Tarbiya-o’sib kelayotgan avlodda hosil qilingan bilimlar asosida aqliy kamolot – dunyoqarashni, insoniy e’tiqod, burch va ma’suliyatni, jamiyatimiz kishilariga xos bo’lgan axloqiy fazilatlarni yaratishdagi maqsadni ifodalaydi; Tarbiya bola tug’ilgandan boshlab umrining oxirigacha oilada, maktabda va jamoatchilik ta’sirida shakllanib boradigan jarayondir; Ta’lim – maxsus tayyorlangan kishilar rahbarligida o’tkaziladigan, o’quvchilarni bilim, ko’nikma va malakalar bilan qurollantiradigan, bilim, qobiliyatlarini o’stiradigan, ularning dunyoqarashini tarkib toptiradigan jarayondir;
Do'stlaringiz bilan baham: |