Pedagogika va ijtimoiy ish



Download 1,17 Mb.
bet12/219
Sana12.05.2023
Hajmi1,17 Mb.
#937658
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   219
Bog'liq
Pedagogika va ijtimoiy ish

Tarbiya haqida tushuncha. Tarbiya nazariyasi pedagogika fanining tarkibiy qismi bo’lib, yoshlarni barkamol insonlar qilib tarbiyalashning mazmuni, metod va usullari hamda tashkil etish masalalarini o’rganadi. Yosh avlodni tarbiyalashda nimalarga e’tibor qaratmoq lozim? Bunday masalalarni hal etishda avvalo mamlakatimizda siyosiy-ijtimoiy sohalarda yuz berayotgan islohatlar mohiyatini chuqur va atroflicha mushohada qilib olishga to’g’ri keladi. Chunki davr ham, inson tarbiyasi ham o’zgarib bormoqda. Ayniqsa, XXI asr insoniyat tarixida kompyuter davri bo’lib kirib keldi. Biroq, fan-texnika qanchalik jadal rivojlanib, jamiyat hayotida muhim joy olib, ishlab chiqarish jarayonlarini tezlashuviga qanchalik samarali ta’sir etmasin, tarbiya nazariyasida shaxsni komil etib tarbiyalash, bu borada Markaziy Osiyo mutafakkirlari, xalq pedagogikasi hamda jahon pedagogikasining ilg’or fikrlariga tayanib ish ko’rish zarur bo’ladi. YOshlarni barkamol inson qilib tarbiyalashda birinchi navbatda Sharq mutafakkirlarining qimmatli ma’naviy meroslari muhim dasturil amal ahamiyatiga ega bo’ladi. Muhammad al-Xorazmiy, Abu Nasr Farobiy, Abu Ali Ibn Sino, Abu Rayhon Beruniy, Ahmad al-Farg’oniy, Imom Ismoil al-Buxoriy, Ahmad Yassaviy, Bahovuddin Nahshband, Amir Temur, Muhammad Tarag’ay Ulug’bek, Alisher Navoy va Zahiriddin Muhammad Bobur singari olamga mashhur allomalarining ijtimoiy, siyosiy va falsafiy qarashlari barcha zamonlar uchun muhim ahamiyat kasb etadi. O’z o’tmish madaniy merosini chuqur o’rganmagan va e’zozlamagan, ajdod-avlodlari bosib o’tgan tarixiy yo’lni idrok etmagan, milliy mustaqillik yo’lida jon fido qilgan buyuk ajdodlar faoliyatidan xabardor bo’lmagan inson o’zligini hech hachon anglab еtolmaydi.
O’tmish madaniy merosini o’rganish murakkab jarayoni sanaladi. Madaniy merosi namunalari va ularda ilgari surilgan ezgu g’oyalarni yosh avlod ongiga singdirish uzluksiz, izchil, tizimli hamda maqsadga muvofiq amalga oshirilishi zarur.
Tarbiya maqsadi va vazifalariTarbiya tarixiy-ijtimoiy tajribaga tayangan holda shaxsni ma’lum maqsad asosida ijtimoiy hayotga tayyorlovchi faoliyat jarayonidir. Turli zamon va makonda ijtimoiy tarbiya mohiyatan turlicha ifodalab kelingan bo’lib, uning mazmuni ijtimoiy maqsadlardan kelib chiqib asoslangan.
Tarbiya maqsadi kelajakda nimaga erishish, uning uchun qanday sa’yi-harakatlarni amalga oshirish bilan bog’liq jarayondir. Eng oddiy harakatdan tortib to keng ko’lamli davlat dasturi asosida tashkil etiluvchi tarbiya doimo muayyan maqsadga yo’naltirilgan bo’ladi.
Maqsadsiz, ma’lum g’oyani ifoda etmaydigan tarbiya bo’lmaydi. Tarbiya maqsadi asosida uning mazmuni asoslanib, maqsadni amalga oshirishga xizmat qiluvchi metod va usullar aniqlanadi. Tarbiya maqsadining muammosi pedagogikaning dolzarb masalalaridan biri sanaladi.

Download 1,17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   219




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish