Pedagogika va psixologiya



Download 343,5 Kb.
bet6/11
Sana07.09.2017
Hajmi343,5 Kb.
#19151
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11

Ko`plab qizlar o`zlarining taassurotlarini ba’zan lab va qosh harakatlari bilan oliy darajada ifodalaydilar. Masalan, savol bermoqchi bo`lsa, u qimirlamay qoshini tepaga shunday chaqqonlik bilan bip oz ko`taradiki, natijada haqiqatan boshqa har qanday savol uning tomonidan ortiqcha ekanligi ayon bo`ladi, chunki uning yuzi mukammal darajada o`z-o`zidan savol «belgisiga aylanadi...»

Darhaqiqat, o`zbek xonadonida qadim-qadimdan qizlar tarbiyasiga alohida e’tibor berilgan. Ularniig xulqi, odobi, tarbiyasi hamisha diqqat markazida bo`lgan. «Bir qizga etti mahalla ega» degan naqlning yashab kelayotgani esa qizlar tarbiyasi bilan, keng jamoatchilik shug`ullanganidan, bu masala ijtimoiy ruh kasb etganidan dalolatdir.

O`zbek xonadonidagi qizlar birinchi navbatda ota-onaga itoatda, kattalarga hurmatda bo`lish ruhida tarbiyalanib, odobning nozik tomonlariga o`rgatilgan. Shuning uchun ham ular har doim sernazokat bo`lishgan, ayniqsa, mehmonlar oldida muloyim odob saqlashgan. Ular yoshlik chog`laridanoq belgilangan xulq-odobni o`zlashtirishgan. Masalan, qizlar o`tirgan uyga tashqaridan ota yoki katta akalari kirib kelishsa, ular darrov o`rinlaridan turib, salom berishga o`rgatilgan. Kattalar bilan bo`lgan muloqotlarda o`zlarini vazmin tutishga, berilgan savollarga erkak kishishining yuziga deyarli qaramay, gavdani bir oz egib, osoyishta ohangda javob berishga undalgan.

qiz bola bir yoshga etganda ikki qulog`ini teshib sirg`a taqishgan. Ulg`aygach sochlarini mayda o`rib, qirq kokil qilib orqasiga tashlab, boshiga do`ppi kiyib yurishgan. Sochining ko`pligi va uzunligi uning sog`lom, odobli, go`zalligi ramzi hisoblangan. qiz bola etti yoshdan oshgach, na otasi, na aka-ukalari o`pib erkalatmaganlar. Uni akalari va ota-onalari bilan bir xonada yotqizilmagan va hokazo.

Tarixdan qizlar tarbiyasi bilan asosan onalar shug`ullanganligini bilamiz. Onalar ijtimoiy foydali mehnatga keng jalb etilishi munosabati bilan o`zbek oilalarida ota-onalarning tarbiya vazifalarida qayta taqsimlanish sodir bo`ldi. Masalan, otaning qizlar tarbiyasiga faol aralashuvi oqibatida qizlar dovyurak, jangovarroq, cho`rtkesar, so`zamol, epchil bo`lib tarbiyalanayotirlar.

qizlar harakteridagi bu o`zgarish jarayoni shu qadar tez va shu qadar shiddatli bo`ldiki, ko`p vaqt o`tmay oilalarda «qizlarni asliga qaytarish» muammosi ko`ndalang turdi. Ayol qudrati jami xatti-harakatda erkaklar bilan tenglikda emas, nazokat va mehr-shafqatda ekanini yoshlarga singdirish zarur bo`lib qoldi. Bu borada yana sharqona, o`zbeklarga xos odob-axloqni joriy etish, latofat, bosiqlik, mulohazalilik, andisha, o`zini tuta bilishlikni tarbiyalash, xalq pedagogikasi durdonalaridan unumli foydalanish zarurligi borasida ko`p gapirila boshlandi. qizlar tarbiyasida ularning his-tuyg`ulariga, tabiat va jamiyat oldidagi burchini teran tushunib etishiga alohida ahamiyat berish kerakligi ta’kidlandi. Bularning hammasi oiladan boshlanadi. O`zbek xonadonida kichik yoshidanoq qizlarning kiyinishi, shaxsiy gigienasi, xatti-harakati nazoratga olinadi. qizlarga og`ir ishlar buyurilmaydi. Ularning ma’naviy tarbiyasiga katta e’tibor beriladi. qizlarning o`ziga xos iffati, odobi, kiyinish etikasi, kishilar bilan munosabatda iboli, andishali bo`lish kabi axloqiy sifatlar singdirib boriladi.

Nazarimizda qizlarning ibosi, odobi va ma’naviy kamolotiga faqat oiladagina emas, balki jamiyat nuqtai nazaridan ko`proq e’tibor berish, ularning didi, madaniyatlardan foydalanish darajasini nazorat qilish maqsadga muvofiqdir. Bunday tarbiya namunalarini xalq tarbiyashunosligidan o`rgansa bo`ladi. Uning hech qaerda yozilmagan shunday saboqlari, nozik jihatlari borki, ularni o`rganish, tiklash payti keldi. Xalqning chuqur madaniyatidan dalolat beruvchi kichik bir udumni eslatib o`tmoqchimiz.

Qadim-qadimdan qiz bola uyda yolg`iz qolgan bo`lsa, uzoqdan kelgan erkak mehmon ham bu xonadonga bostirib kirmagan. Yukini uyga tashlab, xonadon sohibi kelguncha, ko`cha-ko`yda aylanib yurgan. qariyalar, ayollar bo`lsa boshqa rap. Ularga ota-ona kelguncha, izzat-ikrom ko`rsatilgan, mehmon qilingan. Imkon bo`lsa, suhbatlashib o`tirish uchun qo`ni-qo`shni chaqirilgan. O`zbek oilalarida qizlar tarbiyasiga o`g`il bolalarga nisbatan mas’uliyatliroq yondashiladi. Nazarimizda, buning sababi ota-onalarning qizlarning kelajaklari haqida ko`proq qayg`urishlari, bobo va buvilarimizning an’anaviy uslublariga tayanib, ularni ro`zg`or mehnatiga ko`proq jalb etishlaridir. qizlar uy yumushlariga ko`proq tortiladi. Ular yoshligidanoq epli qilib tarbiyalanadi. Uyni yig`ishtirish, tongda turib eshik ochish, hovli va ko`chani chinnidek qilib supurish, kiyim bichish-tikish, magazinlardan oziq-ovqat harid qilish, kir yuvish va ko`plab boshqa ishlarga o`rgatiladi.

Deyarli barcha ota-onalarning (ayniqsa onalarning) fikricha, qizlar tarbiyasiga bo`lgan bunday mas’uliyat, ularni mehnatga o`rgatishning oqibat maqsadi — ularni bo`lajak oilaviy hayotga iloji boricha yaxshi tayyorlashdan iboratdir. qizlarning tabiatan intiluvchanligi, harakatchanligi, vazminligi va mehnasevarligi ular bilan ishlashni bir oz engillashtiradi. Sharq xotin-qizlarining mehnasevarligi, ibosi, hayosi va tabiatan vazminligi, ayniqsa, ularning mehnati g`oyat qadrlanmoqda, iftixor bilan tilga olinmoqda. Albatta, bundan hamma ishlarni ayollar bajarishlari lozim, erlariga tobe bo`lishlari kerak, degan xulosa kelib chiqmasligi kerak.

Ayni paytda ayrim oilalarda xotin-qizlarga nisbatan hozirgi kunda ham ayni shunday noto`g`ri munosabatlarda bo`linayotganligini, hatto kichik yoshdagi o`g`il bolalar ham o`zlarini har jihatdan qizlardan, ba’zan hatto onasidan ham ustun qo`yayotganining guvohimiz. Ayrm oilalarda erkaklar ayollarga nisbatai ko`proq huquqqa ega ekanliklarini ko`rsatishga uriadilar. Bu salbiy holatlarga chek qo`yish kerak.

Xullas, ota-onalar qizlarni aqlli, dono, chiroyli, mehnasevar, keyinchalik oilani boshqara oladigan qilib o`stirishga harakat qiladilar, or-nomusli, iffatli bo`lishini istaydilar va ularni shu ruhda tarbiyalaydilar. qizlarga «Sepli qizim bo`lguncha, epli qizim bo`l» deb nasihat qilinishining boisi ham shundadir.


Download 343,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish