Педагогика ва Психология соҳаларидаги инновациялар


MAKTAB O‘QUVCHILARIDA KITOB O‘QISH MADANIYATINI



Download 3,75 Mb.
Pdf ko'rish
bet184/246
Sana14.08.2022
Hajmi3,75 Mb.
#847030
1   ...   180   181   182   183   184   185   186   187   ...   246
Bog'liq
10.Pedagogika yonalishi 3 qism

10
MAKTAB O‘QUVCHILARIDA KITOB O‘QISH MADANIYATINI
SHAKLLANTIRISH
Zakirova O‘g‘iloy Bekovna
Qashqadaryo viloyati Qarshi shahri
8-umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘qituvchisi
Telefon: +998(91) 466 65 96
Annotatsiya.
Milliy, ma’naviy, axloqiy qadriyatlarni keng qo‘lamda targ‘ib qilish, xalqning 
madaniy - tarixiy merosidan bahramand bo‘lishini ta’minlash, ma’naviy boy va uyg‘un kamol 
topgan shaxsning ijodiy o‘sishi uchun imkoniyat yaratib berish, jamiyat va shaxs ehtiyojlarini 
to‘laqonli qondirish davr talabi. 
Kalit so‘zlar. 
Axborot, metodika, kitobxonlik, pedagogika, mutolaa, kompyuter, internet, 
jurnal, gazeta.
O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgandan keyingi davrda umumiy o‘rta ta’lim 
maktablari kutubxonalarining faoliyati va vazifasi tubdan o‘zgarib ularning o‘quv jarayonini 
metodik jihatdan ta’minlashdagi ahamiyatini kuchaytirish, bunda yangi axborot texnologiyalari, 
elektron axborot tashuvchilarning rolini oshirish, shu tariqa kutubxonalarni kitobxonlarning 
axborot olish madaniyatini shakllantirish uchun xizmat qiladigan institutga aylantirish maqsadi 
ko‘zlandi., ushbu sohada yangilanishlar sari dadil qadamlar qo‘yildi. 
Bugungi kunda o‘quvchilar va o‘qituvchilarning kitob o‘qish madaniyatini oshirish maktab 
kutubxonalarida faoliyat ko‘rsatayotgan kutubxonachi xodimlarning kasbiy vazifalar asosida 
o‘z mahoratini oshirishigagina bog‘liq bo‘lmay, ko‘p jihatdan pedagoglar o‘quv fanlari 
o‘qituvchilarining ular bilan hamjihat ishlariga ham bog‘liq. O‘qituvchilarning ular bilan 
mahoratini esa pedagogik va metodik adabiyotlardan xabardor bo‘lib borishiga bo‘lgan ehtiyoj 
hamda ulardan foydalanish darajasi va sifati ilg‘or pedagogik texnologiyalarni amaliyotga tatbiq 
etishga bo‘lgan imkoniyatlar belgilab boriladigan bo‘ldi .
O‘zbekistonda o‘sib kelayotgan yosh avlodning xalqimiz yaratgan madaniy meros va zamonaviy 
ilmiy, adabiy madaniy sohaga oid axborotlarni qurbi yetgancha to‘laroq o‘zlashtirishlarining 
muhim omili sifatida ularda mutolaa madaniyatini shakllantirish, yoshlarni o‘qimishli fuqarolar 
etib tarbiyalash jamiyatning ma’naviy va iqtisodiy taraqqiyotiga jiddiy milliy muammoga aylanib 
qolmoqda . hozirgi kunda bolalar va o‘smirlarda kitobxonlikni tarbiyalash , boshqacha aytganda 
ularni axborot olishga o‘rgatish talab etilmoqda . 
Respublika maktab kutubxonalari tomonidan bolalarni kitobxonlikka o‘rgatish ijodiy 
faoliyatga jalb etish orqali o‘sib kelayotgan yosh avlodni bilimli , ma’naviy barkamol shaxs 
etish orqali o‘sib kelayotgan yosh avlodni bilimli ma’naviy barkamol shaxs etib shakllantirish 
borasida bir qator ishlar qilinmoqda. Jumladan fanlar haftaligi, turli sanalar munosabati bilan 
o‘tkaziladigan anjumanlar, tashkil etadiladigan ko‘rgazmalar, yangi kitoblar taqdimoti kabi 
ommaviy tadbirlar o‘quvchi va o‘qituvchilar diqqatini ko‘proq jalb qilmoqda. bugungi kunda 
kitob nashr qilish ko‘lami kengaydi, jurnallar va gazetalar miqdori kun sayin ortib bormoqda va 
sifati yaxshilanmoqda . kompyuter texnikasi tufayli hayotimizga Internet kirib keldi. kitoblar 
ham matbuot asarlari ham elektron variantda taqdim etila boshlandi. Axborot oqimining ko‘pligi 
u bilan tanishish , qayt qilish, unga ishlov berish, undan foydalanishga bo‘lgan munosabatni 
o‘zgartirish , ya’ni axborot olish madaniyatini egallash zaruratini keltirib chiqardi. 
O‘quvchilar o‘rtasida kitobxonlikni rivojlantirish omillari:
1. O‘g‘il – qizlar ta’lim taqbiyasida ota –ona, ustoz -murabbiylar qatori kutubxonachining 
ham o‘rni beqiyos. O‘qituvchi va murabbiylar, kutubxonachilar keng javhada faoliyat yuritishlari, 
o‘quvchilarga kitob o‘qishning ahamiyati, shuning barobarida xalq ijodiyoti, alla, ertak, afsona, 
rivoyat, doston, maqol va topishmoqlar mohiyatini chuqurroq tushuntirishlari zarur.
So‘z boyligini oshirish uchun, tafakkurni boyitish, dunyoni bilish, hayotni anglash uchun esa 
kitob mutolaa qilmoq kerak .Ilmiy kitoblar o‘quvchining bilim saviyasini oshiradi, badiiy asarlar 
esa yoshavlod ma’naviyatini yuksaltirishga, so‘z boyligini oshirishga xizmat qiladi. 
kitob - ko‘ngil oynasi. Mahoratli ijodkorning qalb so‘zlari sahifalar qa’riga jo bo‘ladi, 
o‘quvchi shuuriga singadi. kitob komillikka intilgan yosh avlodning doimiy hamrohi bo‘lib 
qolmog‘i kerak.O‘z xalqi tarixini, ajdodlari tafakkurini milliy qadriyatlarni, shu millatning 


267
10
mavjudlik sharti bo‘lgan ona tilini e’zozlagan, unutmagan va oila ravnaqi, mamlakat taraqqiyoti 
uchun o‘zini mas’ul hisoblagan yoshlarning kelajagi porloqdir.
Mirkarim Osim hikoyatlari, qissalarini o‘qisak tariximizga sayohat qilib kelamiz . Yov 
lashkarlarini sahro o‘rtasiga adashtirib olib borib,bir ozi butun bir qo‘shinni yenggan afsonaviy 
shiroq, dovyurak Tumaris bilan yuzma yuz kelgandek bo‘lamiz . drayzer asarlari bilan Amerikaga, 
Mopassan asarlari bilan fransiyaga borgandek bo‘lamiz. fantastik asarlar, detiktivlar, sevgi 
qissalari- har birini o‘qiganda qahramonlar hayoti bilan yashaymiz. 
betakror dizaynda ishlangan libos hayratimizga sabab bo‘ladi. G‘aroyib syujetli kinofil’mdan, aql 
bovar qilmas chizmaga asoslangan arxitektura namunalardan, hatto antiqa qandolat mahsulotidan 
zavqli tuyamiz.Shunday ekan hayratlanish hissining bolalikda qolib ketishiga yo‘l qo‘ymasdan 
kitob mutolaa qilishga qiziqtiraylik . 
2. kitoblarni asrash qoidalari 
kitoblarni tik quyosh nurlaridan ehtiyot qilish lozim. Aks holda muqovasi tezgina rangsizlanib, 
sahifalari sarg‘ayib qoladi 
Vaqti-vaqti bilan kitobni changyutgich yoki ikki foizli formalin eritmasida namlangan junli 
mato bilan tozalab turish lozim.
Kitobnig qattiq muqovasidagi barmoq izlarini bo‘r erimasi yoki tish pastasiga botirilgan paxta 
yordamida ketkazish mumkin. 
Siyoh dog‘lariga limon kislotasi eritmasi yoki limon sharbatiga botirilgan bosma qog‘ozni 
bosish lozim 
3. “kitobxonlik daqiqa” samarali usul
Maktabimiznda yaxshi bir an’ana bor. har hafta pedagogik soatlarda dolzarb muhokamasidan 
so‘ng o‘qituvchilar o‘z ustida ishlash uchun nima o‘qiyotgani badiiy yoki ilmiy asari xususida 
ikki –uch daqiqalik taqdimot o‘tkaziladi.”kitobxonlik daqiqasi” o‘qituvchilarning ma’naviyatiga, 
darslarni olib borishiga samara beradi. 
4. kitob o‘qi?
bu ishni oiladan boshlash lozim. Shaxsiy namuna ko‘rsatgan holda bolaga kitobni o‘zimiz 
o‘qib bersak, u bajonidil tinglaydi. kitob ichida nimalar borligi haqida o‘ylaydi. Albatta kichik 
yoshdagi o‘quvchilar mutolaa tezligi past bo‘ladi va katta asarni o‘qib tugatishga sabri yetmaydi.
Shuning uchun rangli bezakli , kichik hajmdagi hikoya va ertak kitoblar bilan ularda mutolaaga 
qiziqtirish ma’qul.
Mamlakatimizda yosh avlodning intellektual ehtiyojini ta’minlash, ma’naviy olamini boyitish, 
madaniy - ma’rifiy qadriyatlarni saqlashga qaratilgan zamonaviy axborot - kutubxona tizimini 
yaratish va takomillashtirish borasida tizimli ishlar amalgam oshirilmoqda. Zamonaviy axborot 
kutubxonani shakllantirish uchun masofadan turib kutubxona resurslaridan foydalanishni keng 
joriy etish, kutubxona fondlarining ma’lumotlar bazasiga ulanish, elektron xizmat ko‘rsatish 
shakllarini tashkil etish lozim.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:
1. I. A. karimov. “ Yuksak maʼnaviyat- yengilmas kuch” asari, 2008.
2. hasanboev J ., To‘raqulov X ., haydarov M., hasanboeva O., Usmanov N . Pedagogika 
fanidan izohli lug‘at. T.: “fan va texnologiya”. 2009. 
3. bulatov S.S., Axmedov M.b. badiiy ta’limning falsafiy asoslari. – T.: “fan va texnologiya”.
4. ZiyoNET “kutubxona” internet tarmog‘i.

Download 3,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   180   181   182   183   184   185   186   187   ...   246




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish