Pedagog kadrlarni attestatsiyadan o‘tkazish. Pedagog kadrlar attestatsiyasi ularning kasbiy mahoratlarining o‘sishini rag’batlantirish, ta’lim-tarbiyasida ilg’or pedagogik texnologiyalarni yaratish va ularni qo‘llash, ma’naviy-ma’rifiy yo‘nalishlardagi natijalarni xolis baholash, egallab turgan yoki da’vogarlik qilinayotgan toifa va lavozimlarga munosiblikni aniqlash, ta’lim muassasalarida ta’lim-tarbiyasi jarayoni sifatini oshirish maqsadida o‘tkaziladi.
Pedagog kadrlar attestatsiyasi 5 yilda bir marta O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test Markazi tarkibidagi “Kadrlar tayyorlash sifatini nazorat qilish, pedagog kadrlar va ta’lim muassasalari attestatsiyasi boshqarmasi hamda Xalq ta’limi Vazirligi bilan birgalikda ishlab chiqilgan jadvallar asosida tashkil etiladi. Xalq ta’limi tizimi pedagog kadrlar tarkibiga professor-o‘qituvchi, o‘qituvchi, metodist, tarbiyasichi, psixolog, defektolog, logoped, sport instruktori, musiqa va to‘garak rahbarlari kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |