Pedagogika va Psixologiya fakulteti
2 - kurs 201 - guruh talabasi Turg’unova
Robiyaning amaliyot uchun amalga oshirgan
Hisoboti.
Bugun biz 201 - Guruh talabalari 4”V”- ixtisoslashtirilgan davlat maktabiga amaliyot õtash uchun keldik. Bizni amaliyot rahbarimiz Gulchehra Alimovna maktab ma'muriyati bilan tanishtirdi. Maktab direktori bizni maktab ichki tartib qoidalari bilan tanishtirdi. Va bizni 4 kishidan sinflarga taqsimlashdi. Men , Tulqinova Dinora,Abdurayimova Mahbuba va Xo’jahanova Yulduz 4”V” - sinfga biriktirildik.
Men 4”V” - sinfga biriktirildim. Bu sinfda 31 ta o'quvchi bor ekan. Ulardan 13 ta o' quvchi a'lochi, 6 tasi past o'zlashtiradigan o' quvchi lar ekan. Kam ta'minlangan o'quvchilar yo'q ekan. Bugun ularning ingliz tili darsiga kirdik. Bu darsda ular 2 guruhga bo'linishar ekan. Bu esa ularni fanni yaxshi o'zlashtirishga imkon yaratar ekan. O' qituvchi har bir o'quvchi bilan alohida ishlash imkoni tug'ilar ekan. Bu darsdan men turli metodikalar o'rgandim.
Bugun 4”V” - sinf o'quvchilarida 5 soat dars bor ekan. Biz barcha darslarni kuzatib ,tahlil qildik. O’qish darsida o'qituvchidan o'rgangan narsamiz shu bo'ldik. Mehnat darsida qiz bolalar va o'g'il bolalar alohida guruhlarga bo'linishar ekan. Bu dars juda ham qiziqarli tashkil qilindi. O' g'il bolalar duradgorlik ishlarini , qiz bolalar esa tikish- bichish ishlarini o'rganishar ekanlar.Bu darsda ham barcha o’quvchilar faol tarzda qatnashishdi.
Bugun 8- sinf o'quvchilarida 6 soat dars bor. Algebra darsida o' quvchilar ikki guruhga bo'linib , kichik bellashuv o'tkazishdi. Bu bellashuv judayam qiziqarli tashkil qilindi. Deyarli barcha o'quvchilar ishtirok etishdi. Fanga bo'lgan qiziqish ortdi. Va chizmachilik darsi bo'ldi. Bu darsda o'quvchilar chizmalarni chizishga biroz qiynalishgan bo'lsada, keyinchalik bu chizmalarni chizish o'zlari uchun juda ham qiziqarli tuyildi. Buning sababli o'qituvchining boy tajribasi va mahoratidadir.
Amaliyotim davrida maktab óquvchilari bilan muntazam ish olib bordim va maktab ichki tartib-qoidalari bilan tanishdim va o’rgandim. O’qituvchilarning dars o’tish jarayonlarini kuzatdim va dars jarayoni uchun kerak bo’ladigan turli o’qitish metodlari, yangi pedagogik texnalogiyalarning dars davomida qo’llanilishini, shu bilan birga, noan’anaviy o’qitish uslublaridan foydalanishni va eng asosiysi pedagog sifatida o’quvchi bilan to’g’ri va samarali aloqa o’rnatishni kuzatdim va o’rgandim. Biz darsni to’g’ri tashkillash, mavzuga mos bo’lgan materiallar, ko’rgazmali qurollar, tarqatma materiallar, mashqlar, mavzularga mos keladigan o’yinlar tayyorlashni, barcha o’quvchilar bilan birdek ishlashni, darsga jalb qila olishni, o’quvchilarni rag’batlashni, vaqt taqsimotini to’g’ri tashkil etishni o’rgandim va o’zim ham mustaqil ravishda o’quvchilarga dars o’tdim. Bunda menga o’qituvchilardan o’zlashtirgan bilimlarim samara berdi. Amaliyotim mobaynida bir qancha ochiq darslarni kuzatdim va ularni qanday tashkillashni, nimalarga ko’piroq e'tiborli bo’lish kerakligini, qanday usullar orqali ochiq darslarni qiziqarli va samarali tashkil etishni o’rgandim. Shu bilan birga maktabdagi jamoat ishlarida ham faol ishtirok etishga harakat qildim. Sinflarda o’tkaziladigan ma’naviyat soatlarida muntazam qatnashdim. Ma’naviyat soatlarini olib borishni kuzatish jarayonida guruh rahbari ish rejasi asosida ma’naviy-ma’rifiy ishlarni amalga oshirishni o’rgandim.
Do'stlaringiz bilan baham: |