10
SHARQ MUTAFAKKIRLARI ASRLARIDA “USTOZ-SHOGIRD” MAKTABGACHA
YOSHDAGI BOLALARGA SHARQ DIDAKTIKASI ASOSIDA MA’NAVIY TARBIYA
BERISH
Xidirova Sohiba Muzaffarovna,
Navoiy viloyat Navbahor tumani MTBga qarashli
2-sonli MTT tarbiyachisi
Annotatsiya:
Mazkur maqolada ta’lim jarayonida maktabgacha yoshdagi bolalarga sharq
didaktikasi asosida ma’naviy tarbiya berish, foydalanish, bugungi kunning dolzarb vazifalardan
biriga aylanganligi haqida ma’lumotlar yoritilgan.
Kalit so‘zlar:
Intelektual, ma’naviy, axbort, ijobiy sifatlar, intellektual, e’tibor, ahloq, qobiliyat,
interaktiv, ijtimoiy psixologik.
Mustaqil yurtimizda jahon andozalari asosida o‘sib kelayotgan yosh avlodni har tomonlama
mustaqil fikrlaydigan, erkin shaxs sifatida tarbiyalash masalasiga jiddiy e’tibor berib kelmoqda.
Ushbu maqsad va vazifalar maktabgacha yoshdagi bolaning maktab ta’limga o‘tishi hamisha
uning hayoti, ahloqi, qiziqishi va munosabatlarida jiddiy tub o‘zgarishlarni yuzaga chiqaradi.
Maktabgacha ta’lim muassasasida asosan ilg‘or xorijiy tajribani hisobga olgan holda bolalarni har
tomonlama intelektual, ma’naviy, estetik va jismoniy rivojlantirish sharoitlarini yaratishdan iborat.
bugungi bog‘cha bolasidan aniq bilimlargina emas, fikrlash ko‘nikmasi, kattalar va tengdosh
o‘rtoqlarini tushunish, ular bilan hamkorlik qilish ham talab etiladi.
Ma’naviy tarbiya normalari har bir jamiyatning huquqiy normalariga asos bo‘ladi. Yosh
avlodni jamiyatga, mehnatga, o‘ziga munosabatni ochib beruvchi ma’naviy fazilatlarga muvofiq
ravishda tarbiyalash tarbiyalanuvchi shaxsning axloqiy tarbiyaning pedagogik va psixologik
asoslarini chuqur bilishini talab qiladigan murakkab jarayondir. Ma‘naviy bilimlarni ongli
ravishda o‘zlashtirib olishgina bolalarga atrofdagi kishilar xatti-harakatidagi qaysi jihatlar yaxshi-
yu, qaysilari yomon ekanligini anglab olishga yordam beradi.
Eramizdan avvalgi 528—529-yillar orasida Zardusht tomonidan yaratilgan «Avesto» kitobida
ham ta’lim-tarbiyaga, axloq-odobga oid qator g‘oya va qarashlarni ko‘rish mumkin. «Avesto»da
ta’kidlanishicha, tarbiya hayotning tayanchi, shu boisdan har bir yoshni yaxshi o‘qish va yozishga
o‘rgatish lozim. Uni yosh paytidanoq mehnat qilib, mehnatning tagi rohat ekanligini anglatish
uchun daraxt ko‘chati o‘tkazishga, uy-ro‘zg‘or qurollari yasash, yerga ishlov berish va chorva
bilan shug‘ullanishga o‘rgatilishi shart. Zotan, uning fikricha, yaxshi va ezgu ishlar yaratish uchun
kishi mehnat qilishi zarur, o‘z qo‘llari bilan moddiy noz-ne’matlar yaratmas ekan, u yashash
lazzatini ham his qilmaydi, hayotning qadriga ham etmaydi.
Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarni ma‘naviy jihatdan tarbiyalash vazifasi va mazmuni
bolaning ma’naviy dunyosini, uning ongini, axloqiy hislarini, shaxsiy sifatlarini tarbiyalash va
rivojlantirish, ma‘naviy tarbiya mazmunini amalga oshirishdan iborat. Maktabgacha yoshdagi
bolalarga ma‘naviy tarbiya berishning vazifalari quyidagilardan iborat:
1. bolalarda ma‘naviy tasavvurlar va xatti-harakatlarni tarbiyalash.
2. Xulq madaniyati va ijobiy munosabatlarni tarbiyalash.
3. bolalarda axloqiy his-tuyg‘ularni tarbiyalash.
4. Xulqdagi salbiy sifatlarni barham toptirish.
Maktabgacha talim muassasalarida ma‘naviy tarbiya berish har xil vositalar yordamida
amalga oshiriladi. birinchi galda bolalarni har xil faoliyatlar vositasida mashg‘ulotlarda va
mashg‘ulotlardan tashqari vaqtlarda, ta’lim berish orqali kattalar mehnati bilan tanishtiriladi.
Har xil bayramlar, ijtimoiy hayot voqealari, bolalar adabiyoti, musiqa, o‘yin materiallari,
ommaviy axborot vositalari — televideniya, radio va boshqalar bolalarning axloqiy tarbiyasiga
katta ta’sir ko‘rsatadi.
Shunday ekan, maktabgacha yoshdagi bolalarni ma‘naviy tarbiyalashda baynalminalchilik
his-tuyg‘ularini shakllantirishda qardosh millat vakillari bilan uchrashuvlar o‘tkazish, maxsus
mashg‘ulotlarda ularning urf-odatlari, madaniyati, san’ati, tabiati to‘g‘risidagi adabiyotlarni o‘qib
berish, suhbat o‘tkazish, rasmlar ko‘rsatish, video filmlar namoyish etish, turli millat bolalari
hayoti to‘g‘risidagi hikoyalarni o‘qib berish foydali bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |