1.O‘quv fani o‘qitilishi bo‘yicha uslubiy ko‘rsatmalar
O‘zbekiston Respublikasi “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” va “Ta‘lim to‘g‘risida”gi qonun, milliy istiqlol g‘oyasi va mafkurasi talablari asosida oliy o‘quv yurtlarida bo‘lg‘usi mutaxassislarni aqliy, ahloqiy, intelektual, estetik va jismoniy jihatdan komil insonlar qilib tarbiyalashda “Pedagogika va psihologiya fanlarini o‘qitish metodikasi” fani ustuvor fanlardan biri hisoblanadi. Mazkur fanning dasturi oliy o‘quv yurtining bo‘lajak o‘qituvchilarini pedagogika va psixologiya fanlarining nazariy, amaliy va milliy asoslari, pedagogik va psixologik bilimlar majmuasi bilan qurollantirishga xizmat qiladi. “Pedagogika va psihologiya fanlarini o‘qitish metodikasi” predmetining dasturi yaxlit pedagogik jarayonni tashkil etishga, boshqarishga va ta’minlashga xizmat qiluvchi pedagogik va psixologik fanlarni o‘qitish jarayoni, mazmuni, metod, shakl va vositalarini keng miqiyosda yoritib beradi.
.
Do'stlaringiz bilan baham: |