yirik mehnat taqsimoti negizida mustaqil soha bo‘lib ajralib chiqqan hunarmandchilik – to‘qimachilik, yog‘och va tosh o‘ymakorligi, gilam to‘qish, sopol, metall buyumlar tayyorlash kabi sohalarni yanada rivojlantirishga hamda dehqonchilik, chorvachilik va savdoga katta ahamiyat qaratgan. SHu sababli ijtimoiy hayotda yangidan-yangi kasb-hunarlarning paydo bo‘lishiga imkoniyat yaratilgan, ommaviy ishsizlikka yo‘l ko‘yilmagan.
Ajdodlarimiz o‘z asarlarida yoshlarning kasbiy mehnat ta‘limi va tarbiyasiga juda katta etibor berganlar. Ular kasb-hunar ta‘limiga talim va tarbiyaning zaruriy tarkibiy qismi sifatida yondashganlar va uni aqliy, jismoniy va manaviy tarbiya bilan birga olib borish zarur, deb hisoblaganlar. Yoshlarga qobiliyatlarini va moyilliklarini hisobga olib, jiddiy o‘ylab mehnat turini tanlash to‘g‘risidagi pand va nasihatlarini ko‘rish mumkin. CHunonchi, Alisher Navoiy ta‘lim oluvchilarning individual, o‘ziga xos qobiliyatlarini hisobga olish zarurligini ta‘kidlab, ―Insonlar tabiatan teng bo‘lsalar ham, ammo ularga turli fazilatlar berilgan‖8, deydi.
―Farhod va SHirin‖ dostonida pahlavon Farhodning ilm-hunarga qiziqishini targ‘ib etadi hamda Farhodni bir necha kasblar egasi, ya‘ni sangtaroshlik, rassomlik, naqqoshlik kabi hunarlarni mukammal egallab olgan kishi sifatida ulug‘laydi. Ilm va hunarni egallagan, jismoniy jihatdan chiniqqan mehnatsevar Farhod kamtarin, mazlumlarga g‘amxo‘r, odil, mard va olijanob bo‘lib yetishadi.
Bu kabi misollar nafaqat adabiyot darsida, balki kasb-hunar kollejlarida ishlab chiqarish ta‘limi ustasi mashg‘ulotlarida ham keltirilsa, o‘quvchilarning bir necha hunarni egallashga bo‘lgan ishtiyoqi oshadi.
Buyuk ajdodlarimiz badan tarbiyasi, jismoniy mashqlar va sport, milliy harakatli o‘yinlarning yosh avlodning asosli kasb tanlashiga ijobiy tasirini boshqa millatlardan ancha oldin fahmlab olgani, undan oqilona foydalangani ibratlidir. Davlat va fuqarolik ishlarini to‘g‘ri tashkil etishda odamlarning psixologik, fiziologik imkoniyatlarini hisobgaolib ish ko‘rganliklari, shubhasiz, har birimizda hayrat, zavq va g‘urur tuyg‘ularini uyg‘otadi.
Yuqorida bayon qilinganlardan ko‘rinadiki, buyuk allomalar va mutafakkirlar kasbga yo‘naltirishning ijtimoiy-iqtisodiy, ma‘naviy-axloqiy, pedagogik-psixologik jihatlariga, ota-ona, maktabning roli, kasb tanlashda yosh avlodning hayot, mehnat yo‘lini mustaqil tanlashiga alohida e‘tibor 6ilan qarashgan. Bolani hunarga yo‘llashda uning qiziqish, moyilligi, qobiliyatini o‘rganish, bunday holatda ularning onglilik, izchillik va vorisiylik, yosh va individual xususiyatlarini hisobga olish zarurligini qayd etgan.
Xullas, bu kabi misollar ajdodlarimizning kasb tanlash nazariyasini shakllantirishga munosib hissa qo‘shganidan dalolat beradi. Umumta‘lim maktablarida kasbga yo‘naltirish jarayonida ajdodlarimizning boy ilmiy merosidan unumli foydalanish ijobiy samara berishi shubhasizdir.
Barkamol avlodni tarbiyalash orzusiga tariximizdan ko‘p misollar keltirish mumkin. Al Farobiyning ―Fozil odamlar shahri‖ Yusuf Xos Hojibning ―Qutadg‘u bilik‖, Kaykovusning ―Qobusnoma‖ asari, Ahmad Yugnakiyning ―Hibatul haqoyiq‖, Sa‘diyning ―Guliston‖, Jomiyning ―Bahoriston‖, Alisher Navoiyning ―Mahbub-ulqulub‖, Davoniyning ―Axloqi Jaloliy‖ kabi asarlarida sog‘lom va barkamol insonni shakllantirish mazmuni, yo‘llari, shakllari hamda usullari yoritiladi. SHunday asarlardan biri Kaykovusning ―Qobusnoma‖ asaridir. Ming yilga yaqin davrlardan beri xalqni ayniqsa yoshlarni hayotga, amaliy faoliyatga tayyorlashda qo‘llanma bo‘lib kelayotgan ―Qobusnoma‖ asari hozirgi o‘zgarishlar davrida insonni ma‘naviy kamolotga yetkazishda muhim o‘rin kasb etmoqda. XII asrning 82-83 yillarida
G‘arbiy Eron podshohining nabirasi Kaykovus ibn Iskandar o‘z o‘g‘li Gilonshohga bag‘ishlab ―Nasihatnoma‖ sini yaratdi va uni bobosi podshoh SHamsul maoniy Qobus sharafiga ―Qobusnoma‖ deb ataydi. Bu asar juda ko‘p sharq va g‘arb tillariga tarjima qilingan. 1860 yilda ―Qobusnoma‖ asari birinchi marta buyuk o‘zbek shoiri va mutaffakkiri Muhammad Rizo Ogahiy tomonidan tarjima qilingan.
Ushbu asar muqaddima va qirq to‘rt bobdan iborat. Muqaddimada asarning nomlanishi va G‘ilonshoh shajarasi xususida yozib, ―Ey farzand, ikki tarafdan sening asling va nasabing pokdur va ulug‘dur‖ deydi. Kaykovus ―Qobusnoma‖ asarida ilmni uchga bo‘ladi: biror kasb-hunarga bog‘liq ilm, ilm bilan bog‘liq bo‘lgan kasbhunar hamda xayr va dalolatga taalluqli odat. Ilm olish yo‘liga kirgan toliblarga hamma vaqt parhezli va qanoatli bo‘lish, bekorchilikdan o‘zini tiyish, doimo shodxurram va harakatchan bo‘lish, kitob o‘qishga berilish, ilm yo‘lida qayg‘u hasratga berilmaslik, ilmni yodda saqlash uchun uni takrorlab borish, ilmda haqiqat uchun kurashish, oz so‘zlab, ko‘p tinglash haqida gapiriladi.
―Kaykovus bilim va aqlning ahamiyatini aytib, uni mol-dunyodan ham yuqori qo‘yadi. ―Agar molsizlikdan qashshoq bo‘lsang, aqldan boy bo‘lmoqqa say‘ ko‘rguzgilki, mol bila boy bo‘lgandan, aql bila boy bo‘lg‘on yaxshiroqdur, nedinkim, aql bila mol jam etsa bo‘lur, ammo mol bilan aql o‘rganib bo‘lmas. Bilgil, aql bir moldurki, uni o‘g‘ri ololmas, u o‘tda yonmas, suvda oqmas, inson odobi ham aqlning belgisi ya‘ni ―al adab – suratil aql ‖ deb xulosa chiqaradi‖9.
Kaykovus kasb-hunar o‘rganishni bilim olish bilan qo‘shib olib borishni tavsiya etadi.Kaykovus inson tarbiyasiga katta e‘tibor beradi. U axloqlilikning birinchi belgisi suxandonlik deb, suxandonlik (notiqlik) da rost so‘zlash kerakligini ta‘kidlaydi. Kayqovus asarining 5-bobi ―Ota va ona haqqini bilmoq zikrida‖ deb nomlanadi. Unla muallif ―Qur‘on‖ va ― Hadis‖lardan kelib chiqib: ―O‘z farzanding sening haqingda qanday bo‘lishini tilasang, sen ham ota- onang haqida shunday bo‘lgil, nedinkim, sen ota-onang, haqinda nima qilsang, farzanding ham sening haqingda shundoq ish qilur, odam mevaga, ota-ona daraxtga o‘xshaydur‖, deydi.
―Kaykovus oilada otaning vazifasi va burchiga alohida ahamiyat beradi. Farzand tug‘ilganda avvalo, unga yaxshi ism qo‘yish, undan so‘ng aqlli va mehribon murabbiyga topshirish, o‘qitish, ulg‘aya boshlaganda kasb-hunar o‘rgatish kerak, deydi.
Kaykovus otaning burchi o‘z farzandiga adab ham o‘rgatish ekanligini ta‘kidlaydi. U ilm, hunar va adabni farzandga meros qoldirish har bir ota-onaning farzandi haqqini bajargani, deb hisoblaydi. Kaykovus otalarning o‘z farzandlariga nisbatan qattiqqo‘l bo‘lishlarini talab qiladi. Otadan farzand hayiqib tursin, agar u hayiqmasa, ota-onani xor qiladi, deydi‖10.
Kaykovusning hayotga xulq-odob qoidalariga qanday rioya etgani haqidagi fikrlari ajoyibdir. Bu borada uning yoshlarni adolatsevar, insonparvar, saxovatli, sabrqanoatli, muruvvatli, to‘g‘riso‘z, rostgo‘y bo‘lish haqidagi qarashlari mavjud. Uning yaxshilik haqidagi fazilatli fikrlari diqqatga sazovordir: ―Ey farzand, yaxshilik qil va qilg‘on yaxshilikdan hargiz pushaymon bo‘lmag‘il. Bir kishiga bir yaxshilik qilsang, ko‘rgilki, yaxshilik qilg‘on vaqtda u kishiga naqadar rohat etadi, sening ko‘nglingda ham undan ziyodroq shodlik va xurramlik yetishur‖. Kaykovus asarning ―Do‘st tutmoq zikrida‖ bobida inson do‘stsiz bo‘lgandan ko‘ra, birodarsiz bo‘lgani durustdir, deydi. Kishining qancha do‘sti ko‘p bo‘lsa, aybi shuncha sir tutiladi va fazilati ko‘payadi. U haqiqiy do‘st deb qiyinchiliklarga duchor bo‘lganda unga yordam bergan, undan yuz o‘girmagan, ta‘magir, hasadchi bo‘lmagan, aqlli, bilimli, muruvvatli kishilarni aytish va ularni do‘st tutish mumkin, deb ta‘kidlaydi. Kaykovus ―Qobusnoma‖ asarida jismoniy tarbiyaga e‘tibor berib, javonmardlik tarbiyasiga bag‘ishlaydi. U javonmardlikning jismonan sog‘lom yoshlar sifatida kamolga yetishishini ta‘kidlaydi. U inson salomatligini ta‘minlashda to‘g‘ri va oqilona ovqatlanish haqida alohida bob ajratgan. U bir kecha-kunduzda ikki mahal-erta tong va peshinda ovqatlanishni tavsiya etadi, kechki ovqatni tavsiya etmaydi. Kayqovus inson o‘z tanasining toza, pokiza bo‘lishiga ham e‘tibor berishi kerak, deydi. Uning ―Hammomga borish zikrida‖, ―Uxlamoq va osuda bo‘lmoq zikrida‖, ―Tamkin sharofati va taom tartibining bayoni‖ kabi boblarida uxlamoq, yemov-ichmoq, hammomga borish qoidalarini bayon etib, yoshlarni jismoniy, axloqiy tarbiyalab, ularni doimo faol bo‘lishga undaydi. Kayqovus javonmardlar uchun shaxmat va chavgon o‘yini, kamondan o‘q uzish kabi qoidalarni bilishi zarur, deydi. U rushda ham adolatli bo‘lishi, do‘st bilan dushmanni ajrata bilishi zarur, deydi. Kaykovusning xizmati shundaki, u yoshlarni hayotga tayyorlash, hamda ularni har tomonlama kamolga yetkazishga yo‘naltirilgan faoliyatning nazariy hamda amliyotga tatbiqi mohiyatini ifodalab beradi. SHu bois bu asar barcha davrda ham, xususan, xozirgi 2016 yil-―Sog‘lom ona va bola yili ‖da ham o‘z qimmatini yo‘qotmadi.

1 Karimov I.A. Yuksak ma‘naviyat – yengilmas kuch. – T.: Ma‘naviyat, 2008. - 171 b.

2 XII asrlarda madaniy taraqqiyot. 75 b.

3 XII asrlarda madaniy taraqqiyot. 89 b.

4 XII asrlarda madaniy taraqqiyot. 94 b.

5 Temur tuzuklari: Ahmedov B. tahriri ostida. – T.: G‘.G‘ulom nomidagi nashriyot – matbaa birlashmasi, 1991. – 144

6 Musurmonova O. Ma‘naviy qadriyatlar va yoshlar tarbiyasi. – T.: O‘qituvchi, 1996. – 192 b.

7 Musurmonova O. Ma‘naviy qadriyatlar va yoshlar tarbiyasi. – T.: O‘qituvchi, 1996. – 196 b.

8 Safo Ochil. Mustaqillik ma‘naviyati va tarbiya asoslari. – T.: O‘qituvchi, 1995. – 208 b.

9 Xayrullayev M.M. O‘rta Osiyoda IX-XII asrlarda madaniy taraqqiyot. – T.: Fan, 1994. – 75 b.

10 Xayrullayev M.M. O‘rta Osiyoda IX-XII asrlarda madaniy taraqqiyot. – T.: Fan, 1994. – 78 b.


Download 111,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish