Pedagogika va psixalogiya


a) muayyan ijtimoiy gurux, jamoa, tashkilotni tashkil etgan odamlarning o‘ziga xos fel-atvorlari



Download 0,79 Mb.
bet3/7
Sana25.02.2022
Hajmi0,79 Mb.
#462501
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Abdurahmon Muhammadamin kurs ishi

a) muayyan ijtimoiy gurux, jamoa, tashkilotni tashkil etgan odamlarning o‘ziga xos fel-atvorlari;
b) o‘zini tashkil etgan muayyan ijtiomiy gurux kishilarining o‘zlariga xos ijtimoy belgilari, sotsial qiyofalari.
Individ va shaxs tushunchalari bir-biriga yaqin. SHaxs betakror (individual) sifatlari bilan albatta individ, ammo u faol xususiyatlari tufayli shaxsdir. Individni o‘ziga xoslik, betakrorlik sifatlasa, shaxsni shu bilan birga, erkin, ijodiy fikrlash va muayyan vaziyatda ma’suliyatni o‘z zimmasiga olib, mustaqil harakat yo‘nalish olish qobiliyati kabi sifatlar belgilaydi. SHaxs har bir davrda mavjud bo‘lgan muayyan ijtimoiy extiyojlar va manfaatlarni ilg‘ab olib, o‘zi mansub bo‘lgan odamlar guruxi manfaatlarini to‘laroq gavdalantiradigan va u sotsial guruxga xos fazilat va qusurlarni yorqinroq namoyon etadi. Bunday shaxslar o‘zi mansub bo‘lgan ijtimoiy gurux manfaatlarini faol ximoya qila oladi va buning uchun masuliyatni o‘z zimmasiga dadil ola biladi. yani muayyan umumiylik ayrim shaxslarda o‘zining yorqin ifodasini topadi.
Ijtimoiy muxit inson shaxsini qay darajada shakllantirsa, shaxslar xam o‘sha muxit qanday xolatda bo‘lishini kafolatlaydi. Biroq, shaxslarning barchasi xam ijtimoiy muhit doirasida harakat qiladigan, qotib qolgan turg‘un fikrlar asosida hayot yo‘nalishi belgilaydigan insonlar emas. Har bir individda genetik dastur asosida qabul qilingan va qayta ishlaydigan axborotli inikos turlicha bo‘lgani sababli, undagi o‘zi yashab turgan ijtimoiy muxit xodisalariga qiziqish darajasi xam turlicha bo‘ladi. SHaxs o‘z shaxsiy sifatlari bilan muayyan ijtimoiy harakatga ta’sir ko‘rsatish darajasiga qarab qadrlanadi va qadrsizlanadi. Muayyan tarixiy sharoitlarda yirik ijtimoiy xarakatlarga boshchilik qilganlar tarixiy shaxs sifatida o‘zidan yaxshi yoki yomon nom qoldiradi. Tarixiy shaxslarda jamiyat taraqqiyotini tezlatish yoki sekinlatish, xatto orqaga qaytarish imkoniyati katta bo‘ladi. Bunda ulardagi tarkib topgan dunyoqarash va shu asosida vujudga kelgan imon yo‘nalishi va darajasi muhim rol o‘ynaydi, undagi insoniy fazilatlar va qusurlar o‘zi boshchilik qilayotgan harakatga ijobiy yoki salbiy tasir ko‘rsatadi.
SHaxs va uning erki muammosi doimo dolzarb bo‘lib kelgan. Erkin faoliyat ko‘rsatishga ega bo‘lish shaxs uchun tarixiy, ijtimoiy va axloqiy qadriyat bo‘lib, uning individualligi namoyon bo‘lishi va jamiyat taraqqiyoti darajasining mezonidir. SHaxs erkinligini poymol etish, uning ongi va xulq-atvorini bir qolipga solishga intilish, individlarni jamiyat, davlatni boshqarish ishlaridan amalda chetlatish shaxs kamolotiga salbiy tasir ko‘rsatish bilan birga ijtimoiy taraqqiyotni xam sekinlatadi, turg‘un xolga keltiradi va xatto tanazzulga olib keladi. SSSR bunga misol.
Tirik tabiatda biologik tanlov xayvonlar uchun qanchalik axamiyatli bo‘lsa, ijtimoiy xayotda xam insonlarning tanlov erki shunchalar axamiyatlidir. Faqat shaxslar uchun tanlov erki bor joydagina taraqqiyot tez va maqsadga muvofiq borishi mumkin. Umuman mavjud ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy, xuquqiy munosabatlar shaxs erki va kamolati uchun qanchalik tasir ko‘rsatmasin, ayni chog‘da u munosabatlar qanday bo‘lishi ko‘p jixatdan shaxslarning bu munosabatlarga amaliy yondashuvlariga xam bog‘liq bo‘ladi. Sobiq SSSR da shaxsga sig‘inish va bu bilan malum darajada bog‘liq xolda ro‘y bergan turg‘unlik yillarida adolat o‘rnini riyo, xaqiqat o‘rnini qo‘rquv, xadiksirash egallaganini albatta nazarda tutish kerak. Ikkiyuzlamachilik kadrlar uchun qadriyatga aylanib qoldi, chunki buningsiz ular o‘z vazifalarini bajara olmaydigan xolga keldilar. Demak, bizning zamonamizda individlar, ayniqsa shaxslar ijtimoiy-iqtisodiy va davlat tuzumlarining asiri emas, balki ularning ijodkori xam ekanligini nazarda tutib siyosat belgilagan tarixiy shaxslar o‘zlaridan yaxshi nom qoldirishlari, avlodlar xotirasida buyuk kishilar sifatida abadiyatga doxil bo‘lishlari mumkin. Buning aksi xam bo‘lishi mumkin. Masalan, CHingizxon, Gitler, Lenin va Stalin kabi shaxslar ma’lum qisqa tarixiy davrda o‘zlarini qanchalik ulug‘lanishlariga erishmasinlar, piravordida ularning nomi bilan bog‘langan qarashlar, tuzumlar g‘ayriinsoniy tusda ekani ma’lum bo‘ldi va ularning nomlari taraqqiyparvar insoniyat tomonidan la’natlanib tilga olinayotgani tamomila tabiiy xoldir. Hatto ularning urug‘-aymoqlari ham og‘ir ahvolga tushib qolganini, iztirobli hayotni boshlaridan kechirganliklarini unutmaslik lozim.
Kezi kelganda yana shuni ham ta’kidlab o‘tish lozimki, har qanday shaxs zamirida oqilona faoliyat yotuvchi ongli-ixtiyoriy faollik tavsiflanadi. SHuningdek inson yangi moddiy va ma’naviy boyliklar yaratib, o‘z ijodiy imkoniyatlarini izchil ro‘yobga chiqarish orqali shaxs sifatida namoyon bo‘ladi.
Tarixiy taraqqiyot natijasida faqat shaxsning shakllanishi mavjud ijtimoiy tuzumning o‘zgarishi bilan chegaralanmaydi, balki shaxs bilan jamiyat munosabatlari ham o‘zgarib, rivojlanib boradi.
Hozirgi zamon fanida shaxsning shakllanishiga ta’sir ko‘rsatuvchi uch muhim omil: irsiyat, madaniy muhit va yashash sharoiti farqlanadi. Bu omillar o‘zaro ta’sirga kirishishi natijasida inson shaxs sifatida o‘ziga xos xususiyatlar majmui: tegishli ehtiyojlar, qiziqishlar, mijoz, qobiliyatlar, maqsadlar, mo‘ljallar, ma’naviyat va shu kabilarga ega bo‘ladi. Insonning mazkur betakror individual xususiyatlari asosan u yashayotgan muhitdagi ijtimoiy va madaniy shart-sharoitlar ta’sirida shakllanadiki, bu shaxsning shakllanishi va kamol topishida jamiyat juda muhim rol o‘ynashini qayd etish imkonini beradi. Ayni vaqtda shaxs umumiy e’tirof etilgan me’yorlarga muvofiq yoki ularga zid shakllanishi va kamol topishi mumkin. Bu ma’noda ijobiy shaxslar to‘g‘risida ham, salbiy shaxslar to‘g‘risida ham so‘z yuritish mumkin.
Hozirgi vaqtda aksariyat olimlar va faylasuflar inson evolyusiyasidagi ijobiy jarayonlarni va ijtimoiy o‘zgarishlar imkoniyatlarini ijtimoiy munosabatlarning insonparvarlashuvi, odamlar ongidan umuminsoniy me’yorlar mustahkam o‘rin olishi bilan bog‘lamoqdalar. Bunda inson o‘zining butun umri mobaynida, bir tomondan, o‘z oldiga qo‘ygan maqsadlariga erishishga harakat qilib, boshqa tomondan esa – o‘zini qurshagan ijtimoiy va tabiiy muhit ta’sirini his etib, yaxlit bir butun hodisa sifatida, uzluksiz tadrijiy rivojlanishini e’tiborga olish lozim. Boshqacha aytganda, o‘zining kamol topish jarayonida u doim ham sub’ekt, ham ob’ekt hisoblanadiki, bu shaxsning o‘z imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarishi va hayot mazmunini izlashi bilan bog‘liq bo‘lgan yana bir muhim falsafiy muammo yuzaga kelishini belgilaydi.
Mamlakatimiz mustaqillikka erishgandan so‘ng shaxsning har tomonlama, yaxlit rivojlanishiga yo‘l ochildi. Bu holat davlatimizning qator farmon va qarorlari bilan mustahkamlanmoqda. Xususan “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”ning hayotga tadbiq qilinishi fikrimizning yorqin dalilidir.
Fuqarolik va huquqiy davlat bunyod etilayotgan hozirgi sharoitda jamiyatning moddiy texnik bazasini mustahkamlash, bozor munosabatlariga asoslangan ijtimoiy munosabatlarni shakllantirish va rivojlantirish, madaniy-ma’rifiy ishlarni amalga oshirish asosida ma’naviy boylikni, axloqiy poklikni va jismoniy barkamollikni o‘zida uyg‘unlashtirib birlashtirgan yangi inson shaxsining shakllanishi ta’minlanadi.


Hozirgi zamon shaxs nazariyalaridagi asosiy g‘oyalar. SHaxs muammosi dolzarb muammo bo‘lganligi uchun uning mazmun va mohiyatini yanada chuqurroq tadqiq etishga qiziqish olimlar o‘rtasida, ayniqsa XIX asrning oxiri XX asrning boshlarida bir muncha jonlandi. Natijada inson shaxsi bilan bog‘liq falsafiy oqimlar vujudga kela boshladi. Ana shunday yo‘nalishlardan biri personalizmdir. Personalizm – lotincha personium – shaxs so‘zidan olingan bo‘lib, shaxsni birlamchi ijodiy reallik va oliy ma’naviy qadriyat deb talqin qilina boshlandi. Personalizm tarafdorlari olamning mavjudligini oliy yaratuvchi kuch-xudo ijodiy faoliyatining namoyon bo‘lishi deb tushuntiradilar. Personalizm XIX asrning oxirlarida Rossiya va AQSHda shakllandi, keyinchalik XX asrning 30-yillarida Fransiya va boshqa mamlakatlarda yoyila boshladi. Rossiyada personalizm g‘oyalarini N.A.Berdyaev, Amerika personalizmi asoschilari B.Baun, J.Gaye va ularning izdoshlari U.Xaying, E.Braytmen, J.Junson edilar
254.
Yevropa personalistik olimlarining g‘oyalari diniy ta’limot (asosan xristianlikning katolik yo‘nalishi) bilan qorishilganligi yaqqol namoyon bo‘ladi. Ular fikricha, shaxs mavjudotning eng oliy cho‘qqisi, olam esa o‘sha oliy qadriyat-shaxsning ijodiy faoliyati tufayli o‘zgarib turadi, degan nazariyaga asoslanadi. SHu boisdan, bu olimlarning personalizm ta’limotining asosini shaxsning iroda erkinligi tashkil qiladi. Personalizm nuqtai-nazaridan ijtimoiy taraqqiyot muammolarining hal etilishi hamma vaqt shaxsga bog‘liq bo‘ladi. N.Berdyaevning fikricha, bu erda muammo inson shaxsiga jamiyat va davlat tomonidan belgilangan erkinlik haqida emas, balki cheksiz huquqqa ega bo‘lgan davlat va jamiyatning ta’siridan holi bo‘lgan shaxs erkinligini qaror toptirish haqida fikr yuritilmoqda255.

Download 0,79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish