Педагогика ва Психология соҳаларидаги инновациялар


ZOKIRJON XOLMUXAMMAD O‘G‘LI HABIBIYNI ESLAB



Download 3,75 Mb.
Pdf ko'rish
bet163/246
Sana14.08.2022
Hajmi3,75 Mb.
#847030
1   ...   159   160   161   162   163   164   165   166   ...   246
Bog'liq
10.Pedagogika yonalishi 3 qism

10
ZOKIRJON XOLMUXAMMAD O‘G‘LI HABIBIYNI ESLAB
Turdiyeva Nargiza 
Andijon viloyati Marhamat tumani 
XTBga qarashli 40-umumiy o‘rta ta’lim 
maktabi ona tili va adabiyoti fani o‘qituvchisi 
аnnotatsiya
: Maqolada Paxtaobod farzandi Xabibiyning hayoti va ijodi haqida bir qancha 
maʼlumotlar berilgan. bundan tashqari XX-asr boshlarida mulla Qori Zohiriy boshchiligidagi 
yosh shoirlar to‘garagi, unda faol ishtirok etgan Mahjuriy, Mushtoq, Аnisiy, Sayfiy kabi ijodkorlar 
haqida maʼlumot berilgan. Maqola hozirgi yosh avlodimizga o‘zbek adabiyotimizning yorqin 
vakili Xabibiy hakida qisqa va kerakli maʼlumotlarni bera oladi
Kalit so‘zlar: 
Pandemiya, karantin, madrasa, аruz, janr, jilvagar.
Mana, pandemiya sabab yurtimizda karantin e’lon qilinganiga ham 1 oy to‘ldi.
Qadrdon maktab, o‘quvchi–bolajonlar sog‘inchi, ota-onamni, jigarlarimni eslab, radio 
qo‘ydim. Radioda shoir habibiy haqida suhbat bo‘layotgan edi. ha, shoir habibiy vafot etganiga 
30 yil to‘libdi. Shunda o‘tgan yili shoirning tavallud kuni munosabati bilan Paxtaobod shahridagi 
tadbirga borganim yodimga tushdi. 
Paxtaobod istirohat bog‘ida habibiyning uy muzeyi bor. bu yerda har yili shoirning tavallud 
kuni bir qator shoir-yozuvchilar, o‘quvchilar, she’riyat ixlosmandlari bilan birgalikda nishonlanadi. 
O‘tgan yili bu tadbirda men ham ishtirok etgandim va u yerdan go‘zal taassurotlar bilan qaytgandim. 
O‘shanda shoir haqida ko‘plab ma’lumotlarga ega bo‘lar ekanman, o‘quvchilarga aytish uchun 
shoirning hayoti va ijodi to‘g‘risida yangidan-yangi ma’lumotlar olganimdan juda xursand bo‘lgan 
edim. 
Habibiy yoshligidan ilmga chanqoq bo‘lib, avval Andijon, so‘ngra Qo‘qon madrasalarida taqsil 
oladi. U o‘qish bilan birga ijod bilan ham shug‘ullanadi. U o‘zi tavallud topgan Qo‘qon qishlog‘ida 
shoir mulla Qori Zohiriy boshchiligidagi yosh shoirlar to‘garagida Mahjuriy, Mushtoq, Anisiy, 
Sayfiy kabi ijodkorlar bilan tanishadi.
keyinchalik u tirikchilik g‘amida Andijonning bo‘taqora qishlog‘iga kelib qoladi. bu yerda 
istiqomat qiluvchi shoir Sayfiy bilan yaqindan do‘stlashadi. 
1936 -yili shoir G‘afur G‘ulom bilan uchrashadi. 
1938- yili Alisher Navoiyning 1941- yilda bo‘lishi mo‘ljallangan 500 yillik yubileyini o‘tkazish 
qo‘mitasi tuzilib, unga adabiyotshunos olimlar bilan birga eski madrasa ta’limotini olgan, arab, 
fors tillarini yaxshi bilgan shoirlar ham taklif etiladi. Ular qatorida Andijondan habibiy, Anisiy, 
Ulfat, Mahjuriy, Rishtondan boqiylar bor edi. Shu bahonada habibiy Toshkentga chaqiriladi va 
Hamid Olimjon, Oybek, Sadriddin Ayniy, Maqsud Shayxzoda, Hodi Zarif, Porso Shamsiyev kabi 
olim va shoirlar bilan tanishadi.
Habibiy 3 yil davomida do‘stlari bilan birgalikda Navoiy asarlarini o‘rganadilar, nashrga 
tayyorlaydilar. Eng asosiysi shundaki, ular turli davrlarda, turli kotiblar tomonidan ko‘chirilgan 
Navoiy asarlari qo‘lyozmalarini o‘rganib, kotiblar tomonidan yo‘l qo‘yilgan xato va kamchiliklarni 
to‘g‘rilab, Navoiy asarlarining mukammal matnini shakllantirdilar. 
Shoir Habibiyning qo‘mitada amalga oshirgan ishlaridan yana biri “Navoiy asarlarinig 
mukammal izohli lug‘ati”ni tuzishdagi ishtirokidir. Shohidlarning so‘zlariga qaraganda bu lug‘at 
ikki jildli bo‘lib, Navoiy asarlari uchun yaratilgan lug‘atlarning eng mukammali bo‘lgan. Ming 
afsuslar bo‘lsinki, bu lug‘at noma’lum sabablarga ko‘ra nashr etilmagan va yo‘qolgan. 
Shoirning Toshkentga kelib yashashi uning ijodida katta ahamiyat kasb etadi. bu yillarda 
habibiy ijodining mavzulari ancha kengaydi, turli janrlarda ijod qila boshladi.
U 1939 yili Yozuvchilar uyushmasi a’zoligiga qabul etiladi. 
Ulug‘ Vatan urushi yillarida shoir yana ham jo‘shqinlik bilan ijod qila boshlagan. Uning bu 
davrdagi g‘azallari orasida “Jangchi yigit qo‘shig‘i”, “Boladan ota-onaga xat”, “Onadan bolaga 
xat” kabi g‘azallari, ayniqsa, ta’sirli edi. Shuningdek, habibiyning “ko‘ngil taronalari” (1957), 
“Tanlangan asarlar”(1967), ”Devon”(1971) kabi she’riy to‘plamlari ham xalq e’tiboriga sazovor 
bo‘lgan.
Shoir Habibiy 1974-yilda 85 yoshga to‘lishi munosabati bilan O‘zbekiston xalq shoiri unvonini 
olishga muvaffaq bo‘lgan. 1980-yilda esa Xalqlar do‘stligi ordeni bilan mukofotlandi.


235
10
Zokirjon Xolmuxammad o‘gli Habibiy o‘zbek she’riyatining g‘azal va qo‘shiqchilik bobida 
o‘ziga xos maktab yaratib, a’ruz vaznidan muvaffaqiyatli foydalangan katta iste’dod egasidir. 
Shoir 1980-yili 90 yoshida vafot etgan.
Shoirning 13 ta she’riy kitoblari nashr etilgan bo‘lib, undagi ko‘plab g‘azallar hofizlar tomonidan 
ijro etilgan va hozirgacha sevib tinglanadi.
Biz haligacha sevib tinglaydigan uning ko‘plab g‘azallari hozirgacha radio va televideniye 
orqali yangrab kelmoqda:
El og‘zida shirin afsona erdi Tohir-u Zuhro
Muhabbat birla chirmashgan haqiqiy oshiqi shaydo.
Zamona zulm ila otdi azim daryoga Tohirni
ba lekin qa’riga tortmay ko‘tardi boshiga daryo.
Bu kun maydonda shon-u shavkat ila jilvagar bo‘ldi,
Chin oshiqlikni ta’lim aylab elga bu ikki barno…
habibiy muzeyida o‘tkazilgan tantana ajoyib bo‘lgan edi o‘shanda. Tashrif buyurganlar habibiy 
ijodi to‘g‘risida to‘lqinlanib so‘zlashgan edi. Ayniqsa, Toshkentdan habibiyning kichik qizlari 
bilan bir guruh yaqinlarining tashrifi tantanaga shukuh bag‘ishlagan edi.
O‘shanda Namanganning Chustidan kelgan shoir Chustiy domlaning nabirasi Mansurxon 
Inomxonov habibiy domlani chustiy bilan do‘stligi to‘g‘risida to‘lqinlanib so‘zladi. chustdan 
ijodkor Nurilloxon ham kelgan edi o‘shanda. Ularning habibiy haqidagi iliq fikrlarini eshitib, 
o‘sha yerdagi har bir insonning qalbi faxr va iftixor tuyg‘usi bilan to‘lgandek edi, go‘yo.
ha, bu insonlar yurtning faxri. Yurtning faxri bo‘lish esa hammaga ham nasib qilavermaydi. 
Buning uchun esa Alloh bergan chin iste’dod va tinimsiz mehnat darkor…
Radioda shoir Habibiy qalamiga mansub g‘azal ijrosida mahzun qo‘shiq yangrardi, buni tinglar 
ekanman qalbimda ajib bir tuyg‘ular jo‘sh urar, yurtimizning porloq kelajagiga bo‘lgan ishonchim, 
umidim ortib borar edi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1. 
Habibiy – Devon (1980)
2. I.Madgoziyev – Nuktadon shoir (2018)
3. O.Nosirov – O‘zbek adabiyotida g‘azal. T. (1973)
4. U.Otajonov – Ustozlar xotirasi T. (1998)


236

Download 3,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   159   160   161   162   163   164   165   166   ...   246




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish