Pedagogika va psixologiya


Pedagogik texnologiyalarlar rivojining zamonaviy bosqichi



Download 1,13 Mb.
bet138/157
Sana14.07.2021
Hajmi1,13 Mb.
#118984
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   157
Bog'liq
умум пед маъруза 2 хориж учун

Pedagogik texnologiyalarlar rivojining zamonaviy bosqichi

Pedagogik texnologiya mamlakatimiz ta’lim tizimida, qolaversa, pedagogik nashrlarda ilmiy tushuncha tarzda qachon paydo bo’ldi? SHubhasiz, yangi soha 1997 yilda «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi»da dolzarb tadqiqot ob’ekti darajasiga ko’tarildi va ijtimoiy buyurtma sifatida yuzaga kalkib chikdi. SHu bilan birgalikda mustaqillikning dastlabki yillaridayoq bu muammoga qo’l urildi, aniqrog’gi 1993 yilda “Halq ta’limi” jurnalida chop etilgan maqolada birinchi marta pedagogik texnologiya tushunchasi mohiyati, uning ta’rifi va ma’lum pedagogik tizim doirasidagi talqini yoritildi.

Bugun esa pedagogik texnologiya mavzusi bo’yicha mamlakatimizda nazariy va amaliy konferentsiyalarni uyushtirish, vaqtli matbuotlarda maqolalarning tez-tez ko’zga tashlanib turishi ijtimoiy vokelikka aylanib borayotganligi quvonchlidir. 1997 yil may oyida Samarqand Davlat Universitetida o’tkazilgan “Oliy ta’limning xozirgi dolzarb muammolari” Oliy o’quv yurtlariaro ilmiy-metodik konferentsiyaning yalpi yigilishida “Pedagogik texnologiya: kontseptual tahlil” mavzusida ma’ruza qilindi. Ma’ruzada ta’limni texnologiyalashtirish jarayoni ijtimoiy buyurtma sifatida mavjudligi e’tirof etildi, pedagogik texnologiya ta’rifi, mohiyati va tarixi hamda zamonaviy loyihasi metodologik yondashuvlar asosida tahlil qilindi.

Pedagogik texnologiya muammolariga oid olimlarning fikrlari vaqtli nashrlarda, “Ma’rifat”, “Uchitel O’zbekistana” kabi ro’znomalarda muntazam ravishda yoritilib turibdi . Demak, bu mavzu nazariyasi va amaliyoti ko’p ming sonli auditoriyaga kirib borayapti, o’qituvchilar kunlik faoliyatlarida ulardan foydalanayotganligi ma’lum.

Tarixga nazar tashlaydigan bo’lsak, ta’lim texnologiyasining rivojlanish bosqichlarida bir necha rivojlangan davlatlarda tadqiq etuvchi tashkilotlar, tashkilotning maxsus axborot vositalari, ilmiy jurnallari mavjud bo’lgan. Har bir ilmiy jurnallar o’z faoliyatlari doirasida yangiliklarni yoritib borishgan.
Ta’lim texnologiyasi muammolarini tadqiq etuvchi tashkilotlar xamda ilmiy jurnallar




Mamlakatlar

Tashkilot nomi

Tashkil topgan yil

Jurnal nomi

Nashr etilgan yili

1

AQSH

Ta’lim Kommunikatsiyasi Assotsiatsiyasi

1971

«Ta’limtexnologiyasi»

«Educational Technology»



1961

2

Angliya

Pedagogik ta’lim Milliy Kengashi

1961

«Ta’limtexnologiyasivadasturlita’lim»

1964













«Ta’lim texnologiyasi»

1970

3

YAponiya

4 nomda ilmiy jamiyatlar faoliyat olib bormoqda

1965-70

«Ta’lim texnologiyasi»

1965













«Ta’lim texnologiyasi sohasidagi tadqiqotlar»

1965

4

Italiya







«Ta’lim texnologiyasi»

1971

O’tgan asrning 70-80 yillarda AQSHda yuzaga kelgan pedagogik texnologiya oqimi deyarli barcha rivojlangan mamlakatlarga tarqaladi, YUNESKO kabi nufuzli tashkilot tomonidan tan olindi va qo’llab – quvvatlandi va xozirgi kunda ko’p mamlakatlarda muvafaqqiyatli o’zlashtirilmoqda.

1996 yilda Ierusalim universitetida YUNESKO xomiyligida pedagogik texnologiya bo’yicha halqaro anjuman bo’lib o’tdi. Anjumanda pedagogik texnologiyasi yordamida erishilgan muvaffaqiyatlar to’g’risida nafaqat AQSH, Buyuk Britaniya, Germaniya vakillari, balki Kosta-Rika, Filippin, Turkiya, Malta vakillari xam ma’ruza qildilar. YUNESKO ning navbatdagi anjumani 1997 yili Manilo shaxrida, 1998 yili Kanadada o’tkazildi.

Ko’pgina mamlakatlar o’qitishda texnologik yondoshuvdan foydalanib, o’quvchilar o’zlashtirishini oshirishda sezilarli muvafaqqiyatlarga erishdilar. Masalan, Janubiy Koreyada pedagogik texnologiya bo’yicha sinov – tajriba tarzida o’qiyotgan 50 ming boladan 75 foizi an’anaviy o’qitishda faqat eng yaxshi o’quvchilar erishadigan natijalar qo’lga kiritilgan. Bir qator boshqa mamlakatlarda o’tkazilgan tajribalar o’qitishning bu tizimini qo’llash urtacha o’quvchiga an’anaviy o’qitishda 80-85 foiz o’quvchilar erishadigan natijadan yuqoriroq natijaga erishish imkonini berishini ko’rsatdi. TIMSS uchinchi halqaro matematika va ilmiy tadqiqotlar ma’lumotiga ko’ra pedagogik texnologiyani o’zlashtirish Singapur, Koreya va YAponiyaga 9-13 yoshlik va bitiruvchi sinf o’quvchilari o’rtasida matematika bo’yicha 3 ta yuqori o’rinni egallash imkonini berdi.

Ishlab chiqarish sohasi bilan ta’lim jarayoniga solishtiradigan bo’lsak, ishlab chiqarishni birinchi bosqichda, ilmiy tadqiqot ishlar natijasi bo’yicha konstruktorlik tayyorgarlik amalga oshiriladigan bo’lsa, ta’lim sohasida Davlat ta’lim standartlari tayyorlanadi.

Ta’lim sohasi bo’yicha Davlat ta’lim standarti quyidagilarni o’z ichiga oladi:

- kadrlar tayyorlash sifatiga quyiladigan talablar;

- ta’lim dasturining tarkibi va mazmuni, ta’lim oluvchilarning zaruriy va yetarli tayyorgarlik darajasi;

- ta’lim muassasini bitiruvchilariga qo’yiladigan malakaviy talablar;

- o’quv yuklamasining maksimal hajmi, ta’lim muassasalari faoliyati va kadrlar tayyorlash sifatini nazorat qilish mexanizmi va qoidalari.

Zamonaviy samarali ishlab chiqarish, tayyor texnologik jarayonsiz faoliyat ko’rsata olmaydi. Ishlab chiqarish sohasi kabi ta’lim sohasida davlat ta’lim standartlari, ya’ni ta’lim "konstruktsiyasi" yaratilishi, tayyorlanganidan so’ng texnologik tayyorgarlik, ya’ni namunaviy o’quv rejalarini, fanlarning namunaviy o’quv dasturlarini tuzish; darsliklar va o’quv qo’llanmalari yaratish; laboratoriya jihozlarini va o’qitishning texnik vositalarini, loyihalash, tayyorlash, sotib olish; o’quv ishlarini hisoblash uchun vaqt me’yorlarini o’rnatish kabilar amalga oshiriladi. Unda ta’lim jarayonini ta’lim muassasining faoliyatini va kadrlar tayyorlash sifatini baholash mezonlari o’rnatiladi. O’quv jarayonining texnologik tayyorgarligiga o’qitish jarayonini o’zi uni optimallash va samarasini ko’tarish xam kiradi. Xozirgi zamon sharoitida o’qitish jarayonini, ya’ni yagona shaklga solish, o’qitishni yuqori unumga erishish pedagogik texnologiyani ishlab chiqish va qo’llash hisobidan amalga oshiriladi.
Pedagogik olimlarning «Pedagogik texnologiya» tushunchasiga ta’riflari.

Pedagogik texnologiya atamasi, hali standartlashtirilmagan, shuning uchun uning anchagina ta’riflari mavjud. Misol tariqasida pedagogik texnologiya (PT) ning bir necha ta’riflarini keltiramiz.

PT – bu, o’quv vaziyatlarini loyihalash asosidagi o’qituvchi va o’quvchilarning algoritmlashtirilgan faoliyatidir. (Palchevskiy, Fridman)

PT – bu, oldindan loyihalashtirilgan o’quv-tarbiya jarayonini, amaliyotga tizimli va ketma-ket tadbiq etilishidir. (V.P.Bespalko)

PT – bu, mashinalar vositasida o’qitish san’ati yoki pedagogik faoliyatni muhandislik san’atiga o’xshatishdir. (G.Ilin)

PT – bu bilimlar o’zlashtirilishining barcha jihozlari muammola­rini tahlil etish va rejalashtirish, ta’minlash, baholash va muammolar yechimini boshqarishga qaratilgan faoliyatni tash­kil etish usullari va vositalari, odamlar, g’oyalarni o’z ichiga oluvchi majmualashgan jarayondir (AQSHning pedagogik kommunikatsiyalar va texnologiyalar assotsiatsiyasi).

Pedagogik texnologiyaning ko’p ta’riflari mavjudligi, bu atamaning standartlashtirilmaganligini inobatga olib, unga nufuzli tashkilot YUNESKO tomonidan berilgan ta’rifiga murojaat qilish maqsadga muvofiqdir.

Pedagogik texnologiya bu - texnikaviy va insoniy manbalarni va ularning o’zaro bog’liqligini inobatga olib, o’z oldiga ta’lim shakllarini maqbullashtirish vazifasini qo’yadigan, butun o’qitish va bilim olish jarayonini, yaratish, qo’llash va aniqlash bo’yicha tizimli qarashdir.

Pedagogik texnologiyaga turli ta’riflar mavjud.




Download 1,13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   157




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish