10
TEXNOLOGIYA DARSLARIDA O‘QUV JARAYONINI TASHKIL ETISH
Muxtorova Zeboxon Yunusovna
Andijon viloyati Marhamat tumani
31-DIMI texnologiya fani o‘qituvchisi
Telefon: +998 94 102 08 79
Anotatsiya:
ushbu maqolada texnologiya fanidan o‘quv jarayonini tashkil qilish
o‘quvchilarni muayyan malakasi va ko‘nikmalari bilan qurollantirishgagina xizmat qilib
qolmay, balki ularning aqliy va ijodiy qobiliyatlarini o‘stirish va tarbiyalashda ham juda
muhim ahamiyatga ega fan ekanligi haqida ma’lumot berilgan.
Kalit so‘zlar:
texnikaviy modellash, topshiriqlarni mustaqil bajarish ko‘nikmasi, ijodiy
ishni tekshirish, malaka va ko‘nikmalar.
Har bir dars o‘quvchilarning bilim va malaka doiralarini kengaytirishi hamda
mustahkamlashi, ularda barqaror ijodiy ko‘nikma va odatlar hosil qilishga yordam berishi
lozim. Texnologiya malakalari ko‘p marotaba takrorlanadigan mashqlar natijasida hosil
bo‘ladi, bunda mashqlar davomida har bir mashq jarayonida o‘rnatiladigan tartib va ish
harakati izchilligini sistematik sur’atda tushuntirib berish zaruriyati bilan birga qo‘shib
olib boriladi.
Texnologiya darslarida o‘quvchilar ishlarini kuzatish natijasida o‘quvchilarni topshiriqlarni
olib, buyum narsani xuddi namunadagidek yasash uchun namunani uning qurilishi nuqtayi
nazardan sinchiklab qarab chiqib, buyumni yasash yo‘llarini qunt bilan izlaydilar.
Mustaqil mashg‘ulot soatida asosiy faol shaxs bolalar hisoblanadi. Lekin bunga qaramay
darsning bu bosqichida ham o‘qituvchining vazifasi benihoyat katta mas’uliyatdir. bunday
mashg‘ulotlarda maqsadni aytib, ish usullarini ko‘rsatib qo‘ya qolish kifoya, bolalar erkin
ishlashi kerak deb o‘ylash katta xato bo‘ladi. O‘qituvchi mumkin qadar kamroq so‘zlashi,
sekin ohista ovoz bilan gapirishni odat qilishi, o‘quvchilarga sezdirmay ularning xarakterini
kuzatish, o‘rniga qo‘yib gapirishni yoki jim turishni o‘rganishi lozim. Qoloq o‘quvchini
yaxshi o‘zlashtiradigan o‘quvchiga biriktirib qo‘yish kerak. Masalan, tikishda o‘g‘il bolalar
odatda orqada qoladilar, ularga qizlar yordamida biriktirib qo‘yiladi, aksincha texnikaviy
modellashda o‘quv tajriba hovlisidagi ishlarda bolalar qizlarga yordamlashishlari kerak.
Shu tarzda o‘quvchilarda o‘rtoqlarcha o‘zaro yordam hissi tarbiyalanadi.
Texnologiya natijalarini birgalikda tekshirish va baholash bolalarning xotiralarida
ma’lum bir buyumni tayyorlashning barcha bosqichlari, ayrim usullari tiklanadi. Uyga
topshiriq berish darsning muhim bosqichidir. Texnologiyadan uyga bajarib kelish uchun
beriladigan vazifani, avvalo, darsda ishni yaxshi uddalay olmagan o‘quvchilarga berish
zarur. Texnologiyada dars 5 bosqichga bo‘linadi:
1.kirish qismi.
2.O‘qituvchining ko‘rsatmasi.
3.O‘quvchilarni topshiriqni mustaqil bajarishi.
4.Tekshirish va qat’iy baho qo‘yish asosida ishni hisobga olish.
5.Uy vazifasini tushuntirish.
O‘zbekiston maktablarida o‘quvchilarning tajribalari shuni ko‘rsatadiki, bolalarning
texnologiya darslarida shartli grafik usuli bilan mustaqil rejalashtirishga olib kelishdan avval
bolalarda texnologiya bosqichlari uchun zarur bo‘lgan dastlabki malaka va ko‘nikmalarni
hosil qilish kerak.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:
1. R.A.Mavlonova., O.Ogluzdina va b. Texnologiya ta’limi metodikasi. – Toshkent. 1986.
2. A.Sh.Vorog‘voy. konstruktorlik va modellashtirish. – Toshkent. 1989.
3. N.Gushkin., V.R.Xiltunin. Mehnat eng yaxshi tarbiyachi. – Toshkent. 1988.
68
Do'stlaringiz bilan baham: |