Pedagogika va psixologiya



Download 343,5 Kb.
bet11/11
Sana07.09.2017
Hajmi343,5 Kb.
#19151
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11

3 - jadval.



P a s t d a r a j a


Savollar

1

2

3

4

5

6

7

8

9

10

Nazorat guruhi

1-so`rovnoma

13

14

11

10

11

8

9

10

8

6

43,3%

46,4%

37%

33%

37%

26,7%

30%

33%

26,7%

20%

2-so`rovnoma

12

11

13


8

10

10

11

12

7

6

40%



36,6%

43,3%

26,7%

33,3%

33,3%

36,7%

40%

23,3%

20%

Tajriba sinov ishlarini olib borishdan ko’zlangan maqsad ta’lim jarayonida xalq milliy qadriyatlaridan foydalanish orqali talaba estetik madaniyatini shakllantirishning o’ziga xos tizimini ishlab chiqishdan iborat.

Natijalar tahlilidan kelib chiqib ishtirokchilar o’rtasida maqsadga yo’naltirilgan maxsus tarbiyaviy tadbirlarni tashkil etdik. Mazkur tadbirlar asosan, ta’lim-tarbiya jarayoni negizida olib borildi. Buni biz “Pedagogika”, “Ma’naviyat soatlari” darslari asosida olib bordik. “Pedagogikka”fanidan “Tarbiya pirinsiplari” va “Estetik tarbiya” mavzusida darslarni olib bordik. Shuningdek, “Ma’naviyat soatlari”da “An’ana va zamon”, “Tariximiz boyligimiz”, “Navro’z - umumxalq bayrami” kabi mavzularda suhbatlar olib bordik.

Har bir o’tkazilgan mashg’ulotlardan so’ng, talabalarning bilimi va o’zlashtirish darajasi savol-javoblar, so’rovnomalar asosida tekshirilib borildi.

Tajriba-sinov ishlarining nihoyasida talabalar orasida qayta so’rovnomalar o’tkazildi. Aniqlovchi tajriba va rivojlantiruvchi bosqichdan keyin natijalar solishtirilganda talabalardagi estetik tarbiya haqidagi bilimlar va amaliy ko’nikmalar ijobiy tomonga o’sganligi namoyon bo’ldi.
Xulosa
Istiqlolga erishgan O’zbekistonimiz kelajagini o’ylar ekanmiz, uning poydevori bo’lgan talabalarni sharqona tarzda, milliy an’analarimi ruhida tarbiyalashimiz kerak.

Har qanday metodologiya mazmuni va mohiyati jihatidan ma’lum bir xalqning, millatning tarixiy, madaniy, diniy, hududiy boy merosining asl negizini yoritishga, ijtimoiy-iqtisodiy turmush tarzining ma’naviyat dialetikasini bilish yo’llarini aniq belgilab berishga, ulkan muammolarni hal qilishda zamonaviy va kelajak ilg’or g’oyalarini ko’ra bilishga xizmat qiladi. Shu boisdan ham Sharq taraqqiyoti mahsullari:

- xalq pedagogikasi va yozma ma’naviy meros,

- diniy manbalar,

- sharq allomalari ijodida ilgari surilgan komil inson g’oyasi,

-I.A.Karimovning qator asarlari ham talabalarda estetik tarbiyasini shakllantirishga xizmat qiladi. Talaba yoshlar ongiga mazkur yuksak axloqiy-milliy qadriyatlarni singdirish, talabalarning estetik madaniyat haqidagi nazariy bilimlarini oshirish, xalq milliy an’analarini shaxs estetik madaniyatini shakllantirishdagi o’rni haqida tushunchalr berish va amaliy bilimlarni boyitish katta ahamiyatga ega.



Demak, talabalarni estetik va har tomonlama barkamol, yetuk qilib tarbiyalashda o’zbeklarning urf-odat, qadriyat, an’analatining roli benihoya katta. Xalq ichida keng tarqalgan xalq og’zaki ijodi namunalari (asotir, afsona, ertak, rivoyat, latifa) xalqning turmush tarzi, milliy axloq mezonlari, ta’lim-tarbiya usullari va tamoyillarini o’zida mujassam etgan bo’lib, har bir umumiy va xususiy xarakterga ko`ra talabalarni aqliy teranlik, mantiqiy fikrlashga, olg’a surilgan ilg’or g’oyalarni amaliyotga tadbiq etish orqali komillikka erishishni ta’minlaydi.
Tavsiyalar
Umuminsoniy va milliy qadriyatlar asosida uyushtirilgan “Navro’z, Mehrjon, Gul bayrami, Hosil bayrami, Ro`za hayiti, Qurbon hayiti” o’zbek xalq an’analri “San’atshunoslik”, “Adabiy yodgorliklar bilan tanishish”, “Milliy merosimizni o’rganamiz” mavzusi yuzasidan kechalar, qadimiy yodgorliklarimizga sayohatlar, taniqli kishilar bilan uchrashuvlar konferensiyalar, adabiy-badiiy kechalar va sinfdan tashqari tarbiyaviy tadbirlar Farzand tarbiyasida samarali foydalanish - ularning estetik madaniyatini shakllantirishga bevosita xizmat qiladi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

  1. I.A.Karimov. “Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi”.–T.: “O’zbekiston” 2010.

  2. I.A.Karimov. “Jaxon moliyaviy iqtisodiy inqirozi, O`zbekiston sharoitida uni bartaraf etish yo`llari va choralari”. – T.: “O’zbekiston” 2010.

  3. I.A.Karimov. “Yuksak ma`naviyat yengilmas kuch”. – T.: “Ma`naviyat” 2008.

  4. I.A.Karimov “O’zbekistonning o’z istiqlol va taraqqiyot yo’li”.-T.: “Ozbekiston”. 1992y

  5. I.A.Karimov “Bizdan ozod va obod vatan qolsin”.-T.: “O’zbekiston” 1994 y

  6. I.A.Karimov “Tarixiy xotirasiz kelajak yo’q”. -T.: “Sharq”.1998 y

  7. I.A.Karimov “Istiqlol va ma’naviyat” T.: “O’zbekiston” 1994 y

  8. I.A.Karimov “O’zbekiston XXI asrga intilmoqda”.- T.: “Ozbekiston” 1999 y.

  9. O’zbekiston Milliy Ensiklopediyasi 5-tom.

  10. O’zbekiston Milliy Ensiklopediyasi 8-tom

  11. O.Bo’riyev “Oila va yangi an’analar” -T.: “O’zbekiston” 1988y

  12. O.Bohidirov “Yngi an’ana va urf-odatlar” -T.: “Ozbekiston”

  13. T.Jalilov “An’analar hayot sabog’i” - T.: “Ozbekiston” 1992y

  14. M.Inomova “Oilada bolalarning ma’naviy, axloqiy tarbiyasi”-T.: “Ozbekiston” 1999y

  15. M.Inomova “Farzand nihol, ota-ona bog’bon”-T.: “Ozbekiston” 1993y

  16. O.Musurmonova “Olia ma’naviyati milliy g’ururi” -T.: “Ozbekiston” 2000y

  17. M.Murodov “O’zbek qadriyatlari”

  18. O.Musurmonova “Ma’naviy qadriyat va yoshlar tarbiyasi”.-T.: “Ozbekiston” 1996 y

  19. O.Musurmonova G.Boybekova “O’zbek xalq pedagogikasi”.-T.: “O’qituvchi” 2000y

  20. Azizxo’jayeva N.N. Pedagogik texnologiya va pedagogik mahorat. – T.: TDPU. 2003y

  21. Ochilov M. Yangi pedagogik texnologiyalar. Qarshi. “Nasaf”. 2000y. 74 b

  22. Qoraboyev. U. O’zbekiston xalq o’yinlari. T. 2001y. 56 b

  23. Xasanbayev J.X., X.A.To’raqulov., O.A.Ravshanov., N.X.Kushvaktov // “Milliy pedagogikamiz tarixiy ildizlari va barkamol avlod tarbiyasi”. Jizzax-2007

  24. Yunusov D., Sharipov A., Kushvaktov N. “Milliy qadriyatlarni targ’ib qilishda sahna ko’rinishlarining ahamiyati” // Pedagogika fanining barkamol avlodni shakllantirishdagi o’rni.(1-qism) -T.: “Sangzor”, 2003.- 66-71- betlar.

  25. Yunusov D., G’ulomov A. “Boshlang’ich sinflarda ommaviy-tarbiyaviy tadbirlarni tashkil qilishning ijtimoiy asoslari” “Boshlang’ich ta’limda innovasion texnologiyalar: muammolar, yechimlar” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjumani materiallari. 1-qism. - Jizzax, 2006. - 117-118-betlar.

  26. Milliy istiqlol g’oyasini shakllantirishda tashkiliy-uslubiy yondashuvlar. - T.: “Akademiya”, 2002.

  27. Miralimov Sh. Yangi an’analar, yangi odatlar. –T.: “O’zbekiston”, 1975.

  28. Muhamedov A. Madaniy-oqartuv ishi pedagogikasi. T.: “O’zbekiston”, 1985.

  29. Kushvaktov N.X., Yunusov D.R. “Ommaviy-tarbiyaviy ishlar orqali milliy ma’naviy qadriyatlarni targ’ibot qilish” // “Yoshlar ongiga MIG’ ni singdirishda ijtimoiy-gumanitar fanlarning vazifalari” mavzusidagi Respublika ilmiy-nazariy anjumani materiallari. Jizzax, 2006.- 115-116-betlar.


Ilova

A.Qodiriy nomli Jizzax Davlat Pyedagogika Instituti

5140800 - Pyedagogika va psixologiya yo`nalishi bitiruvchisi

Qo`shmatov Sherzodning

Xalq pedagogikasida milliy qadriyatlar orqali talabalarni estetik tarbiyalashning shart-sharoitlari mavzusidagi Bitiruv Malakaviy ishiga byerilgan

X U L O S A


5140800 – Pyedagogika va psixologiya yo`nalishi bitiruvchi bosqich talabasi Qo`shmatov Sherzod Nasriddinovich tomonidan Xalq pedagogikasida milliy qadriyatlar orqali talabalarni estetik tarbiyalashning shart-sharoitlari mavzusida bajarilgan Bitiruv Malakaviy Ishi O`zbyekiston Ryespublikasi yoshlarini milliy qadriyatlar vositasida tarbiyalash hozirgi kunning muhim vazifalaridan biridir. Ushbu vazifani amalga oshirish, milliy qadriyatlar orqali talabalarni estetik tarbiyalash orqali amalga oshiriladi.

Tadqiqotchi talaba jamiyatimizda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy talablar asosida talabalarni estetik tarbiyalash shart-sharoitlarining o’rni va ahamiyatini o`rganib, quyidagi ilmiy myetodik yangiliklarni nazariy va amaliy jixatdan tadqiq qilishga harakat qilgan:



  • milliy urf-odatlar va qadriyatlar va an’analarni talabalarning estetik tarbiyasini shakllantirishda qo’llanilishi bo`yicha ish tajribalarini o’rganish va targ’ib qilish;

  • talabalarni milliy urf-odatlar va qadriyatlarga o’rgatishning samarali, ommaviy usullarini ishlab chiqish va hayotga tadbiq etish;

  • olib borilgan ish tajribasidan kelib chiqib, talabalarga estetik tarbiyani shakllantirishda milliy qadriyatlarning o’rnini aniqlash;

  • tajriba va pedagogik jarayonda talabalarni milliy ruhda tarbiyalashning turli yangi ta’sir etuvchi shakllarini aniqlash.

Talaba pyedagogik amaliyotni Jizzax Pyedagogika kollyejida o`tash jarayonida tadqiqot ishlarini ham olib bordi. Ilmiy mavzu nazariy tomondan o`rganildi, ilmiy asoslangan holda amaliyotga tadbiq etildi. Ushbu faoliyat ta'lim va tarbiyaviy jarayonlarda olib borildi va tadqiqot natijalari tahlil qilinib, tavsiyalar ishlab chiqildi.

Bitiruv Malakaviy Ishining amaliy ahamiyati nazariy jihatlarni chuqur o`rganib, tahlil qilinib, ryeja asosida vazifalar byelgilanib, ilmiy yangiligi amaliyotda o`z aksini topdi. Natijalar samaradorligi aniqlanib, ilmiy-amaliy xulosalar chiqarilgan.

Tadqiqotchi talaba Qo`shmatov Sherzod Nasriddinovichning tadqiqot mavzusi hozirgi kunda dolzarb ahamiyat kasb etadi. Ilmiy ish to`liq Bitiruv Malakaviy Ish talablariga javob byeradi. Ish nazariy va amaliy ahamiyatga ega bo`lgan holda tajriba-sinov jarayonida o`z mazmun mohiyatini yanada ochib byerdi.

Yuqoridagilardan kyelib chiqqan holda, shuni ta'kidlash lozimki, tadqiqotchi tomonidan olib borilgan ilmiy izlanish to`liq yakuniga yyetkazilgan va ilmiy xulosalar chiqarilgan, shuningdyek, mazkur ilmiy-tadqiqot ishining samaradorligi aniqlangan.

Ushbu tadqiqot ishi Bitiruv Malakaviy Ishiga qo`yilgan talablarga to`liq javob byeradi.

Shu sababli mazkur Bitiruv Malakaviy Ishini himoyaga tavsiya etaman.


Ilmiy raxbar: D.Yunusov

A.Qodiriy nomli Jizzax Davlat Pyedagogika Instituti

5140800 - Pyedagogika va psixologiya yo`nalishi bitiruvchisi

Qo`shmatov Sherzod Nasriddinovichning

Xalq pedagogikasida milliy qadriyatlar orqali talabalarni estetik tarbiyalashning shart-sharoitlari mavzusidagi Bitiruv Malakaviy Ishiga byerilgan

T A Q R I Z

O`zbyekiston Ryespublikasida amalga oshirilayotgan islohatlar, o`zgarishlar, chiqarilayotgan Qonunlar ta'lim sohasiga yuqori malakali kadrlar tayyorlashga bo`lgan ehtiyojni yanada kuchaytirmoqda.

Ushbu Bitiruv Malakaviy Ishida “Ta'lim to`g`risida”gi Qonun, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” da qo`yilgan talablarni amalga oshirish ko`zda tutilgan. Kadrlar tayyorlash jarayonida o`quvchi yoshlarni myehnat faoliyatini tashkil etish va boshqarishni o`rgatishdan asosiy maqsad o`quvchilarda myehnat faoliyatiga bo`lgan qiziqishlarini zamon talablari doirasida tadbiq qilish bosh masala qilib qo`yilgan.

Bitiruv Malakaviy Ishning kirish qismida, tadqiqotning dolzarbligi, maqsadi, vazifalari, ob'yekti, pryedmyeti, myetodologik asosi, ilmiy farazi, nazariy asosi, ilmiy yangiligi, natijalarning joriy qilinganligiga to`xtalib o`tgan.

Bitiruv Malakaviy Ishining birinchi bobida, tadqiqotchi mavzuga doir adabiyotlarni, manbalarni, yangiliklarni o`rgangan, tahlil qilgan, xulosa chiqargan.

Shuningdek, ikkinchi bobda, mavzuga doir chiqarilgan xulosalar asosida pyedagogik usullardan foydalanish, ularni qo`llash bo`yicha o`z tavsiyalarini byerib o`tgan va mavzu bo`yicha tajriba-sinov ishlarining natijasi, tahlili va samaradorligi ochib byerilgan.

Qo`shmatov Sherzodning Xalq pedagogikasida milliy qadriyatlar orqali talabalarni estetik tarbiyalashning shart-sharoitlari mavzusidagi tadqiqot ishini Bitiruv Malakaviy Ishiga qo`yilgan talablarga to`liq javob byerganligini inobatga olib himoyaga tavsiya etaman.

Jizzax Pyedagogika kollyeji

Pyedagogika kafyedrasi mudirasi: G.Quvnoqova

A.Qodiriy nomli Jizzax Davlat Pyedagogika Instituti

5140800 - Pyedagogika va psixologiya yo`nalishi bitiruvchisi

Qo`shmatov Sherzodning Xalq pedagogikasida milliy qadriyatlar orqali

talabalarni estetik tarbiyalashning shart-sharoitlari mavzusidagi

Bitiruv Malakaviy Ishiga byerilgan

T A Q R I Z
Ryespublikamiz mustaqillikka erishgan dastlabki kunlardanoq, ta'lim –tarbiya sohasiga katta e'tibor qaratilmoqda. Shuningdyek, ta'lim tizimini tubdan isloh qilish ishlari amalga oshirilmoqda.

Ushbu Bitiruv Malakaviy Ishida “Ta'lim to`g`risida”gi Qonun, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”, hamda “Davlat ta'lim standartlari” da qo`yilgan talablarni amalga oshirish ko`zda tutilgan. Kadrlar tayyorlash jarayonida o`quvchi yoshlarni myehnat faoliyatini tashkil etish va boshqarishni o`rgatishdan asosiy maqsad, o`quvchilarda myehnat faoliyatiga bo`lgan qiziqishlarini zamon talablari doirasida tadbiq qilish bosh masala qilib qo`yilgan.

Tadqiqot ishining kirish qismida, tadqiqotchi tadqiqotning dolzarbligi, maqsadi, vazifalari, ob'yekti, pryedmyeti, myetodologik asosi, ilmiy farazi, nazariy asosi, ilmiy yangiligi, natijalarning joriy qilinganligiga to`xtalib o`tgan.

Bitiruv Malakaviy Ishining birinchi bobi “Estetik tarbiyalash-zamonaviy pedagogik muammo sifatida” dyeb nomlangan. Ushbu bobda tadqiqotchi, mavzuga doir adabiyotlarni to`plab o`rganib chiqqan va ularga sharhlar byergan. Ma'lumotlar tizimlarga ajratilgan.

Bitiruv Malakaviy Ishining ikkinchi bobi “Xalq pedagogikasida milliy qadriyatlar vositasida talabalarni estetik tarbiyalash metodikasi” dyeb nomlanib, tadqiqotchi o`quvchi yoshlarni myehnat faoliyatini tashkil etish va boshqarish tyexnologiyasini taklif etgan va qo`llagan. Uslubiy tavsiyalar byergan, tajriba ishlarining natijalari tahlil qilingan, ilmiy-amaliy asoslangan.

Tadqiqotchi Qo`shmatov Sherzodning Xalq pedagogikasida milliy qadriyatlar orqali talabalarni estetik tarbiyalashning shart-sharoitlari mavzusidagi tadqiqot ishida ayrim imlo xatolar uchraydi, lyekin bu kamchiliklar Bitiruv Malakaviy Ishining umumiy mohiyati va mazmuniga salbiy ta'sir ko`rsatmaydi.



Ushbu Bitiruv Malakaviy Ishini to`liq tugallangan ish dyeb hisoblab, Bitiruv Malakaviy Ishi talablariga to`la javob byeradi dyeb o`ylayman va ochiq himoyaga tavsiya etaman.
P.f.n., dotsyent: N.X.Kushvaktov






Download 343,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish