10
TASVIRIY FAOLIYAT MASHG‘ULOTLARI ORQALI BOLALARNI O‘QUV-BILISH
JARAYONIGA TAYYORLASHNING O‘ZIGA XOSLIGI
Abubakirova Marg‘ubaxon
Andijon viloyati Qo
‘
rg
‘
ontepa tuman
Qo
‘
rg
‘
ontepa pedagogika kolleji maxsus fan o
‘
qituvchisi
Telefon : +998916198577
Annotatsiya:
Ushbu maqolada bolalarni maktabga tayyorlashda tasviriy san’atning o‘ziga
xos murakkabliklarini tushunib, uning nozik qirralarini maktabgacha yoshdagi bolalarga ulashish
mahoratiga ega bo‘la oladigan tarbiyachilarni yetishtirib chiqarish vazifasi juda muhumligi.
Maktabgacha ta’lim muassasalarida tasviriy faoliyat mashg‘ulotlari bolalarning maktabda o‘qishga
tayyorlashda muhim vazifalarni bajarish imkoniga egaligi va uni tushuntirish usullari haqida
fikr yuritilgan.
Kalit so
‘
zlar:
Maktabgacha ta’lim tashkilot, tasviriy san’at, rasm, qalam, mashg
‘
ulot.
Respublikamizda amalga oshirilayotgan islohotlarni samarali kechishi davlatimizni rivojlangan
davlatlar hamjamiyati integratsiyalashuvida yosh avlodning ta’lim jarayoni samaradorligini
oshirish muhim ahamiyat kasb etadi.
Maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha 2017-2021 yillarga
mo‘ljallangan dasturida belgilangan vazifalarni amalga oshirish chora-tadbirlari rejasi ishlab
chiqildi. Maktabgacha ta’limning vazifasi bolalarni xalqning boy milliy, madaniy-tarixiy merosi
va ma’naviy axloqiy jihatdan tarbiyalash: bolalarda milliy vatanparvarlik hislarini shakllantirish,
maktabgacha yoshdagi bolalarda bilim olish ehtiyojini, o‘qishga intilish moyilliklarini shakllantirib,
ularni muntazam ravishda ta’lim jarayoniga tayyorlash, bolalarning tafakkurini rivojlantirish,
o‘zining fikrini mustaqil va erkin ifodalash malakalarini shakllantirish, bolalarning jismoniy va
ruhiy sog‘ligini ta’minlashdan iborat. Asosiy maqsadlardan yana biri zamonaviy tasviriy san’at
orqali bolalardagi qobiliyat hamda imkoniyatlarni aniqlab, ularni to‘g‘ri shakllantirish va yuzaga
chiqarishdir.
Tasviriy san’atning o‘ziga xos murakkabliklarini tushunib, uning nozik qirralarini maktabgacha
yoshdagi bolalarga ulashish mahoratiga ega bo‘la oladigan tarbiyachilarni yetishtirib chiqarish
vazifasi turibdi. Maktabgacha ta’lim muassasalarida tasviriy faoliyat mashg‘ulotlari bolalarning
maktabda o‘qishga tayyorlashda muhim vazifalarni bajarish imkoniga egadir. Tasviriy faoliyatning
har bir turi - rasm chizish, loy bilan ishlash, applikatsiya mash g‘ulotlarida bolalarning sensor
qobiliyatlari jadal rivojlanadi, atrof-muhitni idrok qilish va tasviriy ifodalash ko‘nikma va
malakalari shakllanib boradi.
Rasm chizish jarayonida bolalarning ko‘rish xotirasi rivojlanadi, eng kichik elementlarni ham
ilg‘ashga o‘rganadi. Qalam va mo‘yqalamdan to‘g‘ri foydalanish malakalari shakllanadi. bu
malakalarni egallash bolalarda qo‘l harakatlarini yo‘naltirish, turli shakldagi, kattalikdagi, turli
proportsiyadagi predmetlarni chizish jarayonida ulardagi barcha elementlarni e’tiborga olishni
nazarda tutadi.
Bu yo‘nalishning samarasi, estetik yo‘nalishning barcha vositalarini (teatr, musiqa, badiiy
adabiyot, rasm chizish, applikatsiya va boshq.) kompleks tarzda qo‘llanilgandagina aniq bo‘ladi.
Maktabgacha ta’lim muassasalarida o‘tiladigan “Tasviriy faoliyat” mashg‘ulotlari bolalarga
beriladigan estetik tarbiya masalalarini yechishda katta ahamiyatga ega. chunki tasviriy faoliyat
o‘z xususiyatiga ko‘ra badiiy faoliyat hisoblanadi. badiiy faoliyat mashg‘ulotlarining barcha
turlari bolalarda go‘zallikni bilish uchun, borliqqa emotsional-estetik munosabatni rivojlantirish
uchun keng imkoniyatlarni ochib beradi.
“Tasviriy faoliyat” mashg‘ulotlari jarayonida:
1. badiiy didni tarbiyalash;
2. Amaliy badiiy faoliyat va malakalarni rivojlantirish;
3. fantaziya, ijodiy fikrlash va tasavvur qilish, idrok qilishni rivojlantirish;
4. Qo‘lning aniq harakatlari va barmoqlarning mayda motorikasini rivojlantirish;
5. kasbiy badiiy-ijodiy faoliyat kurtaklarini namoyon bo‘lishi uchun imkon yaratish kabi
ta’limiy va tarbiyaviy masalalar hal etib boriladi.
Kichik guruhlarda rasm chizishga o‘rgatishda avvalo asosiy e’tibor qo‘l harakatlarining
104
10
uyg‘unligiga qaratiladi, chunki qalamni o‘ng qo‘lda to‘g‘ri ushlashga o‘rgatish bola uchun
murakkab ish hisoblanadi. Tarbiyachi bolaga qalamni berib, qog‘ozga chizishni, qalam
harakatining yo‘nalishini asta- sekin o‘zgartirib turli shakldagi “pufaklar”, “yo‘lkalar”, “doiralar”
va shu kabilarni chizishga o‘rgatadi. katta va tayyorlov guruhlarida esa bolalarning o‘z ishlarini
vaqt jihatdan taqsimlay bilishi, darhol ishga kirishishi, uni kerakli sur’atda bajarishi va o‘z vaqtida
tugallashi muhimdir. kichik guruhlarda u yoki bu faoliyat uchun kerakli sur’atga odatlanmagan
bolalarni tarbiyachi shoshiltirishga majbur bo‘ladi, shoshilib bajarish asnosida ishning sifati
pasayadi. Tayyorlov guruhlarida bolalarda mustaqillikni tarkib toptirish ishlari tasviriy faoliyat
mashg‘ulotlarida davom ettiriladi. Mustaqillik tasviriy faoliyat uchun zarur bo‘lgan bilim,
ko‘nikma va malakalarning borligi, bu faoliyatga, uni amalga oshirish jarayonida yuzaga
keladigan sharoitlarga, olingan natijalarga ongli munosabat bilan xarakterlanadi. Maktabgacha
yoshda mustaqillikning rivojlanishi bolaning maktabda muvaffaqiyatli o‘qishi uchun asos bo‘ladi.
Mustaqillikning rivojlanishi faoliyat motivlarining murakkablashuvi bilan uzviy bog‘langan.
Tayyorlov guruhida faoliyat motivi, masalan, bola rasmni tarbiyachi o‘rgatganidek, yaxshilab
chizishnigina emas, balki yuqori baho olishni, vazifani to‘g‘ri bajarayotganligiga ishonch hosil
qilishni istashida namoyon bo‘ladi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Nurmatova, Sh.Xasanova. Rasm, buyum yasash va tasviriy faoliyat metodikasi. «Musiqa».
T.., 2010-yil.
2. Raxmonqulova Z.A., fayzullaeva M., Maktabgacha yoshdagi bolalarni
atrof-muhit bilan
tanishtirish (ilk, kichik, o‘rta guruhlar uchun). T.: 2015-yil.
3. Amirova. G.A., va boshq. Maktabgacha ta’lim muassasalarida applikatsiya mashg‘ulotlari.
T.: 2014-yil.
105
Do'stlaringiz bilan baham: |